Sport gimnastikasida tortuvchi mikrosikl (trnerovka) mazmuni va tuzilishi
MASHG'ULOTNING MAKROSTRUKTURASI Sport formasi pedagogik nuqtayi nazardan qaraganda sportchining yutuqqa erishishiga optimal tayyor ekani hamma tomonlarning (komponentlarning) psixik, jismoniy, sport-texnik va taktik jihatdan tayyor ekanining garmonik birligidan iboratdir. Ilmiy tekshiruvlar sport formasining taraqqiyot jarayoni fazali xarakterga ega ekanini ko'rsatadi. Bu Jarayon 3 fazadan formaga kirish, uni saqlash (nisbatan stabillashtirish) va sport formasini vaqtincha yuklatishdan iboratdir. Sport shakli, rivojlanish fazoviyligi mashg'ulot davrlarining tabily asoslaridir.
Katta, masalan yillik, vaqt bo'limlaridagi mashg'ulot jarayoni ma'lum davrlar bo'yicha tuziladi, boshqacha aytganda qonumqoidalarga bo'ysunadigan davriy o'zgarishlar sodir bo'lib, ular mashg'ulot tuzilishi va mazmunining hamma elementlari: uning yo'nalishi, vositalari, metodlari, umumiy va maxsus tayyorgarlik munosabatlarining Jismoniy yuklanish dinamikasi va hokazolami o'z ichiga oladi. Sport shaklini biz optimal (eng yaxshi) tayyorgarlik holati sifatida aniqlab u sportchi tomonidan takomillashuvining har bir yangi bosqichda mos holda bo'lgan tayyorgarligi natijasida egallanadi. Sport shakli ko'p qirrali hodisalardir. Fiziologik nuqtayi nazardan bu maxsus mu shak ishlarini sport formasida bo'lmagan paytda yuqori funksional saviyada baja rish qobiliyatidir. Funksiyalami tejash ya'ni bir qator fiziologik o'zgarishlami chegara bo'lmagan standart ishlarni bajarishda kamaytirish yuksak stabillik va shu bilan birga sport harakat malakalari dinamik stereotiplarining va refaolligi (o'zgaruvchan moslashuvchi); yuqori darajada, ya'ni organizmning tez ishlab chiqishligi va harakat faoliyat jarayonida almashinishi takomillashgan qobiliyati; tiklanish Jarayonining tezlashuvi; sport formasi tog'risidagi psixologik tasavvurlar hozircha to'liq bo'lmay yetarli darajada aniqlashtirilmagan. Shunday bo'lsa ham quyidagilarni ajiratish mumkin: ayrim maxsuslashtirilgan qabul qilishlarni yaxshilash (chang'ichilarda chang'i sezgisini, suzuvchilarda suv sezgisini va h.k); harakatni ongli ravishda boshqarish imkoniyatini va sporttaktik fikrlashning ijodiy namoyon bo'lishini oshirish; Irodaviy kuchlanishlarning oshirilgan diapozonini, ya‘ni chegaraviy-irodaviy kuchlanishlami bajarish imkoniyatlari.
Musobaqalarga, yutuqlarga emotsional ishonish. Sport formasi bu o'z kuchiga ishonish asosida ko'proq mardlik ko'rsatish davridir. Pedagogik nuqtayi nazardan sport formasi sportchining jismoniy sport-texnik va taktik yutuqlariga optimal tayyorgarligi, hamma tomonlarining (komponentlarning) garmonik birligini bildiradi. Mana shu komponentlaming mavjudligi sportchi ning sport formasida ekanligi to'g'risida gapirishga asos bo'la oladi.
Sport mashg'uloti jismonly tarbiya tizimida ixtisoslashtirilgan yo'nalish. Sport mashg'uloti bu tarbiyaning ixtisoslashtirilgan jarayoni bo'lib, sport natijalariga erishish hamda ahamiyarga ega bo'lgan faoliyatga tayyorlashni tushunishdir.