2.5. Model ko‘rinishi va tasnifi. 2.6. Tanlangan modelning vazifasi
Tanlangan birinchi modelim: Paxta matosidan kalta yengli oq futbolka bo’lib, uzunligi belgacha. Futbolka 1 ta old, 1 ta ort va 2 ta yengdan iborat. Shim 2 bo’lakdan iborat bo’lib, yuqori bel va pocha qismiga elastik ip yordamida manjet bostirilgan. Bel qismi yaxshi ushlab turilishi uchun orasiga ipli lenta o’tkazilgan. Old bo’lagida keng hajmli qiyalama qoplama cho’ntak joylashgan. Shimning keng bichimliligi harakatni qulayligini ta’minlab beradi. Tanlagan modelim ko’chaga va do’stlar davrasiga kiyish uchun mo’ljallangan.
3-rasm. 1-model Tanlangan ikkinchi modelim: Paxta matosidan kalta yengli oq futbolka bo’lib, uzunligi belgacha. Futbolka 1 ta old, 1 ta ort va 2 ta yengdan iborat. Shim 2 bo'lakdan iborat bo’lib, yuqori bel va pocha qismiga elastik ip yordamida manjet bostirilgan. Bel qismi yaxshi ushlab turilishi uchun orasiga ipli lenta o'tkazilgan. Old bo'lagida keng hajmli qiyalama qoplama cho'ntak, tizzaning yon qismida esa qopqoqli qoplama cho'ntak joylashgan. Shimning keng bichimliligi harakatni qulayligini ta'minlab beradi. Tanlagan modelim ko'chaga kiyish uchun mo'ljallangan.
4-rasm. 2-model Tanlangan uchinchi modelim: Paxta matosidan yengsiz futbolka bo'lib, uzunligi belgacha. Futbolka 1 ta old va 1 ta ort bo'lakdan iborat. Shim 2 bo'lakdan iborat bo'lib, yuqori bel va pocha manjet bostirilgan. Bel qismi yaxshi ushlab turilishi hamda qo'shimcha bezak sifatida kamar o'tkazilgan. Shimda molnya tasma, chok davomidagi cho'ntak, tizzaning yon qismida qopqoqli qoplama cho'ntak va pocha qismida 5 sm li elastik ip yordamida manjet o'tkazilgan. Shimning keng bichimliligi harakatni qulayligini ta'minlab beradi. Tanlagan modelim ko'chaga do'stlar davrasiga va sport zallariga kiyish uchun mo'ljallangan.
5-rasm. 3-model Shaxsiy topshiriq mavzum bo’yicha birinchi modelni tanladim.
2.7. Tanlangan model xususiyatidan kelib chiqib gazlama tanlash va asoslash.
Yuqori sifatli zamonaviy va chiroyli mato har qanday kiyimning muvofaqiyati kalitidir. To’quvchilik sanoatida ishlab chiqarilayotgan gazlama turlari ichida ip gazlamalari alohida o’rinda turadi. Ularning asosiy qismini klassik paxta tolasidan ishlab chiqarilgan turlari tashkil qiladi. Men ham shaxsiy topshiriqda berilgan mavzu
“O‘smir qizlar komplektini tikish texnologiyasini ishlab chiqish’’ mavzusi uchun paxta tolali gazlamalar tarkibiga kiruvchi jinsi matosini tanladim. Paxta tolali gazlamalar amaliy preskurantda 1300 dan ortiq artikuldagi turmushda va tehnikada ishlatiluvchi ip gazlamalari kiritilgan bo’lib, ular 17 guruhga ajratilgan. Bulardan eng keng qo’llaniladigan ip gazlamalari 1-6 guruhlarini tashkil qiladi.
1-guruh chit gazlamalari.
2- guruh surup gazlamalari,
3-guruh choyshabbop gazlamalar,
4-guruh satin o’rilishdagi satin gazlamalar kiradi.
5-guruh ko’ylakbop gazlamalar,
6-guruhda esa kiyimbop gazlamalar turadi.
Men oltinchi guruhga mansub bo’lgan jinsi gazlamasini tanladim.
Uzoq vaqtlargacha jinsilar asosan Amerika kovboylari – oltin izlovchilar va fermerlarning kiyimi bo‘lib hisoblangan. O‘tgan yarim asr davomida jinsilar liboslarimizning asosiy qismiga aylandi
Sifatli jinsilarni tanlash, matosini tanlashdan boshlanadi. Klassik paxta matolar qalin, g‘adir-budir va og‘irroq bo‘ladi.To‘qilishi unchalik bilinmaydigan, teskari tomoni ham ustki tomoni kabi bo‘yalgan matoli jinsilar sifatsiz hisoblanadi. Klassik jinsi matolari tarkibi 100% paxtadan iborat bo‘ladi. Lekin oxirgi vaqtlarda unga 2—7% elastin qo‘shiladigan bo‘ldi. Elastin matoning cho‘zilish xususiyatini oshiradi.
Aksessuarlar: Jinsilarning furnitura, etiketka, o‘ziga xos tikilishiga qarab sifatli yoki sifatsizligini bilib olsa bo‘ladi. Sifatli jinsilar furniturasi – zanjirsimon yopqichdan tortib tugmasigacha metalldan ishlangan bo‘ladi.