Korxona faoliyatiga bir yil to‘lmaganligi boisdan uning rentabelligiga hali baho berish qiyin bo‘lsada 2023– yil oylar bo‘yicha korxona foyda bilan va o‘suvchi tendensiyalarda chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin.
11. Korxonalarda soliqqa tortish va ularni hisoblash tartibini o‘rganish Byudjetga to‘lovlar va ajratmalar deganda korxonalarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlari tushuniladi. Ushbu majburiyatlar qisqa muddatli majburiyatlar hisoblanadi. Chunki qonunchilikka muvofiq ular joriy davrda qoplanishi zarur. Soliqlar deganda – muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida 9–ta soliq turi belgilangan: qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol–mulk solig‘i, yer solig‘i, ijtimoiy soliq.
“MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ ushbu soliqlardan ayrimlarining to‘lovchisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksiga muvofiq maxsus soliq rejimlari mavjud bo‘lib “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJaynan ushbu soliq soliq to‘lovchisi hisoblanadi. Yillik aylanmasi 1 mlrd. so‘mdan past bo‘lganligi boisdan “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘inng o‘rniga, aylanmadan olinadigan soliqning soliq to‘lovchisi hisoblanadi. Bundan tashqari boshqa bir qator soliqlarning ham soliq to‘lovchisi hisoblanmaydi. Korxona faqat xizmat ko‘rsatganligi va aksiz osti tovarlar savdosiga aloqadorligi bo‘lmaganligi boisdan aksiz solig‘ining soliq to‘lovchisi emas. Ijtimoiy soliq korxona ish haqi fondiga muvofiq to‘lanadiva jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i esa korxona xodimlari hisobidan hisoblangan ish haqining 12%–i miqdorida undiriladi. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ faoliyat yuritadigan binosi ijaraga olinganligi boisdan korxona mol–mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lamaydi va ushbu bino egasiga shartnomaga muvofiq oylik ijara haqini to‘lab boradi. Korxona yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning ham soliq to‘lovchisi emas. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq suv resurslaridan tijorat maqsadida faoliyat yurituvchi korxonalar uchun bo‘lganligi boisdan korxona bu soliqning ham to‘lovchisi hisoblanmaydi va korxonani suv resurslari bilan ta’minlagan tashkilotga xizmat to‘lovini amalga oshiradi.