Mundarija kirish bob. O`zbekistonning turizm resurslari va milliy turistik mahsulotlarni shakllantirishning nazariy asoslari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə5/16
tarix24.05.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#116133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti

Tabiiy turistik resurslar.Tabiiy turistik resurslarni asosiy ahamiyati shundan iboratki, insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari bo`lib xizmat qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini tabiatdan qondiradilar. Turistik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar, iqlim, suv ob`ektlari, dengizlar, mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o`zi yoki inson tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa jihatlarga ko`ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistik resurslarni tahlil etishni talab qiladi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun tabiat kompelkslarini olish mumkin. Barcha tabiiy resurslarni rekreatsiya yoki turistik potentsial nuqtai nazardan qarash lozim. Ammo tabiiy resurslardan foydalanish darajasi mintaqa ixtisoslashuviga ko`ra har xil bo`lishi mumkin.
Tabiiy turistik resurslarning tasnifi mavjud bo`lib, u ikkiyoqlama xususiyatga ega, bir tomondan tabiiy kelib chiqishi bilan bog`liq, ikkinchi tomondan turizm uchun iqtisodiy ahamiyati tomonidan aks etishidir.
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o`rinni rekreatsiya resurslari egallaydi, ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Bunda noyob tabiat yodgorliklari asosiy turistik ob`ektlar hisoblanadi. Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza qilinadigan ob`ekt turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy ob`ektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg`ol qilinadigan qo`riqxonalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo`lmaydi. SHuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy ob`ektlar «tabiat yodgorliklari» deb qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat yodgorliklari» terminini dastlab A.Gumbolt taklif qilgan. O`tgan asrimizning boshlaridayoq Evropada tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi.
Tabiiy resurslarning guruhlanishi jadval (1.2.1.)







Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin