Yuqoridagi jadvalga ko‘ra “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ 2023 yil yanvar oyida buxgalteriya xizmatlari uchun atigi 32 ta va kansalting xizmatlari uchun atigi 4–ta shartnoma imzolagan bo‘lsa, may oyida bu ko‘rsatkich 93 va 48 ta shartnomani tashkil qilgan va shunga qarab korxona keyingi 3–oyga prognoz qilgan.
3. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ ning xizmat ko‘rsatish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ buxgalteriya sohasida autsorsing xizmatlarining quyidagi turlarini ko‘rsatadi ( 2–rasm):
Buxgalteriya hisobi: “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ mijoz korxonaning moliyaviy hisobotlarini kuzatib borishiga yordam beradigan keng qamrovli buxgalteriya xizmatlarini taklif etadi. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ jamoasi barcha tranzaktsiyalar to‘g‘ri va o‘z vaqtida qayd etilishini ta’minlaydi.
Soliqlarga tayyorgarlik: “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ mijoz korxona soliq majburiyatlarini barcha soliq qonun–qoidalariga rioya qilgan holda minimallashtirishga yordam beradi. Mijozlarga eng yaxshi maslahatlarni taklif etish uchun korxona xodimlari jamoasi eng so‘nggi soliq qonunlari va qoidalardan xabardor bo‘lib turishadi.