Mundarija kirish I bob. Innovatsion marketing tushunchasi I inno
II BOB. Innovatsion marketingni o‘ziga xos xususiyatlari II.1. Innovatsion marketing jarayonining tizimli xususiyatlari XX asrning ikkinchi yarmida G‘arbda kuzatilgan o‘ziga xos bashorat shov-shuvi Rossiya bashoratchilk maktabi etakchisi I.V.Besstijev-Lada tomonidan tuzilgan klassik bashoratchilik antologiyasida yaqqol tasvirlab berilgan. Intellektual va siyosiy doiralarda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan o‘nlab fundamental asarlarda jahon rivojlanishining istiqbollari turli ssenariylarda — eng yorkin ranglardan to katastrofik holatlargacha asoslab berilgan. Uzoq muddatli u yoki bu bashorat ssenariylarini asoslab berish uchun foydalaniltan ko‘plab global modellar yaratilgan. Ushbu bashoratchilik shov-shuviga BMT ham qo‘shilgan bo‘lib, uning Sekretariatida bashorat va istiqbolli tadqiqotlar bo‘limi tashkil qilingan. Nobel mukofoti sovrindori V.V.Leontev rahbarligidagi BMT ekspertlar guruhi tomonidan o‘tgan asrning 70-yillarida o‘ziga xos tarmoqlararo balansning mintaqalararo modeli asosida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining 2000 yilgacha bo‘lgan bashoratlari ishlab chiqilgan.
Biroq 80-yillar oxirlariga kelib G‘arbda ham, sobiq Ittifoqda ham bashoratchilik to‘lqini pasaya boshladi. Buning sababi oddiy edi: jahon industrial jamiyatdan postindustrial jamiyatga o‘tib, tendensiyalar o‘zgardi va chuqur bifurkatsiyalar klasteri vujudga keldi. Avvalgi bashoratlar va ularning metodologik asoslari bu muhitda o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan bo‘lib, yangi metodologiya esa hali rivoj topmagan edi.
O‘tish davrida ijtimoiy va texnologik tizimlar traektoriyasi keskin o‘zgaradi. Ularning ayrimlari o‘tmishda qolib ketib, ularning o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi va jahon miqyosida keng tarqaladi. Bu davrda oldindan ko‘ra bilishning qiyinligi an’anaviy inqilobiy paradoks — e’lon qilingan maqsadlar va amalda erishilgan natijalar o‘tasidagi farqlar bilan ham izohlanadi. Lekin shunga qaramay XX asrning yirik olimlari qalamiga mansub bo‘lgan eng oxirgi asarlardan birida insoniyatning rivojlanishiga doir asosli bashoratlar, ekologik va sivilizatsiya inqirozlarining bartaraf etilishi, uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish zarurligi haqida asoslangan fikrlarni o‘rgatamiz: «Sivilizatsiya strategiyasining paydo bo‘lishi hayotiy ahamiyatga ega. U tabiat strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Bu esa insoniyat tarixida uning kuch-quvvati o‘sishi bilan birga kuzatiluvchi sifat yangiligidir. Bizni nafaqat ekologik, balki sivilizatsiya inqirozi kutib turibdi. O‘z mohiyatiga ko‘ra biz sivilizatsiya tarixining butkul yangicha bosqichi, balki antropogenez oldida turibmiz, bunda esa butun xalqlar oldida kun ko‘rish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha umumiy vazifa turadi». Bunday strategiyani uzoq muddatli bashoratlarsiz, tabiat va jamiyat rivojlanishining muqobil yo‘llarini oldindan ko‘ra bilmasdan turib amaliy jihatdan ishlab chiqish mumkin emas.
Strategik innovatsion marketingning asosiy yo‘nalishlaridan biri bozorga yangiliklarni kiritish strategiyasini ishlab chiqishdan iboratdir:
innovatsion marketing faoliyati dasturi va rejalarini ishlab chiqish; marketing innovatsiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayoni
ustidan kuzatuvni amalga oshirish;
mahsulotni ishlab chiqishdan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishgacha
yagona innovatsion siyosatni amalga oshirish;
korxona ichida va tashqarisida innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish;
malakali xodimlar yordamida marketing innovatsiyalarini ishlab chiqish amaliyotini muntazam takomillashtirishni ta’minlash;
innovatsion marketing muammolarini kompleks echish uchun maqsadli guruhlarni shakllantirish.
Korxona innovatsion faoliyatining asosiy vazifalaridan biri – yuqori menejment bilan asosiy innovatsion marketing strategiyasini shakllantirish, uni bozor segmenti bo‘yicha joylashish chegarasini aniqlash, amalga oshiruvchi ijrochilarni tayinlash, bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi uchun ma’lum amaliy direktivni amalga oshirish muddatini belgilashdan iborat. SHu sababli, strategik marketing tadqiqotlari tarkibiga korxona innovatsion siyosatining bo‘lagi bo‘lgan, innovatsion marketing jarayonlarining asosiy tizimli xususiyatlari kiradi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bozorga yangilikni kirish strategiyasi va taktikasi marketing tadbirlarining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. U o‘zida yangi mahsulotlarni bozorlarda joylashtirish va sotish yo‘llarini shakllantirishga asoslangan yangilikning raqobatbardosh strategiyasini o‘z ichiga oladi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, innovatsion marketing – korxonaning ishlab chiqarishni takomillashtirish va bozor sharoitiga ta’sir ko‘rsatishga asoslangan faoliyatidir. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsiya hayotiy davrining har bir bosqichi turli marketing usullarini va yondashuvlarini, turli strategiya va taktikani talab qiladi. Innovatsion marketing tadbirlari tizimi faqatgina ishlab chiqarishni yangilash bilan emas, balki kapitalni jamlanishi va oqimi dinamikasi bilan uzviy bog‘langan. Innovatsion marketing raqobatchilariga nisbatan ko‘proq foyda olishni istagan korxonalar uchun muhim bo‘lib, innovatsiyalarga va yangiliklarga asoslangan ustun raqobat strategiyasini shakllantiradi. SHuningdek, innovatsion marketing faqatgina bozordagi yangi mahsulotni yoki mavjud mahsulotni realizatsiya qilish emas, balki yangi texnologiyalardan: yangi mahsulot yoki texnologik jarayon bo‘yicha ixtiro va nou-xaular uchun litsenziyalarni sotish hamda uni tayyorlash uchun uskunalarni takomilashtirishni nazarda tutadi.