Quyida maqolamiz mavzusi doirasidan kelib chiqib, Boburning Hindiston
muhorabalaridagi dushmani Ibrohim Lo‗diy va o‗z
farzandi Humoyun mirzoga
doir fikr-mulohazalariga, ta‘rif-tavsiflariga e‘tiborni qaratmoqchimiz.
Boburning ta‘rificha, Ibrohim Lo‗diyga otasi va bobosidan juda katta xazina meros
qolgan. U Hindistondagi odat bo‗yicha istagancha yollanma askar olishga haqli
bo‗lgan va shu boisdandir, lashkarlari soni yuz mingdan ortiq bo‗lgan. Biroq
Ibrohimning ―tabiatig‗a imsok ko‗p g‗olib‖ligi, ishida saranjom-sarishtalik, ya‘ni
qat‘iy davlatdorlik tartibi yo‗qligi hukmdor sifatidagi salbiy jihatlariga sabab
bo‗lgan. Boburning ushbu e‘tirofida rahbar shaxsiga bo‗lgan munosabatining
yuksak tarbiyaviy va amaliy ahamiyati yaqqol ifodalangan: ―G‗animning (ya‘ni
Ibrohim Lo‗diyning –H.Q.) hozir cherikini bir lak (yuz ming) chenarlar edi.
O‗zining va umarosining ming-ikki mingga yovuq fili bor derlar edi. Ikki otasidin -
qolg‗on xazina xud naqd iligida edi. Hindistonda bir rasme bordurkim, mundoq ish
tushganlarda yarmoq berib, miyod bila navkar tutarlar. Bu elni ―badhandiy‖ derlar.
Agar mundoq xayol qilsa edi, bir lak, ikki lak ham navqar tuta olur edi.
Tengri taolo rost kelturdi
ne yigitini rozi qila oldi, ne xazinasini ulasha oldi.
Qandin yigitini rizo qila olurkim, tabiatig‗a imsok ko‗p g‗olib edi. O‗zi yarmoq
yig‗ishturmoqqa behad tolib, betajriba yigit edi. Ne kelishi saranjomliq edi, ne
turushi, ne yurushi ehtimomliq edi, ne urushi‖.
Boburning Ibrohim Lo‗diyga bergan bahosi shu bilan xotimalanmaydi. Panipat
urushi boshlanishdan oldin Boburning lashkarlari shaharning hamma tomonini
istehkomlar bilan berkitadi. Shunda uning Muhammad
sorbon ismli beki Ibrohim
Lo‗diy askarlari bu harbiy tayyorgarlikdan xabar topib, urushish shashtidan
qaytadilar, deb Boburga arz qiladi. Boburning Muhammad sorbonga davlat
boshqaruvi va harb san‘atiga oid bergan yuksak tahliliy javobida davlatchilik tarixi
darsliklariga kiritishga arzigulik quyma xulosa bor. Uning Movarounnahr
hukmdorlari haqida ―Chun ul xonlar va sultonlar yurush-turushning hisob va
yarog‗ini bilur edilar‖, degan fikri, Ibrohimning
davlat boshqaruvida ana shu
uquvining sustligi, qolaversa, uning lashkarboshi sifatidagi layoqatsizligi o‗zining
teran ifodasini topgan.
Boburning qiyosiy tahlillari zamirida o‗sha shiddatli muhoraba va kurashlar
davrida davlat boshqaruvining bilimli, aqlli va tadbirkor kishilar bilan birga harb
ishini, harbiy taktikani mukammal egallagan, o‗z yurti va qalamravini dushmandan
yhimoya qila oladigan jasur shaxslar ta‘minlay olishi haqida so‗z yuritilmoqda.
Uning o‗z o‗g‗illari Humoyun va Komronga yozgan maktublari, bu
nomalarning mazmun-mohiyati haqida boburshunoslikda
birmuncha fikrlar
bildirilgan. Bu maktublarda, bir-biri bilan bog‗liq turli mavzulardan tashqari,
Boburning davlatdorlik va yurtni boshqarishga oid g‗oyat muhim qarashlari bayon
etilgan. Ularda saltanat xizmatiga bel bog‗lagan shaxslarning psixologiyasi,
davlatdorlikda ularning o‗rni, yurt manfaati yo‗lida kimga suyanish va kimning
bahridan kechish, sadoqat va xiyonat kabi shaxsiy xususiyatlar bilan bog‗liq
jihatlar alohida ta‘kidlanadi.
Boburning Humoyunga yo‗llangan maktubida o‗z saltanati vorisiga mehri bilan
bir qatorda qat‘iyat va talabchanlik aks etgan qarashlari ham aniq ifodasini topgan.
Bu borada so‗z yuritar ekan, Boburshoh saltanat devonidagi kishilarning shaxsi
pok bo‗lishi, ular hech qachon xiyonatga qo‗l urmasligi,
hukmdorning esa
shoshilib xulosaga kelmasligi, nokas, nomard kimsalar bilan hamsuhbat bo‗lishdan
tiyilishi haqida qisqa, ammo teran mulohazali fikrlarni bildiradi.
Xususan, maktubda Humoyunning ukalari bilan bamaslahat, baqamti mashvarat
orqali saltanat ishini boshqarishi, xusumatga yo‗l qo‗ymasligi, azmu shijoatli,
uzoqni ko‗ra biladigan beklar va a‘yonlarga tayanishi zarurligi alohida uqtirilganini
ko‗ramiz: ―Yana uluq ish ustiga borasen, ish ko‗rgan, ra‘y va tadbirlik beklar bilan
kengashib, alarning so‗zi bilan amal qilg‗aysen. Agar mening rizomni tilarsen,
xilvatnishinliqni va el bila kam ixtilotliqni bartaraf qilg‗il. Kunda ikki navbat
iningni va beklarni ixtiyorlarig‗a qo‗ymay, qoshingg‗a charlab, har maslahat bo‗lsa
kengashib, bu davlatxohlarning ittifoqi bila har so‗z unga qaror bergaysen‖.
Muxtasar aytganda, Bobur saltanat boshqaruvida shaxsning roli va o‗rniga yuksak
e‘tibor bergan. U davlatchilik va boshqaruvning ta‘siri
va samarasi, pirovard
natijada, avvalo, bilim va yuksak taffakurga ega, layoqatli, shijoatli va mard
insonlarga ko‗p jihatdan bog‗liq ekanini hayotiy dalillar orqali ko‗rsatib bergani,
ayniqsa, ahamiyatlidir.
\
Dostları ilə paylaş: