38-§. DEHQONCHILIK, YER EGALIGI MUNOSABATLARI
Tayanch tushunchalar. Iqtisodiy hayot. Yer egaligi. Soliq turtari.
Dexqonchilik va chorvachilik
Mamlakatda tez-tez sodir bo`lib turadigan o`zaro ichki urushlarga qaramasdan, XV asrda ham Movarounnahr va Xuroson qishloqlarida birmuncha obodonchilik ishlari amalga oshiriladi. Xususiy sohibkorlarning dashtliklardan yangi yerlarni ochish, korizlar qazib, bog` ko`kartirish va qarovsiz qolgan tashlandiq yerlarni sug`orib, obod etish uchun amalga oshirgan har qanday faoliyati temuriylar tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Hatto bunday sohibkorlar bir-ikki yil davomida hamma soliq va to`lovlardan ozod etiladi.
Yirik sug`orish inshootlari barpo etilib, dehqonchilik viloyatlarining suv ta'minoti tubdan yaxshilanadi. Eng yirik sug`orish ishlaridan biri Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan, Darg`om anhoridan chiqarilgan qadimgi Angor kanalining qayta tiklanishi bo`ldi. Bu kanal orqali kam suvli Qashqadaryo vohasiga qo`shimcha suv chiqariladi.
Ulug`bek hukmronlik qilgan davrda Buxoro vohasining janubisharqiy chegarasiga yondoshgan Somonjuq dashtiga suv chiqarilib yangi yerlar o`zlashtiriladi.
Murg`ob daryosining bosh to`g`oni - Sultonbandning Shohrux tomonidan tiklanishi va sug`orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv shahri va Murg`ob vohasining suv ta'minoti tubdan yaxshilanadi. Sulton Husayn Mirzo hukmronlik qilgan davrda esa uning tashabbusi bilan Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug`orilib obod etiladi.
Alisher Navoiyning tashabbusi bilan Tus viloyatining yuqori qismida Turuqband suv ombori qurdiriladi. o`n farsax (70-80 km) uzunlikda maxsus kanal qazdirilib, Turuqband suv omborida jamg`arilgan suv Mashhadga olib kelinadi. Natijada M&shhad suv bilan ta'min etilib, shahar atrofidagi yerlarga suv chiqarHadi va obod etiladi.
Bu davrda qishloq xo`jaJigida, xususan g`allakorlik, sabzavotchilik va polizkorlikda ziroatlarning* deyarli hamma navlari yetishtirilgan. Bog`dorchilikka zo`r ahamiyat berilgan. Mevali daraxtlarning ko`pdanko`p xillari ko`kartirilib, mamlakat aholisi yozda ho'1 meva, qish va bahor mavsumlarida esa quruq mevalar bilan ta'minlangan.
Xo`jalikning iqtisodiy hayotida ayniqsa yaylov chorvachiligi: yilqichilik, tuyachilik hanada podachilik muhim o`rin tutgan.
Yer egaligi
Butun XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda avvalgidek yer va mulkchilikning asosan to`rt shakldagi "mulki devoniy" - davlat yerlari, "mulk" – xususiy yenar; muiKi vaqi - madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va nihoyat "jamoa yerlari" bo`lgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga avvalgidek mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilardi.
Temuriylar davrida davlat yerlarini "suyurg`ol" tarzida in'om qilish keng tarqaladi. Odatda shahar yoki viloyatlardan tortib to alohida qishloqqacha suyurg`ol shaklida in'om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyatlar odatda hukmron sulola namoyandalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Suyurg`ol yer va mulklar ko`pincha avloddan avlodga meros bo`lib qolardi. Suyurg`ol egasiga o`z suyurg`ol doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to`lovlarni to`plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Suyurg`ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba'zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning haq-huquqlarini cheklab qo`yar edi. Suyurg`ol egasi markaziy hukumatga bo`ysunmagan taqdirda suyurg`ol huquqidan mahrum etilar va boshqa shaxsga berilar edi. Dehqonchilik maydonlarining ikkinchi kattagina qismi - mulk xususiy yerlardan iborat edi. Shubhasiz yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, mehnatkash ziroatchilarga tegishli mayda paykallar ham xususiy mulk yerlari qatoriga kirgan. Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmati uchun tarxonlik yorlig`i berish keng tarqaladi. Tarxonlik yorlig`ini olgan mulkdorlar barcha soliq, to`lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig`i odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, saidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga "tarxon" so`zi qo`shib aytilgan. XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda ko`p yer va suv masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va mozorlarga biriktirilib, bunday yerlar "mulki vaqf' deb atalgan. Odatda yer va suvdan tashqari ko`plab do`kon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor rastalari, karvonsaroylar ham vaqf qilinib, ulardan tushgan daromad masjid, madrasa, shifoxona va xonaqohlarning ta'miri, jihozi, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga beriladigan nafaqalar hamda langarxona (musofirxona) va shifoxonalarning kundalik xarjlari uchun sarf etilgan. Bu davrda dehqonchilik yerlarining ma'lum kichikroq bir qismi qishloq aholisining umumiy tasarrufida bo`lgan. Bunday yerlar qishloq jamoalarining mulki hisoblangan. Bunday shakldagi jamoa yerlari ko`proq suvga tanqis tog`oldi hududlarida birmuncha keng tarqalgan edi. Davlat yoki vaqf yerlarida, tarxon yoki suyurg`ol egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida muzoriylar mehnat qilishgan. Sug`orma dehqonchilik yerlaridan olinadigan asosiy soliq "xiroj" deb atalgan. Xiroj mahsulot yoki pul holida to`langan. U hosilga va yerning unumdorligiga qarab belgilangan. Chunonchi, daryo, buloq va koriz suvlari bilan sug`oriladigan obikor yerlardan xiroj hosilning uchdan bir qismi (33 foiz) miqdorida olingan. Lalmikor yerlardan hosilning oltidan bir, ya'ni 16,5% dan to sakkizdan bir, ya'ni 12,5% raiqdorida soliq undirilgan.
Mulk yerlarining bir qismidan ushr, ya'ni hosilning o`ndan bir qismi (10%) miqdorida soliq olingan. Bunday yerlar odatda zamonasining ilm-fani, ma'rifati va ma'naviy hayotida muhim nufuzga ega bo`lgan ulamolar va mashoyixlar tasarrufida bo`lgan. Chorva mollaridan qirqdan bir, ya'ni 2,5% miqdorida zakot olingan. Asosiy soliqlardan tashqari mehnatkash aholi begor ishlarida ham qatnashganlar. Begorda qatnashgan har bir kishi ishlash uchun kerakli asbobuskuna va yetarli yemaklarni o`zi bilan olib kelishi lozim bo`lgan.
Begor - mehnatkash aholiga yuklatilgan saroy, jamoat binolari, mudofaa va sug'orish inshootlarini hamda yo'1 qurilish va tuzatish ishlarida tekinga ishlab berish majburiyati.
Muzoriy - ekin maydonlarida ishlov beruvchi yollanma ziroatchi.
Dostları ilə paylaş: |