Mundarija: kirish 4 ibob ilk o`rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti 4


III BOB IX-Xlll ASR BOSHLARIDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MUSTAQIL DAVLATLARNING SHAKLLANISHI, Ui IMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOTI



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə10/31
tarix13.12.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#85812
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31

III BOB IX-Xlll ASR BOSHLARIDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MUSTAQIL DAVLATLARNING SHAKLLANISHI, Ui IMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOTI

13-§. ARAB HUKMRONLIGINING ZAIFLASHUVI, MUSTAQIL DAVLATLARMNG SHAKLLANA BOSHLASHI


VIII asr oxiri — IX asr boshlarida Arab xalifaligi og`ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo`ysundirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin bo`lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo`zg`olon ko`tarib turishi, uzluksiz davom etgan o`zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil davlatiarning paydo bo`lishiga olib keldi.

Mustaqil davlatlar dastavval Movarounnahrning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida hali xaltfalikka bo`ysundirilmagan o`lkalarda tashkil topdi. Ulardan biri Qarluqlar davlatidir.


Qarluqlar davlati


VIII asr o`rtalarida Qarluqlar davlati tashkil topdi.

Qadimda Oltoyning g`arbida, so`ngra Irtish daryosining o`rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan. VI-VII asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr o`rtalarida Yettisuv o`lkasida qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori "yabg`u" yoki "jabg`u" deb yuritilgan.

X asr o`rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo`lgan. Bu davrda bir qancha qarluq shaharlarida jome masjidi bino qilingan.

O`g`uzlar


VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrda o`g`uzlar Turk xoqonligi tarkibida edi. Turk xoqonligi yemirilgach, o`g`uzlarning kattagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo`yida muqim o`rnashib olganlar. Ular IX asr oxiri va X asr boshida o`g`uzlar davlatiga asos soladilar.

Sirdaryo bo`yidagi Yangikent shahri o`g`uzlar davlatining poytaxti bo`lgan. o`g`uz yabg`ulari bu shahardan qishlov uchun qarorgoh sifatida foydalanganlar o`g`uzlar asosan chorvachilik, xususan qo`ychilik bilan shug`ullanganlar.

O`troq vohalar aholisi bilan savdo aloqalarining o`sishi oqibatida o`g`uzlar dashtiga asta-sekin islom dini kirib keladi va o`troq aholining madaniy ta'siri kuchayadi. X asrdan boshlab o`g`uzlar islom dinini qabul qiladilar.

X asrning birinchi choragida o`g`uzlar davlati shimoli-sharqdan qo`zg`algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab bo`linib ketadilar. Ular o`z yurtini tark etib, bir qismi g`arbga, Shimoliy Kavkaz dashtlariga borib o`rnashadi. Ularning ikkinchi qismi esa avval Movarounnahrga kirib boradi va undan janubi-g`arbga siljib, yangi sulola - saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi.

Bu ikki turkiy davlat faqat Movarounnahrgina emas, balki butun o`rta Sharq hamda Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga kuchli ta'sir ko`rsatdi. Bu davlatlarning aholisi shu hududda yashovchi xalqlarning etnik tarixiga ta'sir qildi. Masalan: qarluqlar o`zbek va tojiklarning, o`g`uzlar turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o`ynadi.

VIII asr oxiri—IX asr boshida xalifalikni flarzaga keltirgan og`ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o`zgartirishga majbur etdi. Endilikda ular sharqiy viloyatlarni boshqarish ishlariga mahalliy zodagonlarni jalb etish va ularning qo`li bilan viloyatlarni xalifalik tasarrufida tutib turishga harakat qiladilar. Natija abbosiylar ko`zlagandek chiqmadi. Mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni nafaqat o`z tasarruflariga o`tkazib oldilar, balki xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora ko`proq rol o`ynaydigan bo`lib qoldilar. Bunga ayniqsa xalifaHorun ar-Rashid (786-809) vafotidan so`ng uning o`g`illari Ma'mun bilan Amin o`rtasida 809-813-yillarda taxt uchun bo`lgan kurash katta yo'1 ochib berdi.

Xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko`taradilar. Bundan norozi bo`lgan Ma'mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813-yilda ular Bag`dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo`lga kiritilib, Ma'mun xalifalik taxtiga o`tqiziladi. Buning evaziga Tohir 821-yilda Xurosoh va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Shuningdek, Ma'mun Movarounnahr zodagonlarining ham yordamini unutmadi. Somonxudotning nabiralarini ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg`ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag`ini tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar.

Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida 822-yilda xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlatadi.

Bu amalda Bag`dod bilan aloqani uzish va o`zini mustaqil deb e'lon qilish edi. Biroq ko`p vaqt o`tmay u to`satdan vafot etadi. Tohirning o`g`illari Talxa va Abul Abbos Abdulloh otasiningo`rniga birin-ketin noiblik qiladilar. Shunday qilib, Xuroson va Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga merosvbo'lib qoladi. Abul Abbos Abdulloh noibligi (830-844) davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga ko`chiriladi.

Movarounnahr shaharlarida noiblik qilayotgan Somonxudot avlodlarining mahalliy noibligi tohiriylar tomonidan tan olinadi. Somoniylar esa, o`z navbatida, tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora etadilar. Bu, shubhasiz, Xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik hukmronligining tugaganligini bildirardi.


Tohiriylar hokimiyatining barham topishi


Tohiriylar dastavval hokimiyatni mustahkamlashga va qishloq xo`jaligini tartibga solishga harakat qiladilar. Dehqonchilik vohalarining suv ta'minotini yaxshilash uchun yangi kanallar qazdiradilar.

Biroq tohiriylar zamonida ham mehnat ahlining ahvoli nihoyatda og`irligicha qolaverdi. Mulkdor dehqonlaming jabr-zulmidan, davlatning og`ir soliqlaridan bezor bo`lgan xalq qo`zg`olon ko`taradi. Ularga "g`oziylar" ham qo`shiladilar. Qo`zg`olonga safforiylar - aka-uka Ya'qub va Amr ibn Layslar boshchilik qiladilar. 873-yilda Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada tohiriylar hukmronligini tugatilib, hokimiyat Safforiylar qo`liga o`tadi.



Qarluqlar — qadimiy turkiy qabilalardar biri. Dastlab Oltoyning g'arbiy qismida Irtish daryosi bo`yida yashaganlar.Bu daryoning bir irmog`i hozir ham Qarluq deb ataladi.

O`g'uzlar— Markaziy va O`rta Osiyoda yashagan turkiy qabila.

G`oziy — Haq din uchun kurashuvchi jangchi.

Etnogenez — xalqlarning nasl-nasabi, kelib chiqishi.

Safforiylik — miskar hunarmandlar.

Xutba — juma nomozida hukmdor nomini aytib uning haqiga duo o`qish.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin