Ko'payishi va rivojlanishi. Korall poliplar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Yakka poliplar (aktiniyalar) ba‘zan bo‘linib, kolonial poliplar kurtaklanib ko‘payadi. Korall poliplar odatda ayrim jinsli. Jinsiy bezlari septalar endodermasi bilan mezogleya orasida joylashgan. Spermatozoidlar septa epiteliysidan tana bo‘shlig‘i va og‘iz teshigi orqali suvga chiqadi; urg‘ochisi og‘iz teshigida kirib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Paypaslagichlari yonidan suzib o‘tayotgan hayvon otiluvchi tukchalarga tegib ketsa kapsuladagi tola otilib chiqib uning terisiga yopishadi, modda uni zaharlaydi yoki o‘ldiradi.
Ektodermada uzun o‘simtali yulduzsimon kam sonli nerv hujayralari bo‘lib, bir-biriga yaqin joylashgan nerv hujayralarining o‘simtalari tutashib nerv to‘rini hosil qiladi.
Bunday nerv sistema ko‘p hujayrali hayvonlarning eng ibtidoiy nerv sistema formasi sanaladi
Gidraning entoderma qavatida muskul, hazm va bez hujayrali uchraydi. Muskul hujayralari xivchin va soxta oyoqli – pseydopiyli bo‘lib, ozuqa bo‘laklarini tutishga moslashgan. Paypaslagichlar orqali og‘izga kirgan ozuqa avval ichki bo‘shliqda hazm bo‘ladi.
Bo‘shliqichlilarning kelib chiqishi. Ko‘p hujayralilarning tuban tuzilishidagi vakillari bo‘lgan bo‘shliqichlilarning kelib chiqishiga oid paleontologik dalillar deyarli uchramaydi. Shunga ko‘ra ularning kelib chiqishi, evolyusiyasi solishtirma morfologik, ontogenetik va ekologik ma’lumotlarga asoslanadi.
Rus zoologlaridan I.I. Mechnikov, A.N. Beklemishev, D.V. Naumovlar bo‘shliqichlilarning uzoq o‘tmishidagi avlodi ikki qavatdan tuzilgan, suzib yuruvchi planulaga o‘xshash ko‘p hujayrali hayvon bo‘lgan deydilar. Dastlabki bo‘shliqichlilar yakka-yakka holda yashovchi poliplar bo‘lib, ularda nasllarning gallanishi kuzatilmagan.
Xulosa Bo‘shliqichlilar (Cnidaria) deb shunday hayvonlarga aytiladiki ular tanasining katta qismini egallagan markaziy bo‘shliq bir vaqtning o‘zida ichak va tana bo‘shlig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Ichak tana (gastral) bo‘shlig‘i og‘iz teshikchasi orqali tashqi muhit bilan tutashgan. Gastral bo‘shliqning devori ektoderma va entoderma epiteliya to‘qimasidan tuzilgan. Bularning orasida turlicha rivojlangan mezogleya qavati joylashgan. Og‘iz teshigi atrofida yoki tanasining sirti boshqa qismida joylashgan paypaslovchilari oziqni ushlab olish va himoya vazifasini bajaradi.
Ektodermada joylashgan maxsus otiluvchi ho‘jayralar mazkur tip uchun harakterli bo‘lib, bulardan chiqadigan zaharli ip hujum (ovqatni olish) va himoya vazifasini bajaradi.
Garchi kovak ichlilar haqiqiy ko‘p ho‘jayralilar bo‘lsada ularni koloniya bo‘lib yashaydiganlari murakkab tuzilgan. O‘troq va koloniya holda yashovchi turlari har xil katta kichiklikda bo‘lib, xilma-xil shakllarda bo‘lishi mumkin. Yakka yashovchi o‘troq turlari bir muncha sodda bo‘lsa suzib yuruvchilari-meduzalar murakkab tuzilgan.
Paypaslagichlari yonidan suzib o‘tayotgan hayvon otiluvchi tukchalarga tegib ketsa kapsuladagi tola otilib chiqib uning terisiga yopishadi, modda uni zaharlaydi yoki o‘ldiradi.
Ektodermada uzun o‘simtali yulduzsimon kam sonli nerv hujayralari bo‘lib, bir-biriga yaqin joylashgan nerv hujayralarining o‘simtalari tutashib nerv to‘rini hosil qiladi.
Bunday nerv sistema ko‘p hujayrali hayvonlarning eng ibtidoiy nerv sistema formasi sanaladi
Gidraning entoderma qavatida muskul, hazm va bez hujayrali uchraydi. Muskul hujayralari xivchin va soxta oyoqli – pseydopiyli bo‘lib, ozuqa bo‘laklarini tutishga moslashgan. Paypaslagichlar orqali og‘izga kirgan ozuqa avval ichki bo‘shliqda hazm bo‘ladi.
Bo‘shliqichlilarning kelib chiqishi. Ko‘p hujayralilarning tuban tuzilishidagi vakillari bo‘lgan bo‘shliqichlilarning kelib chiqishiga oid paleontologik dalillar deyarli uchramaydi. Shunga ko‘ra ularning kelib chiqishi, evolyusiyasi solishtirma morfologik, ontogenetik va ekologik ma’lumotlarga asoslanadi.
Rus zoologlaridan I.I. Mechnikov, A.N. Beklemishev, D.V. Naumovlar bo‘shliqichlilarning uzoq o‘tmishidagi avlodi ikki qavatdan tuzilgan, suzib yuruvchi planulaga o‘xshash ko‘p hujayrali hayvon bo‘lgan deydilar. Dastlabki bo‘shliqichlilar yakka-yakka holda yashovchi poliplar bo‘lib, ularda nasllarning gallanishi kuzatilmagan.
Bo‘shliqichlilarning kolonial formalari va meduzalarning ko‘p belgilari ularga nisbatan yuqori darajada bo‘lgan. Bo‘shliqichlilar evolyusiyasining boshida poliplar guruhi ajralgan, keyinchalik ulardan korall poliplari va ssifoidlar taraqqiy qilgan.Gastrual to‘siqsiz poliplardan keyinchalik gidroidlarning har xil guruhlari paydo bo‘lgan.
Gidroidlar evolyusiyasida nasllarning gallanishi, meduzalar naslini hosil qilish va koloniya bo‘lib yashash yo‘nalishi keng yoyilgan. Ba’zi dengiz kolonial formalar hayoti davomida skelet hosil qilganlar. Boshqalari chuchuk suvda yashab tuzilishi va hayot siklini o‘zgartirgan.
Ehtimol dengizdagi kolonial gidroidlardan suzib yuruvchi polimorf koloniyali sifonorlar kelib chiqqandir.
Adabiyоtlar: 1. G.G.Abrikosov va boshqalar. «Zoologiya» 1 - 2 jilt. T: 1966. 2. V.F.Natali «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 1966. 3. S.P. Naimov. «Umrtqali hayvonlar zoologiyasi» 1995 y. 4. O Mavlonov .Sh.Xurramov «Umirqasizlar zoologiyasi» T. 1988 y. 5. E.I.Lukin «Zoologiya» Moskva 1989