18-rasm Qorinoyoqli chuchuk suv shiligi Qorinoyoqli mollyuskalar, shilliq qurtlar— molyuskalar sinfi. Gavdasi
asimmetrik tuzilgan; tana (ichki xalta). Oyoq va bosh boʻlimlaridan iborat.
Koʻpchilik Qorinoyoqli mollyuskalar tanasi va boshini chigʻanoq ichiga tortib
olish xususiyatiga ega. chigʻanogining balandligi 0.5 mm dan 70 sm gacha.
Yagona yassi oyogʻi yerdamida tovonidagi ma.xsus bezlar ajratib chiqaradigan
shilimshiq modda ustida sirpanib harakatlanadi. Ichki xaltasi chigʻanoq ichida
buralib joylashgan boʻlib, mantiya bilan oʻralgan. Boshida 1 juft (quruqlik
Qorinoyoqli mollyuskalarida 2 juft) paylaslagichlari, ular asosida (quruqlik
Qorinoyoqli mollyuskalarida paypaslagichlar uchida) bir juft koʻz va ogʻiz teshigi
bor. Chiganogi xilmaxil: konussimon, spiral yoki kosasimon; anri.m Qorinoyoqli
mollyuskalar (yalangʻoch shilliqlar) la redukpiyaga uchragan. Ogzida 2 ta dak 17
—16 ming tagacha tishchalar bilan qoplangan radula (qirgʻich tilcha) bor. Anal
teshigi boshi ostida yoki uning yonida joylashgan. Nafas olish organlari suvda
yashovchi Qorinoyoqli mollyuskalarda bitta yoki bir juft patsimon jabra; quruqlik
va koʻpchilik chuchuk suv mollyuskalarida — oʻpka. Nerv sistemasi —
tarqoqjoylashgan nerv tugunlari. odatda, 5 juft.
Muvozanat saqlash (statonistlar) va kimyoviy sezgi orkshi (osfradiylar) bor.
Germafrolit ski ayrim jinsli. Uruglanishi ichki, germafrodit Qorinoyoqli
mollyuskalar bir-birini uruglantiradi. Chuchuk suv va quruqlik Qorinoyoqli
mollyuskalari oʻzgarishsiz, dengiz Qorinoyoqli mollyuskalari metamorfoz orqali
rivojlanadi (tuxumlan plankton veliger lichinka chiqadi).
Qorinoyoqli mollyuskalarning 90000 ga yaqin turi bor; keng tarqalgan.
Oʻzbekistop faunasida 100 ga yaqnn t\ri maʼlum. [[Bentosla (qarang [[Bentos)
yashaydi; ayri.m turlari suzadi. Yirtqich. oʻsimlikxoʻr yoki paraznt. Bir qancha
quruqlik va chuchuk suv Qorinoyoqli mollyuskalar gelmintlarning oraliq
46
xoʻjaynni. Quruqlikda yashovchi bir qancha Qorinoyoqli mollyuskalar madaniy
oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Ayrim turlari sanoat miqyosila ovlanadi.