26
Xulosa
Iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan ta’minlash, to`liq bandlik
va narxlarning barqaror darajasiga erishishda yordam
berish hamda iqtisodiy
o`sishni rag`batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmining samarali
ishlashi uchun sharoit yaratish muxim axamiyat kasb etadi. Buning uchun davlat
raqobatni ragbatlantirish orqali bozor tizimini saqlashni o’z zimmasiga oladi.
Chunki erkin tadbirkorlik tizimi va uni boshqaruvchi talab va taklif qonunlarining
amal qilishi raqobatga bog’liq bo’ladi.
Raqobatchilik muxitini ragbatlantirish va ximoya qilishning davlat mexanizmi
quyidagilardan iborat:
iqtisodiy sub’ektlarning faoliyat qilishi qoidalarini belgilashdan;
aholini bozor sharoitlari, iqtisodiyotning xolati to’g’risidagi
axborotlardan
xabarpdor qilishdan;
iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasidagi munozara, baxs,
ziddiyatlarni hal qilishda
kumaklashish chora-tadbirlaridan.
Bozor mexanizmi faqat xususiy tadbirkorlar uchun foyda kelishini
ta’minlaydigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ragbatlantiradi. Amma
jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan, aholining ko’pchiligi
foydalanadigan
ijtimoiy tovarlar va xizmatlar xususiy tadbirkorlik doirasida ishlab chiqarilishi
mumkin emas. Bunday ijtimoiy tovarlar va xizmatlarga:
maktablar, yullar,
yongindan ximoyalash, milliy mudofaa va xokazolar kiradi.
Binobarin ularni ishlab chiqarishni va ulardan foydalanishni davlatni o’zi
tashkil qilishi, tartibga solishi zarur bo’ladi. Iqtisodiyotni tartiblashning davlat
mexanizmini takozo etuvchi sabablardan biri bozor
tizimidan tashqarida sodir
buluvchi inson faoliyatining va tabiatning salbiy, zararli
okibatlardan aholini
ximoya qilish zaruratidir. Bunday zararli oqibatlarga inson salomatligiga, tabiatga
ziyon yetkazuvchi omillar kiradi.