Mundarija issiqlik almashinish jarayonlarining nazariy asoslari Issiqlik o’tkazishning asosiy tenglamasi Issiqlik o’tkazuvchanlik Issiqlik almashinish qurilmalari haqida umumiy tushunchalar. Yuzali issiqlik almashgichlar Qurilmaning hisobi
2. Issiqlik o’tkazishning asosiy tenglamasi
3. Issiqlik o’tkazuvchanlik
4. Issiqlik almashinish qurilmalari haqida umumiy tushunchalar.
5. Yuzali issiqlik almashgichlar
6. Qurilmaning hisobi.
7. Foydalanigan adabiyotlar.
Issiqlik almashinish jarayonlarining nazariy asoslari
Har xil haroratga ega bo'lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga о 'tishi issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi. Nisbatan issiq va sovuq jismlarning harorati o'rtasidagi farq issiqlik almashinishining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Haroratlar farqi bo'lganda. tennodinamikaning ikkinchi qonuniga ko'ra. issiqlik energiyasi harorati yuqori bo'lgan jismdan harorati past bo'lgan jismga o'z-o'zidan o'tadi. Jismlar o'rtasidagi issiqlik ahnashinishi erkin elektron. atom va molekiilalarning o'zaro energiya ahnashinishi hisobiga sodir bo'ladi. Issiqlik ahnashinishida qatnashadigan jismlar issiqlik tashmrhilar deb ataladi. Issiqlik almashinish jarayonlari (isitish. sovitish. bug'latish. kondensatsiyalash va hokazo) sanoatning ko'pchilik tarmoqlarida keng tarqalgan. Issiqliq tarqalishining uchta asosiy tun bor: issiqlik o'tkazuvchanlik. konveksiya va issiqlikning nurlanishi. Bir-biriga tegib tnrgan kichik zarrachalarning tartibsiz xarakati natijasida yuz beradigan issiqlikning o'tish jarayoni issiqlik о 'tkazuvchanlik deyiladi. Gaz va tomchili simiqliklarda molekiilalarning harakati natijasida yoki qattiq jismlarda kristall panjaradagi atomlarning tebranishi ta'sirida yoxud metallarda erkin elektronlarning difftiziyasi oqibatida issiqlik o'tkazuvchanlik jarayoni sodir bo'ladi. Qattiq jismlarda. gaz yoki suyuqliklarning yupqa qatlamlarida issiqlik asosan issiqlik o'tkazuvchanlik orqali tarqaladi.
Gaz yoki simiqliklarda makroskopik hajmlarning harakati va ularni aralashtirish natijasida >nz beradigan issiqlikning tarqalishi konveksiya deb ataladi. Konveksiya ikki xil (erkin va majburiy) bo'ladi. Gaz yoki smaiqlik а>тип qismlaridagi zichliklarning farqi natijasida hosil bo'ladigan issiqlikning ahnashinishi tabiiy yoki erkin konveksiya deyiladi. Tashqi kuchlar ta'sirida (masalan. simiqliklarni nasoslar yordamida uzatish yoki ulami mexanik aralashtirgichlar bilan aralashtirish pallida) majburiy konveksiya paydo bo'ladi.
Issiqlik energiyasining elektromagnit to'lqinlar yordamida tarqalishiissiqlikning nurlanishi deb yuritiladi. Наг qanday jism o'zidan energiyani nurlatish qobiliyatiga ega. Nurlangan energiya boshqa jismga yutiladi va qaytadan issiqlikka aylanadi. Natijada nur bilan issiqlik almashinish jarayoni sodir bo'lib. u o'z navbatida nur chiqarish va nur yutish jarayonlaridan tashkil topadi. Haqiqiy sharoitlarda issiqlik almashinish alohida olingan biror usul bilan emas. balki bir necha usullar yordamida yuzaga keladi. ya'ni murakkab issiqlik o'tkazish jarayonlari amalga oshiriladi.
Issiqlik almashinish jarayonlari tegishli qurilmalarda olib boriladi. Issiqlik almashinish qurilmalarining ishlash rejimiga ko'ra jarayonlar ikki xil (turg'un va noturg'un) bo'ladi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalaraing turli nuqtalaridagi harorat vaqt davomida o'zgarniaydi. bunday qurilmalarda ketayotgan jarayon turg'un bo'ladi. Noturg'un jarayonlarda (da\Tiy ishlaydigan issiqlik almashinish qurilmalarida) harorat vaqt davomida o'zgarib turadi (masalan. isitish yoki sovitish paytida).
Issiqlik almashinish qurilmalaridagi issiqlik almashinish jarayonlari har xil holatlar (issiqlik o'tkazuvchanlik. konveksiya. issiqlikning nurlanishi va hokazo)ning majmuasi asosida yuz beradi. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Shu sababdan muhandislik hisoblashlarda issiqlikning turli xilda tarqalishi umunilashtirilib. yaxlit issiqlik o'tkazish jarayoni deb qabul qilinadi.