Multiverse of finance



Yüklə 92,57 Kb.
səhifə1/18
tarix13.06.2023
ölçüsü92,57 Kb.
#128108
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Jasurbek Hisobot 4.1


Mudarija
Kirish...….…………………………………………………………………………3
1. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning faoliyat yo‘nalishi va uning tashkiliy tuzilmasi. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ faoliyatiga oid asosiy me’yoriy–huquqiy hujjatlar..……………………………………………..5
2. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning iqtisodiy va rejalashtirish faoliyatini tahlil qilish……………………………………………………………..9
3. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ ning xizmat ko‘rsatish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish.………………………………………………………..11
4. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ marketing faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish.……………………………………………………………………….13
5. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish..……………………………………………………………………….15
6. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJda mehnatga haq to‘lashni va kadrlar salohiyatini o‘rganish.….……………………………………………….17
7. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari va ularni baholash va prognoz ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tahlil qilish.….……………………………………………………………………19
8. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning uzoq muddatli aktivlarini o‘rganish va tahlil qilish.….……………………………………………………..21
9. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning xizmat ko‘rsatish xarajatlarini aniqlash va tahlil qilish.….………………………………………………………23
10. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning moliyaviy holati va rentabelligini o‘rganish va tahlil qilish.….……………………………………..25
11. Korxonalarda soliqqa tortish va ularni hisoblash tartibini o‘rganish…….27
12. Korxonalarning moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish tartibini o‘rganish…………………………………………………………………………29
Xulosa va takliflar………….……………………………………………………31
Kirish
Zamonaviy iqtisodiy tizimlar ta’sirida kuchli tezlik bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun nazariya va amaliyotni hamohang olib borish asosiy masalaga aylandi. Aynan shu hamohanglikni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–yil 27–iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora–tadbirlari to‘g‘risida” PQ–3151–sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Moliya institutida ishlab chiqilgan “Toshkent Moliya institutini 2017–2030 – yillarda rivojlantirish dasturi” asosida bitiruv oldi amaliyoti dasturi ishlab chiqilgan. Men, Nabiyev Jasurbek, ushbu dastur asosida 2023 yilning 13 – martidan to 10 – iyunigacha bo‘lgan muddatda buxgalteriya sohasida autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJda bitiruv oldi amaliyotini o‘tadim.
Ushbu amaliyot maqsadi kasbiy faoliyatga tayyorlanish, olgan bilimlarni amaliyotda sinab koʼrish, obyektdagi ish faoliyatida maʼsuliyatini his etish va oʼz ustida ishlash koʼnikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini oʼrganishdan iborat.
Mutaxassislik fanlaridan institut auditoriyalarida olingan nazariy bilimlarni ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlardagi amaliy holat bilan bog‘lab o‘rganish va uni chuqurlashtirish malakaviy amaliyotning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Bitiruv oldi amaliyotini o‘tash davridagi vazifalar:
– mutaxassislik fanlari bo‘yicha olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va ularni malakaviy amaliyot davrida mustahkamlash;
– amaliyot obyektining boshqaruv va tashkiliy tuzilishidagi iqtisodiy xavfsizlikka doir faoliyatni o‘rganish;
– korxona rahbarlari va mutaxassislarining xizmat vazifalarini o‘rganish;
– xorijiy davlatlarda malaka oshirib kelgan mutaxasislar ish faoliyatini kuzatish va o‘rganish;
– korxonada iqtisodiy faoliyat jarayonida olib boriladigan iqtisodiy hisob–kitoblarni amalga oshirishda iqtisodiy xavfsizlikka doir amaliyotini o‘rganish;
– korxona va uning bo‘limlari iqtisodiy xavfsizlikka doir faoliyatini o‘rganish;
– korxona iqtisodiy xavfsizlikka doir faoliyatni tahlil qilish.
“MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ buxgalteriya sohasida autsorsing xizmatlarini ko‘rsatganligi boisdan, ya’ni korxona faoliyat yo‘nalishi ham xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy amaliyoti bo‘lganligi sababli, bitiruv oldi amaliyoti obyektidan tashqari boshqa bir qancha korxonalar buxgalteriyasi, iqtisodiy holati va boshqa jihatlarining ayni real vaqtda o‘rganilishi ta’minlandi va bitiruv oldi amaliyotining sifati ham oshdi. Hozirgi vaqtda xorijda shtatdagi xodimlarni ta’minlashdan ko‘ra autsorsing xizmatlaridan va ayniqsa, autsorsing buxgalteriya xizmatlaridan keng foydalanilmoqda. Masalan, 2021 yilda Belarusda – 30%, Yevropada – 86%, AQShda – 92%, eng yuqori ko‘rsatkich esa – Isroilda bo‘lib, 96% ni tashkil etdi. Garchi bu soha O‘zbekistonda yaqin yillarda kirib kelgan bo‘lsa ham, hozirda yuqori o‘sish tendensiyasiga egaligicha qolmoqda. Shu sababdan bitiruv malakaviy amaliyoti obyekti sifatida shu sohada faoliyat yurituvchi “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ tanlangan.,
Ushbu hisobot asosiy qismida bitiruv oldi amaliyoti o‘talgan “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJda amaliyot dasturiga muvofiq o‘rganilishi va tahlil etilishi lozim bo‘lgan barcha jihatlar to‘liq yorilib, xulosa va takliflar qismida ushbu jihatlar bo‘yicha umumiy xulosa hamda korxona faoliyati va uning iqtisodiy xavfsizligi va bitiruv oldi amaliyoti borasidagi bir qancha shaxsiy fikr mulohazalar asosida takliflar keltirib o‘tilgan.

Yüklə 92,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin