Multiverse of finance



Yüklə 92,57 Kb.
səhifə18/18
tarix13.06.2023
ölçüsü92,57 Kb.
#128108
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Jasurbek Hisobot 4.1

Xulosa va takliflar
Ushbu bitiruv oldi amaliyoti hisobotida “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning faoliyat yo‘nalishlari, uning faoliyatini ta’minlovchi me’yoriy–huquqiy hujjatlar, iqtisodiy va rejalashtirish faoliyati, xizmat ko‘rsatishi, marketing va kadrlar salohiyati va boshqa bir qator iqtisodiy ko‘rstatkichlari tahlil qilinib, ushbu korxona iqtisodiy holati va faoliyati haqida yetarlicha ma’lumotlar tahlili keltirib o‘tilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJfaoliyatini kengaytirish, barqarorligini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun quyidagilar taklif qilindi:
– “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ garchi yaqin yilda faoliyatini tashkil etgan va hali yirik bo‘lmasa ham, hozirgi holatidan kelib chiqib marketing faoliyatini korxona rahbarigagina emas, balki shu soha vakillariga topshirilishi va zamonaviy reklama yo‘nalishlariga pul sarflashi korxonada mijozlarining sonini oshirib beradi. Buning asosiy jihati, ushbu zamonaviy reklamalar aholining ko‘plab qatlamlari uchun O‘zbekistonda nisbatan hali yangi bo‘lgan va unchalik yuqori darajada ommalashmagan buxgalteriya sohasida autsorsing xizmati borasida ijtimoiy ongni shakllantiradi.
– Ko‘pgina o‘rta darajadagi korxonalar o‘zining jozibadorligini oshirish maqsadida moliyaviy hisobotlarning milliy standartlarini emas balki xalqaro standartlarni afzal ko‘rishadi. Shu boisdan, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq hisobotlar tayyorlashni tashkillashtirish “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning raqobatchilari bilan kurashdagi kata ustuvorlik beradigan yagona jihat hisoblanadi. Buni amalga oshirish o‘z samarasini karrasiga berishi tabiiy.
– “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJda inson resurslari bo‘limi, ya’ni kadrlar bo‘limining barcha funksiyalarini korxona rahbari o‘z zimmasiga olgani va kadrlarni ishga olishda saralash uchun doimiy vaqt muammosining mavjudligi boisdan bu muammoni yechish uchun moliya–iqtisod sohasida yetuk mutaxassislar chiqaradigan institutlar va yoki o‘quv markazlari bilan shartnoma qilgan holda faoliyat yurishi samarali hisoblanadi. Bu orqali bir tomondan saralash oson kechishi ta’minlansa, boshqa tomondan eng sara mutaxassislarni boshqa raqobatchi korxonalarga ketib qolmasligi ham ta’minlanadi.
Yüklə 92,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin