Multiverse of finance


“MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning iqtisodiy va rejalashtirish faoliyatini tahlil qilish



Yüklə 92,57 Kb.
səhifə4/18
tarix13.06.2023
ölçüsü92,57 Kb.
#128108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Jasurbek Hisobot 4.1

2. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJning iqtisodiy va rejalashtirish faoliyatini tahlil qilish
“MULTIVERSE OF FINANCE” MChJda korxonaning iqtisodiy va rejalashtirish faoliyatini tahlil qilish uchun bir nechta asosiy ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqiladi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin bo‘ladi:
1. Xarajatlar: Korxona uchun xarajatlarni hisoblash ham muhimdir. Xarajatlarning umumiy summasi hamda joriy yili daromadining qancha foizi xarajatlardan sarflanganligi aniqlanishi kerak. Korxonaning iqtisodiy va rejalashtirish faoliyatida juda muhim ko‘rsatkich aynan xarajatlarning oldindan boshqarilishi hisoblanadi. Sababi korxona daromadlari qanchalik oshmasin uning asosiy qismi xarajatlarga ketadigan bo‘lsa bu korxona rejalashtirish faoliyati tartibga solinmaganligini anglatadi. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJda xarajatlarni boshqarishning judaham samarali yo‘li ishlab chiqilgan. Bunda korxona har bir shartnomani tuzayotganda aynan ushbu xizatni ko‘rsatishda ishtirok etadigan xodimlarning ish hajmiga ko‘ra ushbu shartoma summasining tegishli miqdorini olishi uchun koeffitsiyent beriladi. Bu orqali “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ o‘z ichilariga ma’lum vaqti uchun ish haqi emas, balki ma’lum bir bajargan ishi uchun ish haqqi beradi. Bu esa korxona xodimlarining ko‘proq aktiv bo‘lishiga motivatsiya bera oladi.
2. Daromad: Bu ko‘rsatkich “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ daromadi asosan qancha so‘mlik xizmat ko‘rsatishidir, chunki korxona asosiy faoliyatidan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanadi.
3. Ishonchli kasb–hunar kollektivi: Korxonaning ishonchli kasb–hunar kollektivi tahlili, korxona faoliyatining sifatini oshirishi mumkin. “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ ishchilar tanlashda ularning malakasiga alohida e’tibor beradi va doim yangi ishchi xodimlarni korxonadagi ekspertlargagina bog‘lab ushbu xizmatga tayyorlaydi.
4. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tahlili: Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar sifatli tahlili korxona barqarorligini ta’minotining asosi bo‘ladi.
5. Ulushlar: Korxona ulushlari, boshqa so‘z bilan mahsulotlar va xizmatlar sotishdan kelgan daromadlarni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Bu bilan bir qator ma’lumotlarni hisoblash mumkin: ulushlarning umumiy summasi, ulushlarning joriy yili daromadining qancha foizi hisobidan chiqarilganligi va hokazo. Bu ko‘rsatkich asosan o‘z aksiyasini chiqaradigan yirik firmalar, umuman aksiyadorlik jamiyatlari uchun ishlatilsada, nisbatan kichikroq bo‘lgan korxonalar uchun ham ma’lum maqsadlarda ko‘rish mumkin. Masalan, “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJga 2022 yil oktabrda ta’sischilar tomonidan 200 000 000 so‘mlik ustav kapitali bilan asos solingan, 2023 yil iyun oyidagacha bo‘lgan korxona sof foydasi shu miqdorning 30%–idan oshiqroqni tashkil etadi. 8–oyda 0.3 koeffitsiyent korxona ta’sischilari uchun juda yuqori natija hisoblanadi.
Bular hammasi korxonaning iqtisodiy va rejalashtirish faoliyatini tahlil qilish uchun kerakli ma’lumotlar bo‘lib, ularni to‘g‘ri ko‘rib chiqish orqali korxonaning sifatini aniqlash mumkin. Bu ko‘rsatkichlar asosan korxonaning qancha so‘mlik xizmat ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘lganligi uchun “MULTIVERSE OF FINANCE” MChJ o‘zining rejalashtirish faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilib prognozlab boradi.

Yüklə 92,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin