Mundarija kirish Asosiy qism Bob Mehnat bozorining ishlash mexanizmi


Talab va taklif o’zaro aloqadorligi



Yüklə 197,91 Kb.
səhifə4/19
tarix09.12.2023
ölçüsü197,91 Kb.
#138534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Mundarija kirish Asosiy qism Bob Mehnat bozorining ishlash mexan

Talab va taklif o’zaro aloqadorligi 3.5-chizmada ko’rsatilgan. Egri chiziqlari kesishadigan nuqta (klassik nazariyaga ko’ra, «Marshall kesishmasi») talab va taklif to’g’ri kelishini aks ettiradi, ushbu kesishmaga mos keladigan ish haqi esa bozor muvozanati ish haqi (Ih) deyiladi. Tomonlarning barchasi qanoatlangan bozor muvozanatli holatdadir.
Agar bozordagi ish haqi bmpIh (bozor muvozanatidan past ish haqi) nuqtasida to’xtasa, talab yuqori (yuT-b nuqtasi), taklif esa — past (pT-f nuqtasi) bo’ladi va talab taklifdan oshadi. Bunday sharoitda ish beruvchilar xodimlarni ishga olish uchun raqobatlashadilar, bu esa bozorda ish haqi muayyan darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Bunda quyidagi ikkita variant bo’lishi mumkin:
1. Ko’proq miqdordagi xodimlar bozorga chiqish va ish qidirishni boshlashga ahd qiladi (ya’ni harakat yuqorida aytganimizdek taklif egri chizig’i bo’ylab boradi).
2. Ish haqi oshganligi ish beruvchilarni xodimlarni qabul qilish miqdorini cheklashga majbur qiladi (ya’ni harakat talab egri chizig’i bo’ylab boradi).
Basharti, ish haqi bmyuIh (bozor muvozanatidan yuqori ish haqi) nuqtasigacha oshsa, taklif talabdan oshadi(yuT nuqtasi), xodimlar ortiqchasi yuzaga keladi va malakali ish beruvchilarni pastroq ish haqiga yollash, buning ustiga ko’proq miqdorda yollash imkoni paydo bo’ladi. Ish topganlarning ba’zilari (masalan, ishsizlar) mamnun bo’ladilar, boshqalar esa ishni yangi joylardan qidiradilar. Shunday qilib, ish haqi bmyuIH nuqtasi darajasidan pastga qarab yursa, talab va taklif muvozanatga yaqinlashadi.
Bozor muvozanati ish haqi (bmIH), odatda, mehnat bozorida ustunlik qiladi va umumqabul qilingan ish bo’lib qoladi, buni ish beruvchilar ham, xodimlar ham hisobga olishlari kerak2.
Mehnat bozorini harakatga keltirishning eng muhim omili ish kuchining narxi hisoblanadi. Materialistik konsepsiyaga muvofiq ish kuchining qiymati ish kuchini qaytadan tiklash uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarning qiymati bilan belgilanadi. Bunga ovqatlanish, uy-joy haqi, ma’lumot olish, sog’liqni saqlash va dam olishga sarflanadigan xarajatlar qo’shiladi. Ish kuchi narxiga baho berishga iqtisodiy nazariyachilar turlicha yondashganlar. Materialistik nazariyaning tasdiqlashicha, ish haqi barcha ishlab chiqarish omillari — renta, foiz, foydani to’lagandan keyin qolgan yakuniy daromad hajmi bilan belgilanadi. «Bitishuv» nazariyasi esa ish haqi darajasi eng oxirgi ishchi (yollanganlardan so’nggisi) ishlab chiqargan tovarlar qiymati bilan belgilanadi, agar xodim ishlab chiqargan qo’shimcha tovarlar narxi ish beruvchi to’laydigan ish haqidan kam bo’lsa, ish beruvchi boshqa xodim yollamaydi, deb hisoblaydi.
Ish kuchi narxining past darajasi yashirin ishsizlikning ko’payib borishi omillaridan biri bo’ladi, chunki ishsizlik muayyan vaqtgacha korxonalarning moliyaviy ahvoli uchun haddan tashqari og’ir yuk bo’lmaydi. Ish haqining o’rtacha past darajasi ish bilan bandlik va uning tuzilishiga salbiy ta’sir qiladi. Birinchidan, u xodimlarning texnik jihatdan birmuncha orqada qolgan sanoatning xom ashyo tarmoqlariga o’tib ketishini keskin kuchaytiradi, bu tarmoqlarda ish haqi darajasi o’rtacha darajadan birmuncha yuqori bo’ladi, shuningdek ishlab chiqarishda kam malakali mehnat ustunlik qiladi, bu bilan busiz ham ish bilan bandlarning kasb-malaka tuzilishini murakkablashtirib yuboradi. Ikkinchidan, ish haqi darajasining pastligi iste’mol byudjetini toraytirishga va izdan chiqarishga olib keladi, uni faqat birinchi galda zarur bo’ladigan tovarlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. Ayni vaqtda aholining uzoq vaqt ishlatiladigan tovarlarga ehtiyoji pasayadi, bu esa texnik jihatdan ilg’or bo’lgan ishlab chiqarish hajmini va ish bilan bandlikni qisqartirishga olib keladi.
Davlat o’z-o’zidan asosiy ish beruvchi (avvalo, noishlab chiqarish tarmoqlarida) bo’lib qolar ekan, eng kam ish haqini va byudjet sohasidagi xodimlar uchun yagona tarif setkasini o’rnatish yordamida ish kuchining narxiga hozircha jiddiy ta’sir qilish imkoniyatiga egadir, holbuki u mulkchilikni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitida bu o’rinda ham o’z monopoliyasini shiddat bilan yo’qotmoqda.

Yüklə 197,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin