2.1 Boburiylar saltanatida davlat boshqaruv tizimida mansablar
Podshoh va uning davlat boshqaruvi tizimidagi o‗rni. Islom dini tarixida
davlatni boshqarish siyosati din siyosati bilan birgalikda amalga oshirilib kelingani
bizga yaxshi ma‘lum. Payg‗ambarimiz Muhammad (s.a.v.) Makkadan Madinaga
hijrat qilganlarida musulmonlar ul zotni yangi e‘tiqod asoschisi va yangi
shakllangan jamoa rahbari sifatida tan olganlar. U hazratning oldida raiyat ongiga
yangi diniy ta‘limotni singdirishgina emas, balki rivojlanib kelayotgan bu
ta‘limotdan xavfsirab turgan atrofdagi g‗animlarning tahdididan aholini himoya
qilish va ularning turmush tarzini yaxshilash vazifasi ham turardi. Payg‗ambar
(s.a.v.) hayot paytida uning qo‗l ostidagi raiyatda ajralish va boshboshdoqlik
harakatlari mutlaqo ko‗zga tashlanmaydi. Chunki, uning davlatni boshqarish
siyosati muqaddas Qur‘oni karim talablari asosida tashkil etilgan edi. Bu paytlarda
musulmonlar jamoasi boshlig‗I xalifa hisoblanib, u musulmonlar sardori va oliy
ijroiya hokimiyati rahbari vazifasini bajarar edi. Boburiylardan avval Hindistonda
o‗z hukmini o‗rnatgan afg‗on sultonlari hamxalifani o‗zining homiysi sifatida tan
olib, uning nomi bilan tanga pullar zarb qilardi va uning nomini xutbaga qo‗shib
o‗qitar edilar. Temuriy shahzodalar hukmronlik qilgan paytlarda xalifalik turk
sultoni qo‗liga o‗tdi. Ma‘lumki, o‗sha paytda temuriylar bilan turk sultonlari
o‗rtasida keskin g‗animlik munosabatlari mavjud edi. Bu haqda turk sultonlariga
qarshi olib borilgan janglar guvohlik berishi mumkin. Shu bois temuriylar xalifani
umuman tan olmas va qo‗l ostidagi mamlakatlar hududida eng yuqori mavqeda
turadigan hukmdor deb 7 o‗zlarini hisoblar edilar va, o‗z navbatida, o‗z nomi bilan
tanga pullar zarb qilishar va o‗z nomini xutbaga qo‗shib o‗qitar edilar. 1517 yilga
kelib turk sultoni tasarrufidagi xalifalik barham topgandan keyin boburiylar
saltanatida xalifalik tushunchasi butunlay iste‘moldan chiqdi. Dastlab boburiylar
davlat boshqaruvi tizimi Sohibqiron
Amir Temur tomonidan joriy etilgan ma‘muriy tizim asosida tashkil etilgan edi1
. Amir Temur haqida yozilgan «Malfuzoti Temuriy»2 asarida aytilishicha, Amir
Temur saroyida
bosh vazir lavozimida o‗tirgan Devonbegi qo‗l ostida yettita
vazir ishlagan. Ulardan vaziri mamlakat, vaziri sayyor, vaziri
sipoh va vaziri korxona lavozimidagi vazirlar bevosita moliyaviy masalalar bilan
shug‗ullanganlar.
Vaziri mamlakatga raiyatda hukm surayotgan vaziyat, viloyatlardan olinadigan
yig‗im va soliqlar, umumiy daromad va
buromad, hamda aholi turmushi va mamlakat taraqqiyoti bilan
bog‗liq masalalarni boshqarish vazifasi yuklatilgan.
Vaziri sipoh navkarlarning maoshlari, ularni rag‗batlantirish va harbiy jihozlar
holati, qo‗shin tarkibi kabi masalalar haqida amirga ma‘lumot tayyorlar edi.
Soliq va yig‗im manbalari, ya‘ni boj, zakot, vafot etganlar mulki, chorvachilik,
yaylovlar, suv va yem-xashak tayyorlash, mamlakat hududiga kirib-chiqayotganlar
ro‗yxati, bedarak
yo‗qolganlar masalasi kabilar vaziri sayyor zimmasiga yuklatilgan edi.
Vaziri korxona esa mamlakat hududidagi ishlab chiqarish
korxonalari faoliyati, ularning daromadi va buromadi va chorvachilik uchun
sarflanadigan umumiy xarajatlarni nazorat
qilardi.
Boburiylar saltanati ma‘muriyatida yuqorida zikr etilgan davlat boshqaruvi
idoralaridan tashqari, yana vaziri arz,vaziri devon, vaziri mushrif kabi lavozimlar
ko‗zga tashlanadi. Bunda ayrim islohotlar o‗tkazilib, ma‘muriy bo‗lim
boshliqlari ishiga aniqliklar kiritilganiga ishonch hosil
qilish mumkin.
Boburiylar davlatining ma‘muriy idora tizimi o‗z tabiatiga ko‗ra Sohibqiron Amir
Temur saltanatida mavjudbo‗lganidek, harbiy hokimiyat bo‗lib, mamlakat
markazlashgan yakka hukmdorlik tamoyili asosida mohir va jasur sarkarda va
davlat arbobi bo‗lmish podshoh tomonidan boshqarilardi.
1507 yilga kelib Bobur mirzo rasman «podshoh» unvoniniolishi zaruratini sezdi.
Chunki qo‗shni mamlakatlardagi siyosiy vaziyat shuni taqozo etardi. Bu paytga
kelib u Kobul taxtini arg‗unlardan tortib olib, davlat boshqaruvini o‗z
qo‗ligaolgandi. Husayn Boyqaro vafotidan keyin temuriylar sulolasidan ko‗zga
ko‗ringan yetakchi – Boburshoh edi. Uning mo‗g‗ultog‗alari bilan olib borgan
siyosiy
aloqalari
barham
topgan,chunki
Shayboniyxon
ularni
tor-mor
etgandi.Bundan tashqari, qo‗shni mamlakatlardagi siyosiy vaziyatham xavf solib
turardi. Sharqda Usmonli turklar, Eronda Safaviylar, Markaziy Osiyo
(Movarounnahr)da Shayboniyxon temuriylarni siyosiy sahnadan supurib tashlash
ishtiyoqida yonardi. Vaholanki, yaqin tarixda temuriylar ularning barchasiga
hukmron edi.O‗sha paytda turk sultoni o‗ziga «qaysar», Shayboniyxon«sulton»,
safaviylar sardori Ismoil esa o‗zini «shoh» unvonibilan atar edi. Bobur ham
ulardan kam emasligini ko‗rsatish maqsadida o‗ziga «podshoh» unvonini oldi.
Abulfazl Allomiyning izohlashicha, «podshoh» so‗zi «pod» –muqimlik, egalik
qilish va «shoh» – aslzoda, hukmdor ma‘nolarni anglatar ekan2
Demak, «podshoh» so‗zini «doi1 Qarang : O‗sha asar. 2 Qarang : Abul Fazl. The
Aini Akbari. vol.1. Transl. by H. Blochmann. Delhi,1977.9miy hukmdorlik
qiluvchi aslzoda» deb tushunish mumkin.Boburshoh aynan ana shunday ulug‗
unvonga munosib hukmdoredi.
Boburiylar davlati boshqaruvi tizimi markazlashtirilgantizim bo‗lib, uning asosiy
tayanchi podshoh hisoblanardi. Uningroziligisiz hech qanday ma‘muriy qaror
qabul qilinmas, davlat ahamiyatiga molik har qanday hujjat podshoh
nazaridano‗tishi va tasdiqlanishi kerak bo‗lardi. Podshohning roziligi olingach, bu
hujjat ijro etish uchun mutasaddi idoralargayuborilardi. Bironta ma‘muriy
idoraning faoliyati podshohnazaridan chetda qolmasdi.
Podshoh bir vaqtning o‗zida bosh qo‗mondon hisoblanib,harbiy yurishlarni
ko‗pincha o‗zi boshqarar, ayrim hollardaginabu vazifa shahzodalardan biriga yoki
shohning ishonchli vakiliga topshirilar edi. Bunday hollarda podshoh qo‗shinning
harbir harakati va bu harakatning natijasidan muttasil xabardor bo‗lib turar, zarur
bo‗lgan hollarda yurishga o‗zi rahbarlikqilardi. Davlat ahamiyatiga molik barcha
masalalar, qo‗shin vauning tarkibi, moliya ishlari, mahalliy hokimiyat
faoliyatigataalluqli masalalar, aloqa vositalari xavfsizligi, dehqonlarhayoti, savdo
va narx-navo, hunarmandchilik sohasidagi ishlabchiqarish, ta‘lim va tarbiya
masalalari, olimu ulamolar faoliyati, ularning moddiy ta‘minoti, xullas, raiyatning
barchaturmush ikir-chikirlari podshohning sinchkov nazaridan chetdaqolmasdi.
Qo‗l ostidagi mansabdorlarning faoliyati, ular martabasining ortishi yoki pasayishi,
ularning maoshlari miqdori faqat shohning farmoni asosidagina o‗zgartirilardi.
Mansablar otameros qoldirilmas, faqat rajputlar va mahalliy hindlar hokimlik
qiladigan xonliklardagina hokimlik mansabi otameros tarzida farzandlarga berilishi
mumkin edi.
Lekin, shunda ham podshohning roziligini olish shart bo‗lib,bu chora, aftidan,
ularning sadoqatini oshirish maqsadidaqilingandi.
Hind tarixnavisi L.P. Sharmaning ta‘biri bilan aytganda «Podshohga asosan ikkita
mas‘uliyat – «jahonboniy» –ya‘ni davlatni boshqarish tizginini qo‗lda mahkam
tutishva «jahongiriy» – ya‘ni saltanat hududini kengaytirishmas‘uliyati
yuklatilgandi. Bundan tashqari, ular qo‗l osti -dagi fuqaroning turmush
farovonligini va madaniyatini yaxshilash choralarini tinmay qidirib topar va
amalga oshirardi.
Boburiylar davlati siyosatining yana bir xususiyati shundaediki, ular davlatni
boshqarishda fuqaro e‘tiqod qiladigandinlarga nisbatan beg‗arazlik bilan xolisona
siyosat olib borardi. Boburshoh va Humoyunshoh faoliyatida biron bir
diniyjaholatparastlik ko‗rinishlari namoyon bo‗lmadi. Akbarshohesa mavjud
barcha dinlarni murosaga keltirdi, ularning ijobiy tomonlaridan foydalanib yangi
diniy nazariya, «Diniilohiy» nazariyasini ham yaratish payida bo‗lgandi.
Jahongirshoh bilan Shoh Jahon faoliyatida esa Akbarshoh boshlagan diniy siyosat
davom ettirilganini ko‗ramiz. Faqat Avrangzeb hukmronligi davridagina Akbar
tutgan siyosatning aksichaish yuritilib, nomusulmon e‘tiqoddagi fuqaro ta‘qib
ostigaolingan hollar ko‗zga tashlanadi. Mana shu xislatlari bilan
Boburiylar davlati siyosati o‗zidan avvalgi bu mamlakatda mavjud bo‗lgan
tizimdan, ya‘ni afg‗on sultonlari ma‘muriyati siyosatidan tubdan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |