2.2 Tikuvchilik sanoatining rivojlanishi
Mamlakatimizda yengil sanoatni yanada rivojlantirish maqsadida sifat oʻzgarishlarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, toʻxtab qolgan eski ip-yigiruv kombinatlari oʻrniga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xorijiy va qoʻshma korxonalar tashkil etilmoqda. Koʻplab tarmoq korxonalari modernizatsiya qilindi, ularda jahon andozalari darajasidagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi. Tarmoqda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida berilgan imtiyoz va preferensiyalar ularning tashqi bozorda mustahkam oʻrin egallashiga imkon yaratmoqda.
Keyingi yillarda tarmoqqa 2,5 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etilib, 200 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etildi. “Oʻzbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan qiymati 31 trillion soʻmlikdan ziyod sanoat mahsulotlari, 13 trillion soʻmlikdan ortiq xalq isteomoli tovarlari ishlab chiqarildi. Korxonalarda paxta kalava va gazlama, toʻqimachilik matolari, tikuvchilik va paypoq buyumlari, ip kalava, tayyor kiyimlar bilan birga tibbiyot uchun moʻljallangan mahsulotlar va maxsus kiyimlar ham ishlab chiqarilmoqda.
Chet el investitsiyalarini jalb etish, yangi qoʻshma korxonalar tashkil qilish va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish mamlakatimiz yengil sanoatini rivojlantirish imkonini bermoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida sohaga 153,7 million AQSh dollari jalb qilindi. Buning samarasida 25 investitsiyaviy loyiha amalga oshirilib, 2 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi.
Yengil sanoat korxonalari mahsulot eksportini kengaytirishga alohida eotibor qaratmoqda. Shu yilning oʻtgan 9 oyida eksport hajmi 767,3 million dollarni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 17,9 foiz koʻpdir. Oʻtgan davrda eksport qiluvchi korxonalar soni 38 taga koʻpayib, 250 taga yetdi.
Bugungi kunda jamiyat korxonalari eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar turini kengaytirish borasida faol ish olib bormoqda. Xususan, tarmoq korxonalari eksporti tarkibiga olachipor, zich tayyorlangan va bambukli ip, tayyor toʻquv-trikotaj buyumlarining yangi modellari, yotoqxona va oshxona choyshablari, yorliqlar, poplin, satin va paxmoq gazlamalar, bolalar koʻylagi va boshqa yangi turdagi mahsulotlar kiritildi. Bozor talablari inobatga olingan holda, tikuvchilik-trikotaj buyumlari turi yangilandi. Bugungi kunda umumiy eksport hajmida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushi 42 foizni tashkil etmoqda.
Hozirgi vaqtda oliy taʼlim muassasalarida boʻlajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni rivojlantirish uni bir tekisda yoʻlga qoʻyish uchun samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yoʻlidan borayotgan mamlakitimizning uzluksiz taʼlim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga koʻtarish, unga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy qilish hamda taʼlim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.
Taʼlimning bugungi vazifasi oʻquvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot- taʼlim muhiti sharoitida mutaqil ravishda faoliyat koʻrsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga oʻrgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.
Taʼlimning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talaba (yoki oʻquvchi)ning dasturiy bilim, tasavvur va koʻnikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, oʻquv faniga kiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashgʻulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining talaba (yoki oʻquvchi)larni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiklamokda.
Taʼlimning bugungi vazifasi oʻquvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot- taʼlim muhiti sharoitida mutaqil ravishda faoliyat koʻrsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga oʻrgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.
Dostları ilə paylaş: |