Qiyosiy yondashuvni qo’llaganda asosiy talab qiyoslash obyektini (analogni) to’g’ri tanlash hisoblanadi. Qiyoslash obyekti baholanayotgan obyekt bilan nafaqat funksional, balki klassifikatsion o’xshashlikka ega bo’lishi, ya’ni baholanayotgan aktiv va qiyoslash obyekti vazifasi hamda eng asosiy narxni hosil qiluvchi parametrlari qiymatlari bo’yicha bitta klassifikatsion guruhga mansub bo’lishi zarur.
Qiyosiy yondashuvda ko’pincha taqqoslanuvchi obyektlar tanlanmasidan olinadigan bozor multipikatorlaridan foydalanishga to’g’ri keladi, ularning har biriga o’z multiplikator qiymati xos bo’ladi. Mavjud qiymatlar ichidan munosib multiplikatorni tanlashda sifat va miqdoriy omillarni e’tiborga oladigan asoslashni taqozo etadi.
Aktiv qiymatini qiyosiy yondashuv orqali baholashda quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi:
taqqoslanuvchi bitim usuli;
kapital bozori (analog-kompaniya) usuli.
Xarajat (mulkiy) yondashuv
Xarajat (mulkiy) yondashuvi – baholash obyekti qiymatiga qilingan xarajatlar nuqtai nazaridan yondashiladi va xususiylashtirish maqsadida mulkni baholashda sof aktivlar usuli yordamida amalga oshiriladi.
Xarajatli yondoshuvni qo’llash baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. Xarajatli yondoshuvni qo’llash orqali baholash quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:
Baholash obyektiga shunga o’xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini aniqlash;
Baholash obyektining shunga o’xshash yangi obyektga nisbatan eskirganligi xajmini aniqlash;
Xarajat (mulkiy) yondashuv
Baholash obyekti qiymatini unga nisbatan shunga o’xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini chegirib tashlash yo’li bilan hisoblash.
Xarajat yondashuvi baholash obyekti qiymatini baholashning baholash obyekti eskirishini hisobga olib, uni tiklash yoki almashtirish uchun zarur xarajatlarni aniqlashga asoslangan usullar yig’indisi. Ushbu mulkni o’rnini bosish uchun asl mulkning nusxasi yoxud xuddi shunday foydalilikni ta’minlay oladigan boshqa mulkni yaratish mumkinligi nazarda tutiladi.
Bunday yondashuv aktivni almashtirish yoki takror ishlab chiqarishga xarajatlarni hisoblash hamda jismoniy va boshqa o’rinli eskirish turlariga chegirmalar qo’llash yo’li bilan qiymat ko’rsatkichini olish imkonini beradi.