2.3. Tasdiqlangan shaxsiyi topiriq va shaxsiy topshiriqdagi kutilyotgan yangiliklar Menga berilgan bitiruv oldi amaliyot uchun rahbarim tomonidan berilgan shaxsiy topshiriq mavzusi “O‘smir qizlar komplektini tikish texnologiyasini ishlab chiqish” bo’lib, ushbu topshiriq bo’yicha model tanladim va tanlangan modelning tikilish texnologiyasi, ketma-ketligi, unda ishlatiladigan mashinalar haqida kerakli ma’lumotlar to’pladim va hisobot holatiga keltirdim. Bundan tashqari kiyim tikish texnologiyasini ossonlashtirish, ya’ni vaqtni va elektr energiyasini tejash, ortiqcha ip sarfini kamaytirish maqsadida zamonaviy tikuv mashinalaridan foydalandim. Zamonaviy mashinalarning eski tikuv mashinalaridan afzaliklari ortiqcha shovqinsiz va tikishdagi vaqt sarfi kamligi, kam vaqt sarflashi natijasida elektr energiya sarfi ham kamligidir. Shu bilan birga kiyim detallariga ishlov berishda ham parallel yoki aralash usullarda ishlov berishdan ham to’g’ri foydalanish vaqt sarfini kamaytirib, ish unumdorligini oshiradi. Kiyim tayyor holatga kelishi uchun matoni qabul qilishdan boshlab uni qadoqlashgacha bo’lgan har bir jarayon muhim hisoblangani uchun har bir jarayonga alohida e’tibor berish zarur.
2.4. Shaxsiy topshiriqda tanlangan model uchun qo‘yilgan talablar. Komplekt - bu bir necha kiyimlar yig'indisidir. U bir xil yoki har xil gazlamadan tayyorlanadigan bo’lib, qo’shimcha kiyimlar ham unga kiradi, ya’ni bosh, oyoq kiyimlar, sumka, soyabon, qo’lqop va boshqalar. Komplekt qanday maqsadga mo’ljallanganligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: sport uchun, yo’l uchun, cho’milish uchun va hokazo. Masalan, yo’l kiyimlari komplekti: ustki kiyim (palto yoki kurtka), shim, bo’yin o’yindisi yopiq jemferdan, to’qilgan to’qilgan bosh kiyimdan, past poshnali oyoq kiyimdan va yo’l sumkasidan iborat.
Komplekt ochiq sistema hisoblanadi. Uning tarkibidagi biror kiyimni olish, qo’shish yoki almashtirish bilan komplekt vazifasini o’zgartirish mumkin.
O’smir qizlar komplekti tikish texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha tanlagan modelim sport uslubidagi yozgi kiyim bo’lib, soch uchun rezinka, futbolka, shim va krasofkadan iborat komplekt. Ushbu komplekt sport uslubidagi zamonaviy qizlar kiyimi bo’lib, gigienik-estetik hamda, ekspulatatsion talablarga javob berishi orqali iste’molchilar talabini qondiradi. Komplekt faqatgina asosiy va cho’ntak qopqoq detallaridan tashkil topganligi harakatlanishdagi qulaylikni ta’minlaydi.