Bir qancha qorinoyoqlilar о 'rmalab harakat qilishdan suzishga o'tgan.
Bunday mollyuskalarning chig'anog'i reduksiyaga uchragan yoki yo'qolib ketgan;
oyog'i esa toq qil suzgichga yoki bir juft qanotsimon eshkakka aylangan.
Qorinoyoqlilarning amaliy ahamiyati. Oldjabralilar
orasida ignaterililar
(dengiz yulduzlari, dengiz tipratikanlari, goloturiyalar) da parazitlik qiluvchi turlari
uchraydi. Parazit yashash tufayli ulaming tuzilishi ham o'zgargan: chig'anog'i,
mantiyasi, oyog'i, ba’zi vakillarida hatto ovqat hazm qilish, qon aylanish va nerv
sistemasi yo'qolib ketgan.
Qorinoyoqlilar xilma-xil oziqlanadi. Ko'pchilik vakillari o'simlikxo'r
hisoblanadi. Ular orasida chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar
va boshqa
mollyuskalar bilan oziqlanadigan yirtqichlari ham ko'p uchraydi. Bir qancha
Yevropa mamlakatlarida tok shillig'i iste’mol qilinadi. Ayrim dengiz qorinoyoqli
mollyuskalari, masalan, trubach va sohil shillig'ini ham iste’mol qilsa bo'ladi. O'rta
va Janubiy mintaqalarda turli shilliq qurtlar poliz ekin- lari va bog'larga katta ziyon
keltiradi.
Oldjabralilar (Prosobranchia) kenja sinfi Jabrasi bitta yoki bir juft
bo'lib, yuraginig oldida joylashgan. Ichki mantiya xaltasi 180°gaburilgan.
Ko'pchilik vakillari ayrim jinsli. Dengizlarda, ba’zan
chuchuk suvda yoki
quruqlikda uchraydi. Ikki turkumni o'z ichiga opadi. Oldjabralilar oyog'ida
chig'anog'i teshigini yopib turuv- chi qopqoqchasi bo'lishi bilan o'pkali
mollyuskalardan farq qiladi.
1.Qadimgi qorinoyoqlilar (Archaeogastropoda), ya’ni ikki yurakoldi
bo‘lmalilar ( Diotocardia). Tuban tuzilgan qorinoyoqlilar. Yurakoldi bo'lmasi
ikkita;
pedal nerv stvollari bor; lekin pedal gangliylari rivojlanmagan. Hind
okeanida uchraydigan eng tuban tuzilgan Pleurotornarianingmantiyakompleksi
organlari (jabra, yurakoldi bo'lmasi, buyragi) bir juftdan bo'ladi. Dengiz
quloqchasi- Haliotisda esa asimmetriya belgilari paydo bo'lgan; uning o'ng jabrasi
42
chap jabrasidan kichikroq, chig'anog'i quloqsimon.
Marjon riflarida uchraydigan
Docoglossada esa o'ng ktenidiy bo'lmaydi. Tipik vakili dengiz likopchasi-
Patelladeyarli hamma dengizlarda qirg'oq yaqinida uchraydi.
Dostları ilə paylaş: