Multimedia vositalari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə6/7
tarix25.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#134691
1   2   3   4   5   6   7
MULTIMEDIA VA UNING ZAMONAVIY TA’MNINOTI. POWERPOINT DASTURINING ASOSIY ELEMENTLARI. ANIMATSION EFFEKTLAR. TAQDIM ETISHNI BOSHARISH. MULTIMEDIALI TAQDIMOTLAR YARATISH

Multimedia kitoblarda bitta tashuvchida (CD ROM yoki magnit diskda) yozilgan va bir chiziqda (to‘g‘ri) tashkil qilingan, ya’ni zarur axborot izchil ravishda aks ettirilgan matn audio, statik tasvir va videodan foydalaniladi.
Iolimedia kitoblarda avvalgilardan farqli ravishda o‘quvchiga axborotni taqdim etish uchun bir necha turli tashuvchilar (CDROM, magnitli disk, qog‘oz va boshqalar) kombinatsiyasidan foydalaniladi.
Gipermedia kitoblar multimedia kitoblar bilan ko‘p umumiylikka ega bo‘lsa-da, o‘zidagi axborotning notekis tashkil etilishi bilan farqlanadi, masalan, o‘quvchi «sichqon» yordamida asosiy materialni bir chetga qo‘yib, matn va foydalanilayotgan usul bo‘yicha atama va tushunchalar tizimiga tuzatishlar, sharhlar so‘rashi mumkin.
Intellektual kitoblar ma’nosi jihatidan ilgari kiritilgan imtihon oluvchi kitoblarga yaqin va o‘quvchi qobilyatlariga u bilan muloqot jarayonida jadal moslashishi mumkin.
So‘nggi ikki kitobning istiqboli ham qiziqligi shubhasizdir.
Telemedia kitoblar masofadan turib o‘qitadigan taqsimlovchi interaktiv tizimni qo‘llab-quvvatlash uchun telekomunikatsiya imkoniyatlaridan foydalanadi.
Kibernetik kitoblar ham matematik modellash vositalarini o‘zida saqlaydi va shu bois bayon etilgan hodisalar va obyektlarni har tomonlama o‘rganish hamda tadqiq etish imkoniyatini o‘quvchiga taqdim etadi.


5.Xorijiy tillarni o‘rganish uchun tizimlar

Bunday katta miqdordagi amaliy multimedia tizimlari orasida Learning English in Multimedia o‘qituvchi tizimini ajratib ko‘rsatishi mumkin. U boshlovchilar uchun ingliz tilini o‘qitish maqsadlariga mo‘ljallangan hamda IFAP/ IRI (Italiya) firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Mualliflar o‘zlarining amaliyotida qo‘llayotgan English Plantinum multimedia tizimidan bir lavha quyidagicha keltirilgan.


Kurs modul prinsipi bo‘yicha qurilgan, har bir modul u yoki bu hayotiy vaziyatga muvofiq keladi. Ko‘rib chiqilayotgan holatlar va ularga muvofiq keluvchi xatti-harakatlar uchun tegishli so‘z, tushuncha, jumla va gaplar kiritiladi. Shunday qilib, tinglovchilar o‘z lug‘at boyligini to‘ldiradi, grammatika va sintaksis qoidalarini o‘rganadi.
Kompyuter dasturi yordamida o‘qitish og‘zaki nutqni tinglash va talaffuzni nazorat qilish uchun videokasseta va audiokassetadan, shuningdek, grammatika qoidalari berilgan ikki o‘quv qo‘llanmasidan foydalanilgan holda to‘ldiriladi. O‘z-o‘zini nazorat qilishning bunday usuli o‘qitish jarayoni samaradorligini oshiradi. O‘zbekistonda ilk marotaba Farg‘ona universitetining pedagog xodimlari tomonidan so‘zlovchi elektron Partner ishlab chiqilib, so‘zlarni tarjima qiladi va professional diktor ovozi bilan talaffuz qiladi. Uchta professional dasturga ega. O‘z xotirasida bir milliondan ortiq so‘zlarni saqlaydi.
PHRASE BOOK dasturi siz-
12- rasm. Partner. ga kerakli mavzuni tanlash imkonini beradi: do‘konda, restoranda, shifokor huzurida, samolyotda. Diktofonga so‘zlarni takrorlang va talaffuzingizga baho oling.
LANGUAGE TEACHER dasturi yordamida siz oddiy so‘zlar va iboralarni bir zumda yodlaysiz va to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganasiz. Xotiraning barcha turlarini ishga solish eng samarali usuldir. Siz narsalarning tasvirini, ularning nomi qanday yozilishi va tarjimasini ko‘ra olasiz, bir vaqtning o‘zida qanday talaffuz qilinishini eshitasiz.
Bu sizga juda qisqa muddat ichida salmoqli lug‘at zaxirasini to‘plash imkonini beradi.
U–LEARN dasturi so‘zlar va iboralarni talaffuz qilib, sizga dars o‘tadi va vazifaning to‘g‘ri bajarilganligini zumda tekshiradi. Partner C–PEN ruchkasi har qanday shartnoma, rasmiy xat yoki boshqa matnni o‘qiydi va tarjima qiladi.
Partner – chinakam cho‘ntak kinozali. Siz istagan sevimli filmlar, kliplar va video darslik-qo‘llanmalarni tomosha qilasiz. Musiqiy pleyer va FM radiodan foydalanib, go‘zal musiqa olamidan bahra olasiz. Zarurat tug‘ilganida, siz diktofondan foydalanishingiz mumkin. Bo‘sh vaqtingizda esa elektron kitoblar funksiyasi yordamida sevimli badiiy kitoblaringizni o‘qiy olasiz.
S huningdek, Farg‘ona universitetining pedagogik xodimlari tomonidan elektron o‘quv kitobi Jet Book taqdim etildi. Jet Book elektron kitobi mubolag‘asiz jahon elektron moslamalari ishlab chiqarishida yorqin yangilik hisoblanadi. Jet Book yil davomida sizni og‘ir kitoblarsiz yurishingizni ta’minlaydi. Jet Book – o‘quvchilar, maktab o‘qituvchilari, talabalar, litsey, kollej va oliy ta’lim muassasalari uchun eng ma’qul yechim. Jet Book – huquqshunos, talaba va tadbirkorlik uchun ham ajoyib yordamchidir. Jet Book ilm olishda, qonunchilikda grafikli va boshqa 13- rasm. Jet Book. ma’lumotlaringizni saqlaydi.
Shriftni xohlagan o‘lchamingizda kattalashtiring va ko‘zingizni qiynamay mutolaa qiling.
Sevimli musiqangizni pleyer funksiyasi orqali tinglang.
Umumiy xotirasi 112 Mb; qo‘shimcha xotira sifatida 2 Gb gacha SD karta solish mumkin.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin