MULKNI IJARAGA BERISH SOTISH MULKIY DAROMADLARNI SOLIQQA TORTISH MEXANIZIMLARI Kirish Asosiy qism Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lovchlar
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini soliqqa tortish obyekti.
Jismoniy shaxslarning jami daromadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblash va to’lash tartibi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Tayanch iboralar:Jismoniy shaxslar, soliq solish obyekti, soliq solinadigan baza, mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, moddiy naf tarzidagi daromadlar, boshqa daromadlar, imtiyozlar. Jismoniy shaxslar, mol-mulk, soliq to’lovchilar, soliq solish obyekti, uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, soliqni hisoblash tartibi, soliq bo’yicha imtiyozlar, soliq stavkalari.
Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilardir.
Jismoniy shaxslarning–O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq Kodeksining 169–181, 183–196-moddalariga muvofiq soliq solinadi, bundan O’zbekiston Respublikasidagi ushb Kodeksning 182-moddasiga muvofiq soliq solinadigan doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan manbalardan olingan O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari mustasno.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir:
O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, soliq Kodeksining 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish obyekti bo’lmaydi.
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq Kodeksining 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
Agar soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.