Mundarija: kirish 4 ibob ilk o`rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti 4



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə11/31
tarix13.12.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#85812
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31

14-§. SOMONIYLAR


Tayanch tushunchalar: Somoniylar hukmronligi, Davlat boshg'aruv tizim|lqto, Mudofaa ishiari. Devonlar.

Somoniylar hukmronligi


IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o`zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so`ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri o`z hukmronligi davrida o`z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o`g`li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko`radi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan o`zgarib, Nasr uchun qulay sharoit paydo bo`ladi. Buxoro ahli Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuborib, Buxoroni o`z qo'1 ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni so`raydilar. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib qilib yuboradi.

IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o`tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi.

Ko`p o`tmay aka-uka Ismoil va Nasr o`rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g`olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o`z qo'l ostiga birlashtirdi.

Buxoro. Ismoil Somoniy maqbarasi.


Ismoil Somoniy o`rta asrlarning qobiliyati, serg`ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli-sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga bo`lgan uzluksiz bosqinlari barham topib, aholi vohalar atrofi bo`ylab mudofaa devorlari-yu son-sanoqsiz qal`alarni bino qilish va ularni muttasil ta'mirlab turishdek og`ir, mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan fofig` bo`ladi. 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini o`rab turgan qadimiy mudofaa inshooti—Kampirak (Kampir) devorining har yilgi odatiy hashari to`xtatiladi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan, Movarounnahrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo`lishi nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho`chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to`qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o`z ta'sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Xalifa Mu'tazid (892-902) safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o`rtasida urush boshlanadi. Urush Ismoilning g`alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo'l ostiga o`tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig`ini yuborishga majbur bo`ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o`z qo'1 ostida birlashtirdi. Buxoro shahri poytaxt bo`lgan.

Somoniylarning boshqaruv tizimi


"Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi avvalambor markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog`liq edi. Buni yaxshigina anglagan somoniylar mamlakatni boshqarishda

dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi.

Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo`lardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi o`nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi. Ma'muriy, siyosiy va xo`jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo`libgina qolmasdan, shu bilan birga ular muayyan bilimlarga ega bo`lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan birmuncha xabardor bo`lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan.

Viloyatlarda barcha devonlarning vakillari bo`lgan. Viloyat devonlari bir tomondan mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan esa, markaziy mahkamaning tegishli devoniga bo`ysunar edilar.



IX asr oxirlarida Movarounnahr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo`ldi.
X asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in'om qilina boshlaydi. Bunday mulk "iqto", unga ega bo`lgan mulkdorlar "muqto" yoki "iqtodor" deb yuritilardi. Iqto tarzida esa

ayrim viloyat yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulola a'zolari - amirzodalar va yirik mansabdorlarga in'om etilgan. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma'lum muddatga berilib, nasldan naslga o`tkazilmagan. Iqtodorlar o`ziga in'om qilingan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning ma'lum qismini yig`ib olish huquqiga ega bo`lganlar.


Islom dini rivoji


Movarounnahrning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo`ldi. Shu boisdan ularning obro`yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko`plab ibodatxonalar, shu jumladan jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Bu-xoro shahrida musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh-madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozayi Mansur mahallasida joylashgan edi. Mamlakat ma'naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda "ustod" deb atalgan din va - iim peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom "shayx ui islom" nomi bilan yanada ulug`landi. Ustoddan keyin xatiblai turardi. Somoniylar masjid, madrasa va xonaqphlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun kattaskatta mulklar ajratib berganlar.

Mudofaa ishlari


Somoniylar. tashql va ichki-dushman xurujlaridan mamlakatni muhofaza qilish masalasiga katta e'tibor beradilar, Xususan Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qo`shin va saroyning maxsus muntazam sarbozlari qismini tuzadi. Muntazam qo`shin oliy dargoh va shaxsan amirni hamda uning haramini qo`riqlash uchun turk g`ulomlaridan tuzilgan edi. Saroy sarbozligiga qabul qiliflgan o`spirin turk g`ulomi harbiy xizmatini ma'lum muddatda va qat'iy tartibda o`tar edi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar "hojib" lavozimiga ko`tarilgan. Hojiblarning boshlig`i "hojib ul-hujob" yoki "hojibi buzruK' deb yuritilar edi. Bunday unvon Somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblanardi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Somoniylar sarbozlardan tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qo`shinlarga ega edilar. Harbiy qo`shin va uning ta'minoti bilan ariz devoni deb atalgan maxsus vazirlik shug`ullanar edi.

Amid ul-mulk — davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri.

Vazir — devonxona boshlig'i, bosh vazir.

Mustovfiy — moliya vaziri.

Sohibi shurat — harbiy ishlar vaziri.

Ulamo — din olimlari.

Xatib — namozda xutba o`qiydigan ruhoniy.

Hojib — harbiy boshliq.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin