Multiverse of finance



Yüklə 92,57 Kb.
səhifə14/18
tarix13.06.2023
ölçüsü92,57 Kb.
#128108
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Jasurbek Hisobot 4.1

Ko‘rsatkich nomi

Yanvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Korxona daromadi, mln so‘m

71

165

186

200

222

Ish haqi xarajati, mln so‘m

28.4

66

74.4

80

88.8

Ijara haqi, mln so‘m

10

10

10

10

10

Elektr energiya, mln so‘m

0.2

0.1

0.1

0.15

0.15

Suv resurslari xarajati (issiq suv + sovuq suv + markaziy isitish tizimi), mln so‘m

0.6

0.6

0.1

0.1

0.1

Soliqlarning oylik taqsimoti, mln so‘m

Ijtimoiy soliq

3.408

7.92

8.928

9.6

10.656

Aylanmadan olinadigan soliq

2.84*

6.6*

7.44*

8*

8.88*

Boshqa xarajatlar

10

22

35

43

48

“MULTIVERSE OF FINANCE” MChJda ish haqi to‘lovlari xodimlarning bajargan ishiga qarab va tuzilgan shartnomaning 40%–i miqdorida bo‘lishi yuqorida ham ta’kidlangan edi. Bu tizim korxona uchun ushbu xarajatni boshqarishning eng samarali usuli hisoblanadi.
Keyingi xarajat turi ijara haqi hisoblanib, korxona tuzgan shartnomasiga muvofiq oylik 10 mln so‘mni tashkil etadi. Demak, bu korxonaning o‘zgarmas xarajati hisoblanadi.
Korxona hisobotlarni electron tayyorlashini hisobga oladigan bo‘lsak bu ham ma’lum xarajatni talab qiladi. Lekin elektr energiyasi uchun xarajatning asosiy ulushini qish oylarida ayrim isitish jihozlari va yozda bo‘lsa sovutish jihozlari iste’moliga to‘g‘ri kelgan.
Issiq suv va sovuq suv uchun ham ishlatgan miqdori uchun xarajatlar bo‘lgan va bular ham deyarli o‘zgarishsiz qoladi.
Yana bir xarajat soliqlar hisoblanib , korxona faoliyati qanchalik kengaysa bular ha ortib boradi.
10. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning moliyaviy holati va rentabelligini o‘rganish va tahlil qilish
Korxona faoliyati va mahsulotlari raqobatdoshligini ta’minlashning eng muhim tayanchi bu uning rentabellik darajasidir. Rentabellik – nemis tilidagi “rentabel” daromadlik, foydalilik degan ma’noni anglatadi. Uning iqtisodiy mazmunini moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan‚ shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi ifoda etadi.
Rentabellikning bir nechta guruhi aktivlar, ishlab chiqarish, sotuv va kapital rentabelligi guruhi tarkiblanadi. Har bitta guruhga bir necha ko‘rsatkichlar tizimi kiritiladi. Lekin baholashda, omilli tahlil etishda ularning har bittasi alohida hisob–kitob qilinadi va baholanadi.
Rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari:
– Aktivlar rentabelligi (ROA Return On Assets) = Sof foyda / Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati;
– Sotuv rentabelligi = Mahsulot (ish va xizmat)lar sotishning yalpi foydasi / Sotishdan sof tushum;
– Operatsion faoliyat rentabelligi (ROS Return On Sales) = Operatsion foyda / Sotishdan sof tushum;
– Xususiy kapital rentabelligi (ROE Return On Equity) = Sof foyda / Xususiy kapital.
Qo‘shimcha ko‘rsatkichlari:
– Asosiy vositalar rentabelligi = Sof foyda / Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati;
– Xodimlar rentabelligi (ROL) = Sof foyda / Xodimlarga xarajatlar (mehnat haqi fondi va xodimlarga boshqa xarajatlar);
– Aktivlarning bazaviy foydalilik koeffitsiyenti (Basic earning power) – Soliq to‘loviga qadar foyda / Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati (BEP = EBITDA) / Aktivlar o‘rtacha yillik qiymati;
– Investitsiyalangan kapital rentabelligi (ROIC) – Operatsion foyda / O‘z mablag‘lari manbasi va uzoq muddatli qarz kapitali (ROIC = EBIT × (100% – Foyda solig‘i stavkasi) / investitsiyalangan kapital.
Ayrim hollarda qarz kapitali to‘liq olinadi. ROIC = (EBIT × (100% – Foyda solig‘i stavkasi) – Qarz kapitali bo‘yicha foizlar summasi) / (Xususiy kapital + Qarz kapitali);
– Jalb qilingan kapital rentabelligi = Sof foyda / (O‘z mablag‘lari manbasi + uzoq muddatli qarz mablag‘lari) (ROCE);
– Jami aktivlar rentabelligi (ROTA) = Soliq to‘loviga qadar foyda / Jami aktivlar;
– Biznes aktivlari rentabelligi (ROBA) = Sof foyda / Biznes aktivlari;
– Sof aktivlar rentabelligi (RONA) = Soliq to‘loviga qadar foyda / Sof aktivlar;
– Ishlab chiqarish rentabelligi = Sof foyda / (Asosiy vositalar + Aylanma aktivlar);
– Marja rentabelligi (Profitability of the margin) – Sotilgan mahsulot bahosi – Sotilgan mahsulot tannarxi / Sotilgan mahsulot tannarxi;
– Va boshqa ko‘rsatkichlar.

Yüklə 92,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin