19
Davlatning iqtisodiyotga ta`sir qilish usullari.
Bilvosita usullari :
Bunda davlat o`zining pul kredit va budjet siyosatidan foydalanib tartibga
solishning iqtisodiy vositalariga ustunlik beradi.
Hisob stavkalarini o`rnatish va o`zgartirish.
Tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy ehtiyojlari minimal hajmini
belgilash va uni o`zgartirish. Davlat muassasalarining qimmatli qog`ozlari
bozoridagi operatsiyalari ( davlat moliyaviy majburiyatlarini chiqarish, ularni
sotish va sotib olish).
Davlat budjeti daromadlari va xarajatlar qismini o`zgartirish .
Soliq turlari, stavkalarini va soliq imtiyozlarini belgilash.
Davlat kreditlari, subsidiyalari va moliyaviy kafolatlarini amalga oshiradi.
Jadallashgan amortizatsiya ajratmalarini rag`batlantirish .
Davlat mablag`lari hisobiga investisiyalar qo`yish.
O`rta muddatli, favqulodli va maqsadli davlat iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqish
va amalga oshirish.
Dostları ilə paylaş: