Mundarija Kirish I. bob. Boburiylar saltanatining tashkil topishi



Yüklə 384,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.11.2023
ölçüsü384,03 Kb.
#134706
1   2   3   4   5
boburiylar

1.2 Saltanatga asos solinishi 
Bobur davlat qurilishi ishida, Hindistondek ulkan mamlakat tarixida burilish 
yasash, uni yaxlit saltanat darajasida ko‗rish va boshqarish maqsadida qator 
yangiliklarga qo‗l uradi, idora usulida qonuniy asoslarni joriy etadi. Bu harakatlar 
zamirida, ayniqsa, shaxsning jamiyatdagi o‗rnini belgilashga alohida e‘tibor 
qaratadi. Ayni paytda u Xuroson va Hindistonda misli ko‗rilmagan qurilish 
ishlarini amalga oshiradi, beqiyos me‘moriy obidalar qatori bu o‗lkalarda ko‗plab 
bog‗lar, sug‗orish inshootlari, xalq ma‘rifati va madaniyati, turmushiga xizmat 
qiladigan yetmishdan ortiq madrasa, rabot, hammom, ko‗prik va binolar 
qurdiradiki, bunday bunyodkorlik Sharq tamadduni tarixida ezgulik timsoli sifatida 
bugungacha qadrlanib kelinmoqda. Zahiriddin Bobur saltanatni boshqarish bilan 
birga mamlakat pochta-aloqa sohasiga ham jiddiy o‗zgartirishlar kiritdi, vaqt 
birligiga yangilik joriy etdi, arxitekturada Movarounnahr me‘morlik uslublarini 
qo‗lladi, milliy artilleriya, harbiy-dengiz flotiga asos soldiki, bular barchasi 
Hindistonning tarixiy taraqqiyotida muhim burilish yasadi. Shu bilan birga bu 
mamlakatning tarixida mutlaqo yangi davr — boburiylar saltanati davrini boshlab 
berdi. Boburiylar sulolasi mazkur o‗lkada 332 yil hukmronlik qilib, uning 
madaniyati, san‘ati, arxitekturasi, umuman, davlat qurilishi va boshqaruvida yangi 
davlatchilik asoslarini mustahkamladi, diplomatik munosabatlarning shakllanishiga 
zamin hozirladi. 


Quyida maqolamiz mavzusi doirasidan kelib chiqib, Boburning Hindiston 
muhorabalaridagi dushmani Ibrohim Lo‗diy va o‗z farzandi Humoyun mirzoga 
doir fikr-mulohazalariga, ta‘rif-tavsiflariga e‘tiborni qaratmoqchimiz. 
Boburning ta‘rificha, Ibrohim Lo‗diyga otasi va bobosidan juda katta xazina meros 
qolgan. U Hindistondagi odat bo‗yicha istagancha yollanma askar olishga haqli 
bo‗lgan va shu boisdandir, lashkarlari soni yuz mingdan ortiq bo‗lgan. Biroq 
Ibrohimning ―tabiatig‗a imsok ko‗p g‗olib‖ligi, ishida saranjom-sarishtalik, ya‘ni 
qat‘iy davlatdorlik tartibi yo‗qligi hukmdor sifatidagi salbiy jihatlariga sabab 
bo‗lgan. Boburning ushbu e‘tirofida rahbar shaxsiga bo‗lgan munosabatining 
yuksak tarbiyaviy va amaliy ahamiyati yaqqol ifodalangan: ―G‗animning (ya‘ni 
Ibrohim Lo‗diyning –H.Q.) hozir cherikini bir lak (yuz ming) chenarlar edi. 
O‗zining va umarosining ming-ikki mingga yovuq fili bor derlar edi. Ikki otasidin -
qolg‗on xazina xud naqd iligida edi. Hindistonda bir rasme bordurkim, mundoq ish 
tushganlarda yarmoq berib, miyod bila navkar tutarlar. Bu elni ―badhandiy‖ derlar. 
Agar mundoq xayol qilsa edi, bir lak, ikki lak ham navqar tuta olur edi. 
Tengri taolo rost kelturdi ne yigitini rozi qila oldi, ne xazinasini ulasha oldi. 
Qandin yigitini rizo qila olurkim, tabiatig‗a imsok ko‗p g‗olib edi. O‗zi yarmoq 
yig‗ishturmoqqa behad tolib, betajriba yigit edi. Ne kelishi saranjomliq edi, ne 
turushi, ne yurushi ehtimomliq edi, ne urushi‖. 
Boburning Ibrohim Lo‗diyga bergan bahosi shu bilan xotimalanmaydi. Panipat 
urushi boshlanishdan oldin Boburning lashkarlari shaharning hamma tomonini 
istehkomlar bilan berkitadi. Shunda uning Muhammad sorbon ismli beki Ibrohim 
Lo‗diy askarlari bu harbiy tayyorgarlikdan xabar topib, urushish shashtidan 
qaytadilar, deb Boburga arz qiladi. Boburning Muhammad sorbonga davlat 
boshqaruvi va harb san‘atiga oid bergan yuksak tahliliy javobida davlatchilik tarixi 
darsliklariga kiritishga arzigulik quyma xulosa bor. Uning Movarounnahr 
hukmdorlari haqida ―Chun ul xonlar va sultonlar yurush-turushning hisob va 
yarog‗ini bilur edilar‖, degan fikri, Ibrohimning davlat boshqaruvida ana shu 


uquvining sustligi, qolaversa, uning lashkarboshi sifatidagi layoqatsizligi o‗zining 
teran ifodasini topgan. 
Boburning qiyosiy tahlillari zamirida o‗sha shiddatli muhoraba va kurashlar 
davrida davlat boshqaruvining bilimli, aqlli va tadbirkor kishilar bilan birga harb 
ishini, harbiy taktikani mukammal egallagan, o‗z yurti va qalamravini dushmandan 
yhimoya qila oladigan jasur shaxslar ta‘minlay olishi haqida so‗z yuritilmoqda. 
Uning o‗z o‗g‗illari Humoyun va Komronga yozgan maktublari, bu 
nomalarning mazmun-mohiyati haqida boburshunoslikda birmuncha fikrlar 
bildirilgan. Bu maktublarda, bir-biri bilan bog‗liq turli mavzulardan tashqari, 
Boburning davlatdorlik va yurtni boshqarishga oid g‗oyat muhim qarashlari bayon 
etilgan. Ularda saltanat xizmatiga bel bog‗lagan shaxslarning psixologiyasi, 
davlatdorlikda ularning o‗rni, yurt manfaati yo‗lida kimga suyanish va kimning 
bahridan kechish, sadoqat va xiyonat kabi shaxsiy xususiyatlar bilan bog‗liq 
jihatlar alohida ta‘kidlanadi. 
Boburning Humoyunga yo‗llangan maktubida o‗z saltanati vorisiga mehri bilan 
bir qatorda qat‘iyat va talabchanlik aks etgan qarashlari ham aniq ifodasini topgan. 
Bu borada so‗z yuritar ekan, Boburshoh saltanat devonidagi kishilarning shaxsi 
pok bo‗lishi, ular hech qachon xiyonatga qo‗l urmasligi, hukmdorning esa 
shoshilib xulosaga kelmasligi, nokas, nomard kimsalar bilan hamsuhbat bo‗lishdan 
tiyilishi haqida qisqa, ammo teran mulohazali fikrlarni bildiradi. 
Xususan, maktubda Humoyunning ukalari bilan bamaslahat, baqamti mashvarat 
orqali saltanat ishini boshqarishi, xusumatga yo‗l qo‗ymasligi, azmu shijoatli, 
uzoqni ko‗ra biladigan beklar va a‘yonlarga tayanishi zarurligi alohida uqtirilganini 
ko‗ramiz: ―Yana uluq ish ustiga borasen, ish ko‗rgan, ra‘y va tadbirlik beklar bilan 
kengashib, alarning so‗zi bilan amal qilg‗aysen. Agar mening rizomni tilarsen, 
xilvatnishinliqni va el bila kam ixtilotliqni bartaraf qilg‗il. Kunda ikki navbat 
iningni va beklarni ixtiyorlarig‗a qo‗ymay, qoshingg‗a charlab, har maslahat bo‗lsa 
kengashib, bu davlatxohlarning ittifoqi bila har so‗z unga qaror bergaysen‖. 


Muxtasar aytganda, Bobur saltanat boshqaruvida shaxsning roli va o‗rniga yuksak 
e‘tibor bergan. U davlatchilik va boshqaruvning ta‘siri va samarasi, pirovard 
natijada, avvalo, bilim va yuksak taffakurga ega, layoqatli, shijoatli va mard 
insonlarga ko‗p jihatdan bog‗liq ekanini hayotiy dalillar orqali ko‗rsatib bergani, 
ayniqsa, ahamiyatlidir. 


Yüklə 384,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin