Mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha pedagogikaning tarixi



Yüklə 152 Kb.
səhifə1/7
tarix06.02.2023
ölçüsü152 Kb.
#123049
  1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha ta\'lim tarixi


MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………………..
I-bob. Maktabgacha pedagogikaning tarixi……………………………………
1.1 Maktabgacha pedogogikaning kelib chiqish tarixi……………………….

    1. . Maktabgacha pedagogikaning maqsadi va vazifalari………………………

II-bob.Barkamol shaxsni tarbiyalashda maktabgacha pedagogikaning o’rni va roli…………………………………………………………………………..
2.1 Maktabgacha pedogogikaning boshqa fanlar bilan òzaro boģliqligi.
2.2. Maktabgacha ta'lim tarixi,maktabgacha pedagogika fan sifatida……….
Umumiy xulosa va tavsiyalar…………..……………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda ta’lim tizimiga,xususan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.1O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil ,30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3955sonli qarorida ta’kidlanganidek: Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek:”Kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz ijtimoiy axvolidan qat’iy nazar, bog’cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo’nalishi bilan to’liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat.Shuningdek,2021-yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi .Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta’limning muqobil shakllari yanada kengaytiriladi”2
Bu maqsadlarni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim sohasida,xususan tizimning boshqaruv siyosatini isloh qilish muhim ahamiyat kasb kasb etadi. Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o’quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali mutaxasisslar bilan to’ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash,maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’tisida”gi, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi farmon va qarorlarning ijrosini ta’minlash bugungi kunda ushbu yo’nalishning qanchalik darajada dolzarbligidan dalolat beradi.

Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin