Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tahlili quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ishonchli va to‘liq axborot manbaini shakllantirish;
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha korxona va soliq organidagi ma’lumotlarni taqqoslash;
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘zgarish dinamikasini aniqlash;
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini hisoblash;
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tahlili yuzasidan yakuniy xulosalarni shakllantirish;
– ichki va tashqi imkoniyatlardan natijaviy omilga ta’sir etishini boshqarish yuzasidan qarorlarni tayyorlash va realizatsiya qilish.
12. Korxonalarning moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish tartibini o‘rganish Moliyaviy hisobot – xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektligi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jamlangan guruhiga kirishidan qat’i nazar shu xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini ko‘rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. Moliyaviy hisobot – buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.