II-bob.Barkamol shaxsni tarbiyalashda maktabgacha pedagogikaning o’rni va roli 2.1 Maktabgacha pedogogikaning boshqa fanlar bilan òzaro bog’liqligi Maktabgacha pedagogika fani jamiyat va insonni o'rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o'rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o'rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to'g'risidagi materialistik falsafa tarbiya masala- siga asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o'rgatishda pedagogika etikaning axloq to'g'risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo'llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi. Estetika-insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo'lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng rnuhim pedagogik muammolarni to'g'ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta'siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O'sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to'g'risidagi xulosalarni pedagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiq- ishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratish- da yordam beradi. Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois, pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma'lumotlar muhimdir. Shunga ko'ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog'liqligi an’anaviy tus olgan. Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, avvalo, u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o'rin tutadi. Umumiy pedagogika guruhi-uzluksiz ta'lim jarayonining o'ziga xosligini asoslab beruvchi oila pedagogikasi, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi tarmoqlarga bo'lingan. Pedagogik fanlar majmuyi. Ta’lim jarayoni va didaktika haqida tushuncha Ta'lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslarini, ya'ni ta'lim, bilim berish, o'qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo'limi didaktika shug'ullanadi. "Didaktika” grekcha so'z bo'lib, "o'qitish”, "o'rgatuvchi" degan ma’nolarni anglatadi. "Didaktika” so'zining lug'aviy tarjimasi "Ta’lim nazariyasi” demakdir. Ta'lim nazariyasi ta’lim jarayoni tushunchasi va mohiyatini, ta’lim tamoyillarini, ta’lim mazmunini, ta’lim metodlari, shakllari va vositalari mazmunini aks ettiradi. Ta'lim nazariyasining asosiy mohiyati ta’limni tashkil etishdan iboratdir. Ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim-inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo'lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O'qituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta’sir ko'rsatadi, bu esa ularni bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta’lim jarayonida o'quvchilar ongiga singdirilayotgan nazariy bilimlar amaliy faoliyat yordamida yanada mustahkamlanadi. Inson tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning mohiyatini amaliy hayotda ularga to'qnash kelish yo'li bilan bilib oladi, ularni o'zlashtiradi. Inson amaliy faoliyat tufayligina ijtimoiy, ishlab chiqarish faoliyati jarayonini tashkil etuvchi munosabatlar, shuningdek, tabiat hodisalari sirini o'zlashtirib oladi. Narsalar, buyumlar bilan amaliy muomalada bo'lish nati- jasida buyumlar sezgi organlariga ta’sir qiladi, sezgilar idrokni keltirib chiqaradi. Amaliyotda insonning faol fikrlash faoliyati yuzaga keladi. Fikrlash yordamida u real voqelikni chuqur tushunadi. Bilim manbayi sanalgan amaliyotning ahamiyati xususida so'z yuritganda bilish jarayonining mohiyatini ham ta’kidlab o'tish joiz. Bilish murakkab dialektik jarayon bo'lib, jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, so'ngra amaliyotga o'tish yo'lidir. Bilish shaxs uchun mavhum ham o'zlashtirilmagan narsa, voqea va hodisalar mohiyatining ong yordamida anglash jaray- onidir. Obyektiv borliqni bilish uni sezishdan boshlanadi. Sezish ongning tashqi olam bilan bo'ladigan chinakam aloqasidir. Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning sezgi organlari (bizga ma’lumki, ular beshta)ga ta’sir etuvchi ayrim sifat, belgilarning ongda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator I.P.Pavlov ta’kidlab o'tganidek, narsalarning ayrim eng muhim sifatlarini his etadi. Sezish muayyan narsa, voqea-hodisalar mazmunini ongda idrok etilishiga olib keladi. Idrok - sezish a'zolari orqali ongga ta’sir etib turilgan narsa va hodisalarning unda (ongda) yaxlitligicha aks etish jarayonidir. Sezish va idrok qilish yordamida bilish jarayonida tasavvur ro'y beradi. Tasavvur inson ongida uzoq muddat saqlanib qoladigan sezishlar va idrokning izidir. Yoki boshqacha aytganda, tasavvur sezgi a’zolariga qachonlardir ta’sir etgan hamda idrok qilingan narsa va voqea-hodisalarning ongdagi yaqqol hissiy obrazidir. Tajriba vositasida odamda tasavvur zaxirasi boyib, ko'payib boradi. Tasavvur fikrlashda, tushunchalarning tarkib topishida muhim rol o'ynaydi. Tasavvur muayyan umumlash- malarning mavjudligi bilan bog'liq. Sezish, idrok va tasavvur bilishning muhim tarkibiy qismlari bo‘lsa-da, ular ham haqiqiy voqealikni bilish muammosini to'la hal etishmaydi. Bilish jarayonining eng yuqori bosqichida tafakkur yuzaga keladi. Inson faqat tafakkur yuritish jarayonidagina muayyan jarayon yoki voqea, hodisa mohiyatini, munosabatlarning sababiy baholanishlarini aniqlaydi va shu orqali moddiy borliqni chuqur, to'la va to'g'ri aks etishiga erishadi. Tafakkur I.P.Pavlov ta’limotiga ko'ra, assotsiatsiyalarining hosil bo'lishidan iborat. Jonli mushohada uchun birinchi signal tizimi, abstrakt tafakkur uchun ikkinchi signal tizimi asosiy ahamiyatga ega. Abstrakt tafakkur voqealik bilan o'zaro aloqada bo'lgan taqdirdagina inson bilimlari chuqurlashib boradi. Jonli mushohada va abstrakt tafakkur birligigina bilimlarni haqiqiy va chuqur bilimlarga aylantiradi. Jonli mushohada va tafakkur doimo odamning amaliy faoliyatiga asoslanishi kerak. Odam tabiat va ijtimoiy jamiyat qonuniyatlarini ochib, o'z faoliyatida ulardan foydalanishga inti- ladi. Har qanday nazariy bilimning qiymati uning amaliyotga qanchalikxizmat qilishi bilan belgilanadi. Nazariy amaliy faoliyat mohiyatidan kelib chiqib asoslanadi hamda amaliy faoliyatning yaxshiroq yo'lga qo'yilishiga xizmat qiladi. Biroq, amaliyot ayni vaqtda bilimning to'g'riligini tekshirish vositasi hamdir. Nazariy g'oya, fikr amaliyotda tekshirilgan va u orqali tas- diqlangandagina u inson bilimlarining muhim tarkibiy qismi- ga aylanadi. Demak, bizga bilim amaliyotdan sezgi idrok, tasavvur va tafakkur asosida hosil bo'lishi va yana amaliyotga qaytib borishida namoyon bo'ladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bilim amaliyotga o'zining ilgarigi ko'rinishida emas, balki ancha boyigan ko'rinishda, ancha yuqori darajada qaytib boradi. Biz bu holni sxema tarzida quyidagi holatda ko'rishimiz mumkin Bilish jarayonida bilim hosil bo'ladi. Bilim-odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to'plagan umumlashgan tajribasidir. Bilim obyektiv borliqni to'g'ri aks ettiradi. Eng to'g'ri va mukammal bilimlar ham o'z navbatida doimiy emas, balki ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o'zgarib boradi. Bilimlar asosida o'quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo'ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g'oyalar tizimi tarkib topadi. Ta’lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomonidan o'zlashtirilgan barcha bilimlarni o'rganish mumkin emas. Ta’lim jarayonida eng asosiy, eng muhim bilimlar, fanlarning asoslari o'rganiladi. Ta'lim muassasalarida o'rganiladigan o'quv predmetlari soni o'z vazifalari va xususiyatlariga muvofiq tarzda ortib boradi. Bilimlarning amalda birnecha bor qo'llanilishi ko'nikmalarining hosil bo'lishiga olib keladi. Ko'nikma-bu o'zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyatdir. Demak, ko'nikma muayyan faoliyatni tashkil etish yo'llari va usullarini bilib, o'zlashtirib olish hamda o'z bilimlarini amalda qo'llay olishdir. Ko'nikmalar muayyan vaziyatdagina emas, balki dastlabki shart-sharoitlar o'zgargan vaqtda ham ma’lum xatti-harakatlar qilish (hosil bo'lgan tajriba asosida) qobiliyati bilan tavsiflanadi. Ko'nikmalarni bilimlar bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Har qanday ko'nikma asosida bilim yotadi. Bilimlar fikr-mulohazalarda, ko'nikma esa xatti-harakatlarda ifodalanadi. Xatti-harakatlar aqliy yoki jismoniy bo'lishi mumkin. Malaka - muayyan usul bilan bexato bajariladigan, o'rganib qolingan avtomatlashgan ongli harakatdir. Malaka bir xatti-harakatning o'zini bir xil sharoitda ko'p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi. Malaka qanchalik puxta bo'lsa, odam ishni shunchalik tez yo'lga qo'yadi. Malakalar turlicha bo'ladi, chunonchi, o'quv malakalari- o'qish, sezish, og'zaki hisoblash va boshqalar; mehnat malakalari ish qurollari bilan ishlash, materiallar hamda texnika bilan muomalada bo'lish va hokazolar; harakat malakalari-yurish, yugurish va boshqalar. Ko'nikma kabi malaka ham egallangan bilimlar asosida hosil qilinadi. Ko'nikma va malaka o'rtasida farqli tomonlari ham bor. Xususan, o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan ko'nikma va malakalar har xil tavsifida bo'ladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, bilim, ko'nikma va malakalar ta’lim jarayonida tarkib topadi. Ta’lim - dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatli jarayon bo'lib unda ikki tomon o'quvchi va o'qituvchi ishtirok etadi. Ta’lim berish o'quvchilarga bilimlar berish, ularda ko'nikma va malakalar hosil qilish, yangi haqiqatlarni ochishga yo'naltirilgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Ma’lumot-Asosiy pedagogik tushuncha bo'lib, uning ijtimoiy hayot voqealarini obyektiv aks ettirishdir. Ma'lumot kishini bilishga bo'lgan talabini ta'minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga ko’taradi va amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Ma’lumot ta’limning natijasi bo’lib,u kishi tomondan bilim malaka va konikmalarn mustaqil egallashdir. O'qitish- pedagogik faoliyat bo'lib, u bilim, ko'nikma va malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilim va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir. O'qish- bolalarning bilim, malaka, ko'nikmalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir. U o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Maktabgacha pedagogikaning obeyktimaktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim - tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va unga ta’lim berishning mohiyati va muommolarini o’rganadigan fan.
Milliy istiqlol tufayli taraqqiyotning barcha sohalarida jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh avlodning bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadillik bilan kirisha oladigan, tadbirkor, ma`naviy jihatdan barkamol qilib voyaga etkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu esa, avvalo, pedagogika fanini, ta`lim-tarbiya tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishni taqozo etadi.
Savol tug’iladi: ular ta`lim-tarbiya borasida nima qilishlari, qanday yo`l tutishlari, nimaga e`tibor berishlari lozim? Bu savollarga ma`lum darajada pedagogika fani javob beradi. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo`lgan? Mazkur savolga javob berishdan oldin tarixiy manbalarga murojaat etaylik. Manbalarda yozilishicha kishilik jamiyati paydo bo`lgach, ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribalarni quyi avlodga o`rgatish ehtiyoji tug’ildi. Tajribalarning to`planishi natijasida ta`lim-tarbiyaning dastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida ma`lum bilimlar boyib bordi.
Ta`lim-tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchi tarbiyachilar kasb-hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlashdi. Ularning ta`lim-tarbiya borasidagi faoliyatlari va to`plangan tajribalaridan o`rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keldi. Shu asnoda dastlabki maktab ko`rinishidagi muassasalar vujudga keldi, taraqqiy etdi. Shunday qilib, pedagogika ta`lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, metodlari hamda tashkil etish shakllari haqida ma`lumot beruvchi fanga aylandi.
Demak, pedagogika fani o`sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta`lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo`llarini o`rgatuvchi fandir.
Ba`zan, pedagogika fanining nima keragi bor? Pedagogikadan xabari yo`q, lekin bolalarga yaxshi tarbiya bergan insonlar ko`pku? Yoki aksincha, pedagogika fanini bilgan holda hatto o`z bolalarini risoladagidek tarbiyalay olmaganlar ozmunchami? degan savollar eshitilib qoladi.
Shuni unutmaslik kerakki, pedagogika fanining yutuqlarisiz jamiyatni olg’a siljitish g’oyat mashaqqatli kechadi.
Agar pedagogika fanidan xabarsiz bo`lgan kishilar pedagogika fanini o`z vaqtida o`rganib, yutuqlaridan samarali foydalanganlarida bolalarni ham yahshiroq tarbiyalagan bo`lur edilar. Pedagogikadan yaxshi xabardor kishilar esa o`z bilimlarini tajribada ishlata olmaganliklari uchun bolalarni tarbiyalashda muvaffaqiyatga erisha olmaganlar.
Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o`rganish lozim. Ta`lim tarbiyadan ko`zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish bolalarni to`g’ri tarbiyalash shartidir. Bunda tarbiyachining beg’araz mehnati, bolalarni sevishi va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini ta`minlaydi.
Biroq, ijtimoiy jarayonda to`plangan tajribalar tarbiya mazmunini tashkil etsada, ularning hammasini yosh avlodga o`rgatishning imkoniyati yo`q edi. Faqat xalq ta`limi tizimiga kiruvchi bo`g’inlar orqali orttirilgan tajribaning muayyan qismini qamrab olish mumkin edi.
Bu yerda ham muammo tug’ildi. Hozirgi kunda barcha xildagi tajriba shakllari tarbiya mazmunini tashkil eta oladimi? Yosh avlod tarbiyasiga aloqador tajribalarni qanday ajratish mumkin? Kim bunday ish bilan shug’ullanadi?
Tabiiyki, barcha xildagi tajriba shakllari ham tarbiya mazmunini tashkil etavermaydi. Chunki:
Birinchidan, pedagogika, xususan, o`zbek xalq pedagogikasi taraqqiyotida juda murakkab bo`lgan tomonlar (hatto bu murakkablikning noma`lum qismlari) mavjudki, ularni yoshlar daf`atan o`zlashtira olmaydilar. Masalan; sharq falsafasi yoki mutafakkirlarimizning ma`naviy merosini falsafa, tabiiy va gumanitar fanlar, diniy manbalardan yaxshi xabardor bo`la olmaganligimiz sababli o`rganishimiz qiyin kechadi;
ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarning yosh hususiyatlariga ko`ra va ham metodik, ham moddiy asosning etishmasligi sababli to`plangan tajribalarning hammasini olish imkoniyati yo`q va hokazo. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o`zgarishlarni hisobga olib tarbiya mazmunini shakllantirish darkor.
O`zbek pedagogikasining vazifasi Respublikamizda yashovchi turli millatelatlarning orzu-istaklariga monand ta`lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to`g’ri hal etib berishdir. Bunda islom dunyosida qalam tebratgan allomalarimizdan tortib, zamondosh olimu fuzalolarimizning ta`limotlaridan hamohang ta`lim tarbiyaga oid qirralarini izlab topishni taqozo etadi. Yosh-avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval qoralangan tasavvuf ilmidan ham foydalanish joiz. Negaki, bir mafkura yakka hokimliligiga endilikda nuqta qo`yiladi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir.
«Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«etaklamoq» degan ma`noni bildiruvchi lotincha «daydagogos» so`zlaridan paydo bo`lishi quyidagicha izohlanadi: eramizdan oldingi I asrlarda Gretsiyada, quldorlarning bolalalarini ovqatlantiradigan, sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atalgan. U bolalarning kamolga yetishiga mas`ul bo`lgan. Quldorning bolasini yetaklab maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o`qituvchilarni «didaskallar» (didayko-men o`qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta`lim-tarbiya bilan maxsus shug’ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex pedagogi Ya.A.Kamenskiy ta`kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar va bu so`z hozir ham ta`lim-tarbiya beruvchi o`qituvchilarga nisbatan qo`llaniladi.