Buyurtmalar boyicha kalkulyatsiyalashga asosiy yondashuv
- normativ usul.
Xarajatlarni hisobga olishning va mahsulot tannarxini hisoblashning buyurtmali usuli – faqat bir mahsulot turini ishlab chiqaruvchi, shuningdek maxsus buyurtma asosida ishlovchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalaniladigan usuldir. Bu usulda barcha xarajatlar alohida bo‘linmalar yoki hisobot davri uchun emas, har bir buyurtma bo‘yicha yig‘iladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda asosiy ishlab chiqarish schyoti yuritiladi, bu boradagi analitik ma’lumot buyurtmalar kartochkasida olib boriladi Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan hisobi quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari; alohida hisoblash va shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi.
Xarajatlarni hisobga olish mahsulot yoki buyurtmaning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflangan xom-ashyo va materiallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatning turiga olib borish imkoniyati bo’lgan ishlab chiqarishda yoki subektlarda qo’llaniladi.
3 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlarjui ishlab chiqarish va sotish bo'yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. 1,1.12 bandi.
4 Ushbu paragraf katta ilmiy xodim-izlanuvchi F.A.Astanova tomonidan yozildi