Mundarija kirish I– bob. Buyuk ipak yo‘lining o‘rta osiyo xalqlari moddiy madaniyati taraqqiyotiga ta'siri



Yüklə 108,17 Kb.
səhifə1/7
tarix10.12.2023
ölçüsü108,17 Kb.
#139530
  1   2   3   4   5   6   7
Buyuk ipak yo\'li


MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………..……………….. 2
I– BOB. Buyuk ipak yo‘lining o‘rta osiyo xalqlari moddiy madaniyati taraqqiyotiga ta'siri
1.1.O‘zbeklarning turar joylar bilan bog‘liq an'analarida etnointegratsion jarayonlarning tutgan o‘rni………………………………………...……………… 6
1.2.Buyuk ipak yo‘li. Madaniy hayot……………………………………………..15
II– BOB. Yunesko tomonidan “Buyuk ipak yo’li – mulaqot yo’li” dasturini ishlab chiqilishi
2.1.Buyuk ipak yo'li-muloqot va hamkorlik yo'li……………...………………….23
2.2 Hozirgi davrda Buyuk ipak yo'li an'analarini tiklash va rivojlanlinsh borasidagi xalqaro hamkorlik harakatida O'zbekisionning ishtiroki……………………………………………………………………………30
Xulosa……………………………………………………………………………..34
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………...….36


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan
O‘zbekiston XXI asrga o‘z fuqarolarining siyosiy faolligi ortib, ertangi kunga ishonchi tobora mustahkamlanib borayotgan bir sharoitda qadam qo‘ydi.
Darhaqiqat, mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng O‘zbekiston Respbulikasi birnchi Prezidenti I. A. Karimov rahbarligida olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat bugungi kunga kelib naqadar to‘g‘ri, xalqchil siyosat ekanligini keng jamoatchilik tan olmoqda. Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa mustaqil davlatlar kabi polietnik, ya'ni ko‘p elatli davlat hisoblanadi. Hozirgi kunda uning hududida o‘zbeklar bilan birga yuzdan ortiq millat va elat vakillari yashaydilar. Har bir millat o‘zining tili, betakror madaniyati, urf-odat va an'analariga ega. O‘zbekiston hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urfodatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Zero har bir etnik birlik son jihatidan qanchalik ko‘p yoki kam bo‘lmasin, albatta, o‘z etnik qiyofasiga ega.
Shuni o‘z o‘rnida qayd etish kerakki, o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlari va ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai sifatida xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Shuni inobatga olgan holda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinlidir: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi” O‘zbekistonning boyliklari ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak
qadriyatimiz, bu jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikdir1.
Istiqlol tufayli ko‘pmillatli yurtimiz tarixini xolisona o‘rganish, respublikadagi turli xalqlarning etnik an'analari va madaniyatini saqlab qolishga, rivojlantirishga, millatlararo munosabatlarni o‘rganishga bo‘lgan e'tibor kuchayib bormoqda. Darhaqiqat, to‘g‘ri ta'kidlaganidek, har qanday sivilizatsiya ko‘pdanko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta'sirining mahsulidir. Demak, respublikaning asosiy tub joy aholisi hisoblangan o‘zbeklar bilan birga yashayotgan boshqa etnik guruhlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganish va rivojlantirish favqulodda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda jahon hamjamiyatining ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekistonda ham jamiyat
hayotidagi tub burilishlar va milliy tafakkuridagi o‘zgarishlar tufayli o‘zbek xalqi etnologiyasiga qiziqish yanada kuchaydi2.
Ayniqsa, bu borada milliy davlatchilikning mahalliy boshqaruv usullari, o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi kabi muhim muammolar bilan birga an'anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, tarixiy-etnografik mintaqalar etnografiyasi hamda turli hududlarga xos etnolokal an'analarni o‘rganishga bag‘ishlangan qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, bu sohada bajarilayotgan tadqiqotlar ham ko‘lam, ham mazmun-mohiyat jihatidan boyib borishining asosiy sabablaridan biri – bu mustaqillik yillarida o‘tmish tarix va milliy qadriyatlar hamda an'analarga bo‘lgan qiziqishning keskin ortganligidan, deb aytish mumkin3.

Yüklə 108,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin