MULTIMEDIA VA UNING ZAMONAVIY TA’MNINOTI. POWERPOINT DASTURINING ASOSIY ELEMENTLARI. ANIMATSION EFFEKTLAR. TAQDIM ETISHNI BOSHARISH. MULTIMEDIALI TAQDIMOTLAR YARATISH
MULTIMEDIA VA UNING ZAMONAVIY TA’MNINOTI. POWERPOINT DASTURINING ASOSIY ELEMENTLARI. ANIMATSION EFFEKTLAR. TAQDIM ETISHNI BOSHARISH. MULTIMEDIALI TAQDIMOTLAR YARATISH
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Multimedia vositalari.
Distant uslubi.
Multimedia tyumlarining texnik ta’minoti.
Multimedianing amaliy dasturlari.
Xorijiy tillarni o‘rganish uchun tizimlar.
Axborot-kutubxona muassasalarida multimedia vositalaridan foydalanishning roli va ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Hozirgi kunda axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kommunikatsion texnologiyalar, ya’ni multimedia vositalarining ahamiyati alohida o‘ringa ega bo‘lmoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimida multimedia vositalarining qo‘llanishi o‘z samarasini bermoqda.
Barkamol avlodni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishida, malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Multimedia – bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko‘rinishiga ega bo‘lgan audio va video axborotlardan foydalanish bilan bog‘liq sohadir.
Multimedia (multimedia – ko‘p muhitlik) vositalari bu apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalangan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini berdi. Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni ochib beradi, bunda foydalanuvchi u yerda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi, shu bilan birga, muloqot foydalanuvchi uchun birinchi navbatda, tovushli va video obrazlar tilida bo‘lib o‘tadi.
Multimedia vositalari
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio – (nutqli) va video kiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovush (sounol) va video platalar, videoqamrash platalari (vide grabber) ular videomagnitafondan yoki videokameradan tasvirni
oladi va uni kompyuterga kiritadi. Yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kalonkali, katta video ekranli akustik va video qabul qiladigan tizimlar, hozirgi kunda keng tarqalgan skanerlar (kompyuterga bosma matnlar va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); printer va plotterlar – bularning hammasi multimedia vositalari asosini tashkil etadi.
Multimedia vositalari yuqori ishonchli, ko‘pincha tovushli va video ma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va raqamli video disklardagi katta sig‘imli tashqi eslab qolish qurilmalarni ham kiritish mumkin. Ixcham kompakt disklarning (CD) narxi ular ommaviy ko‘paytirilganda qiymati emas, ularning katta sig‘imi 650 Mbayt va undan yuqori. Multimedia vositalarida axborot manbalarining turli xil texnik axborot kanallaridan olish va uzatish mumkin.
Multimedia – gurkirab rivojlanayottan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
axborotning xilma-xil turlari: ananaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio tizimlar, optik kompakt disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
muayyan vaqtdagi ish: o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlatish va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video xotira, katta sig‘imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
«inson–kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi: bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilargata’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (obyektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘z-
ishtiyoqi yanada ortadi;
ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida vaqtni tejash im-
koniyatiga erishish;
olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak
bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
O‘quvchilarga ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanish kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptirishga katta yordam beradi.