MAVZU: SHAXS MA’NAVIYATINING RIVOJLANTIRISH OMILLARI VA VOSITALARI
MUNDARIJA:
KIRISH
I-BOB. MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYAT RIVOJIDAGI AHAMIYATI
1.1. Ma’naviyatning jamiyat, inson hayotida tutgan o‘rni va roli
1.2. Ma’naviy meros – ma’naviyat rivojlanishining asosi
II-BOB. OILA, ADABIYOT VA SA’NATNING SHAXS MA’NAVIYATINING RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
2.1. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati.
2.2. Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Jamiyatning taraqqiyoti uni harakatlantiruvchi kuchiga bog‘liq. Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch esa –xalq. Xalq tafakkurini, umuman dunyoqarashini o‘stirmasdan, o‘zgartirmasdan ma’rifatni yuksak pog‘onaga ko‘tarmasdan turib yuksak ma’naviyatga erishish mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 26 martda imzolagan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish” kabi o‘ta dolzarb vazifalar belgilab berilgan.
Mamlakat taraqqiyoti birinchi galda yoshlarga bog‘liq. Yoshlarni aql-idrokli, bilimli, oriyatli, did-farosatli qilib tarbiyalashimiz shart. Yoshlar tarbiyasida, avvalo, oila mas’ul. Ko‘pincha ota-onalar o‘z ayblarini maktabga ag‘daradi. Holbuki, maktabning birinchi galdagi vazifasi bolaga bilim berishdir. Bolani shaxs sifatida shakllanishi oilaga bog‘liq.
Davr oila oldidagi vazifalarni yanada takomillashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Yangi turmush tarzini shakllantirishda ma’naviyatning roli beqiyos. Qaror Yangi O‘zbekistonni yangi yoshlari dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi.
Xalqimiz – qadimdan yuksak ma’naviyatli millat sifatida tanilgan. Butun dunyo xalqlariga o‘z bilimi, e’tiqodi, mardligi, vatanparvarligi, oilaparvarligi, tarbiyachiligi bilan o‘rnak bo‘lib kelganligi tarixiy haqiqat.
Qadimdan xalqimiz – oilaparvar bo‘lgan. Oila – muqaddas. Oila – ma’naviyatlilikni shakllantirish vositasidir.
Qarorda “2021-2023 yillarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish” vazifasi belgilangan. Har bir tuman, qishloq markazlarida Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish bu yoshlar dunyoqarashini o‘zgartirishiga, milliy urf-odatlarimizni, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga o‘rgatishi shubhasiz. Shu bilan birgalikda har bir mahalla guzarlarida, har bir tashkilot binosida ziyo maskani “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalari tashkil etilsa bu xonada Qarorda “2021-2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimining tegishli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga bakalavriat bosqichida “Ma’naviyatshunoslik”, magistratura bosqichida “Kasbiy ma’naviyat” fanlari kiritilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 19 yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytgan “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”, degan fikri mamlakatimizdagi barcha rahbarlarni, ayniqsa, ziyolilarni yanada hushyor torttirdi. Demak, jamiyatda ma’naviyatning roli, ahamiyati beqiyos.
Ma’naviyatlilikni shakllantirish nafaqat bog‘cha, maktab, kollej, litsey, oliy o‘quv yurtlari oldidagi vazifalar emas, balki butun insoniyat oldidagi insoniy mas’uliyatdir.
“Ma’naviyatshunoslik” fanida Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy meroslarini, Axloq, Nafosat, Mantiq fanlarini ham qamrab olsa yaxshi bo‘ladi. Avvalo bu insoniylikni shakllantiradigan fanlar alohida-alohida o‘qitilsa yanada yaxshiroq, foydaliroq bo‘lardi.
Ma’naviyatlik insonga xos. Demak, insonlarni, ayniqsa, Yangi O‘zbekistonni yangi yoshlari yuksak ma’naviyatli, yuksak bilimli, yuksak didli, yuksak farosatli, yuksak aqlli, bilimli, yetuk mutaxassis bo‘lishi zarur.
I-BOB. MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYAT RIVOJIDAGI AHAMIYATI
1.1. Ma’naviyatning jamiyat, inson hayotida tutgan o‘rni va roli
Ma'naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng baquvvat ma'naviy-ruhiy omildir.
Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya'ni yuksak ma'naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta'minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma'naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma'naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
«Ma’naviyat»ning mohiyati, predmeti, tushunchalari va rivojlanish qonuniyatlariga bag‘ishlanib respublikamiz ziyolilari o‘rtasida qizg‘in munozaralar olib borilmoqda. Bunga sabab ma’naviyatning ko‘p qirrali tushuncha ekanligidir. U inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko‘zga tashlanuvchi zoxiriy va yashirin, ichki ruhiy – botiniy tomonlarini ham qamrab olganligidadir. Hozirgi kunda ham munozaralar davom etmoqda va matbuotda ushbu mavzuga bag‘ishlab ko‘plab maqola va mulohazalar e’lon qilinmoqda, kitoblar chop etilmoqda. Ularda ma’naviyat, uning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati xaqida fikrlar bildirilmoqda.
Lekin aksariyat hollarda ma’naviyat o‘zi nima, degan savolga aniq va lo‘nda javob topish qiyin. Unga har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama qarshi, noaniq sayoz javob va fikrlar bildirishmoqda.
To‘g‘ri, “Ma’naviyat” tushunchasiga ilmiy, falsafiy, adabiy, axloqiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarni keltirish mumkin. Umuman, o‘zida juda chuqur va keng qamrovli ma’no-mazmunini mujassam etgan bu tushunchaga har qaysi muallif o‘zining falsafiy yondashuvi, siyosiy qarashlari va e’tiqodi, ongu tafakkuridan kelib chiqqan holda turlicha ta’rif va tavsiflar berib kelayotganliklarini ko‘ramiz. Unga ham bir tabiiy hol sifatida qaramoq lozim.
Bu masala bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda, kundalik matbuotda bir biridan farq qiladigan fikr-mulohazalarda, ta’riflarda har qaysi muallifning o‘ziga xos dunyoqarashi, mushohida tarzi o‘z ifodasini topgan.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, keyingi yillarda mazkur mavzuda olimlarimiz tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlarda “Ma’naviyat ” tushunchasi va uning tamoyillariga o‘ziga xos izoh va ta’riflar berib kelinmoqda.
Bunga sabab “Ma’naviyat” tushunchasi keng ma’noda jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etgan ijtimoiy-ma’naviy hodisa ekanligidir.
Aslida ma’naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng baquvvat ma’naviy-ruhiy omil hisoblanadi. Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Ma’naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi uchun ham, yuqorida ta’kidlaganimizdek uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul. Ma’naviyat ko‘proq inson qalbiga, botiniy dunyosiga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu ma’noda ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo‘q. Ma’naviyat shunday sehrli tilsimki, uni tugal yechishga bashar qudrati yetmaydi. Shunday ekan, «ma’naviyat» tushunchasiga bir yo‘la mukammal ta’rif berish murakkab hisoblanadi.
«Ma’naviyat» tushunchasi haqida oldingi mavzularda to‘xtalganimizni hisobga olib, bu yerda uning tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi tushunchalar haqida to‘xtalamiz.
«Ma’naviyat» ham boshqa fanlar kabi o‘zining mustaqil tarkibiy qismlariga egadir. Ularni madaniyat, madaniy va ma’naviy meros, mafkura, qadriyat kabilar tashkil qiladi. Aslini olganda, ma’naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo ular bitta narsa emas, biri ikkinchisidan farq qiladi.
Shuning bilan birga ular bir-birini to‘ldirib turadilar. Madaniy va ma’naviy meros haqida ham shunday deyish mumkin. Shu sababdan avvalo madaniyat va uning turlarini tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki, madaniyatni, xususan ma’naviy madaniyatni bilmasdan, o‘rganmasdan turib, ma’naviy meros to‘g‘risida gapirish ancha mushkul, inchunun ma’naviy meros ma’naviy madaniyat doirasiga kiradi.
Shunday ekan madaniyat nima? Madaniyat tushunchasini izohlashga bag‘ishlangan ko‘p ilmiy adabiyotlar mavjud. Madaniyat tushunchasiga berilgan ta’riflar soni 260 tadan oshib ketgan. Mualliflar madaniyat tushunchasiga o‘rganayotgan sohalari nuqtai-nazaridan yondoshgan holda ta’rif berib qolmoqdalar.
Bunga sabab, madaniyatning ko‘p qirrali, murakkab ma’naviy-ijtimoiy hodisa ekanligi, uning inson va jamiyat hayotining barcha qirralarini qamrab olganligidir.
Madaniyatga berilgan ta’riflarda mualliflarning fikrlarini umumlashtiruvchi tomonlar mavjud. Shu jumladan, ularni umumlashtiradigan bo‘lsak, madaniyat tushunchasi keng ma’noda insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan va yaratayotgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning yig‘indisini ifodalaydi.Ko‘rinadiki madaniyat insonning moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va o‘zlashtirishdagi faoliyatini o‘z ichiga oladi.
U insonning ichki ruhiyati, aql-idroki, iste’dodi va jismoniy mehnati bilan yaratilgan barcha narsalarni qamrab oladi. Yuqorida aytilganidek, madaniyat juda murakkab, ko‘p qirrali ma’naviy-ijtimoiy hodisa bo‘lib, ijtimoiy hayotning moddiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa sohalarni, inson mehnat faoliyatining barcha samaralarini o‘zida mujassam etadi. Sirasini aytganda, xalq ommasi tomonidan yaratilgan hamma moddiy va madaniy-ma’naviy boyliklar madaniyatga kiradi.
Madaniyat deyilganda, mehnat qurollarini yaratish va ulardan foydalanish, fan-texnika yutuqlari va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish, kishilarning ishlab chiqarish va ijtimoiy ko‘nikmalari, mehnatni ijtimoiy tashkil etish, salomatlikni saqlash ishini yo‘lga qo‘yish, aholi o‘rtasida bilimlarning yoyilish darajasi va ma’lumot, umumiy, umumiy majburiy va oliy ta’limni amalga oshirish, adabiyot va san’at asarlari, ijtimoiy, falsafiy, diniy g‘oyalar va shu kabilar nazarda tutiladi. Ko‘rinadiki, madaniyat odamzod aql-idrokining eng yuksak cho‘qqilarigacha bo‘lgan narsalarning hammasini qamrab oladi. U inson faoliyatining faqat moddiy natijalarinigina emas, shu bilan birga kishilarning mehnat jarayonida voqe bo‘ladigan bilim boyliklari, tajribalari, qobiliyatlari, ishlab chiqarish va kasb malakalari, o‘zaro munosabatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Ma’naviyat va mafkura bir-birlari bilan mustahkam bog‘langandir. Ma’naviyat insonning ruhiyati, o‘zini – o‘zi anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo‘lsa, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» konsepsiyasida ko‘rsatilishicha «Mafkura … muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsadmuddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujjasam etadigan g‘oyalar tizimidir».
Mafkuraning ma’naviyatda tutgan o‘rni shundaki, u inson, jamiyat, yoxud millat yoki guruhlarning intilishlari, ruhiyatlari va kayfiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ma’naviyat singari mafkuraning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir.
Mafkura jamiyat taraqqiyotida quydagi vazifalarni bajaradi: birinchidan, davlat rivojlanishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy – ma’rifiy sohalaridagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi; ikkinchidan, bir davlat, bir mamlakat miqiyosida barcha fuqarolarni, turli millat, elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat qiladi; uchinchidan, davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib etadi; to‘rtinchidan, davlat doirasida yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatini faollashtiradi va ularni jamiyat maqsadlariga yo‘naltiradi; beshinchidan, xalqning orzuumidlarini o‘zida ifoda ettiradi, jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun butun jamiyat va fuqarolarni harakatga keltiradi; oltinchidan, mafkura jamiyatda ma’lum siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy – ma’rifiy qarashlarni shakllantiradi.
Har qanday shakldagi tafakkur, bilish jarayoni tasavvurlar, tushunchalar, kategoriyalarning tarkib topishiga olib keladi. Inson tasavvur, tushuncha, kategoriyalar yordami bilan fikr yuritadi, deganda u o ‘z ongi yordamida muayyan hayotiy jarayon, o‘zgarishlarni aks ettirishda ulardan foydalanishi nazarda tutiladi. Demak, har bir tasavvur va tushuncha ayni vaqtda voqelik hodisalarining u yoki bu jihatlarini aks ettiradi, binobarin, inson ular orqali olamni biladi, so‘ngra ulam i boshqa kishilarga yetkazmoq uchun til shakllariga kiritadi.
Shubha yo‘qki, atrofimizni tabiat hodisalari, predmetlari, inson tom onidan yaratilgan jism va buyumlar qurshab olgan. Bu olam o ‘zining nihoyatda xilm a-xil shakllari, ranglari, jarayonlari, makoniy munosabatlari bilan inson hissiyotiga ta ’sir etib turadi, sezgilarida aks etadi.
Moddiy olamning alohida olingan ushbu narsalari, ularning o‘zaro munosabatlari inson ongi tom onidan bilib olishga da’vat etiladi, tafakkurimizda so‘z va til hodisalarini yuzaga keltiradi. Yana shunday olam ham mavjudki, bu inson ruhi, insonning Ma’naviy olami, tarixning katta yutug‘i sifatida olib qaraladigan insoniyatning Ma’naviy hayotidir.
Ma’naviyat ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi bo‘lib, uning alohida sohasini tashkil etish bilan birga moddiy hayot singari obyektiv reallikka ham egadir. Ma’naviyat, Ma’naviy hayotning jamiyat hayotida tutadigan o‘rni haqida so‘z yuritishdan oldin «ma’naviyat» atamasining mazm unini aniqlab olish lozim.
«Ma’naviyat»ning o‘zagini «ma’no», «ma’ni» so‘zlari tashkil etishi haqida adabiyotlarda to‘xtab o‘tilgan. Tekshiruvchilarning fikricha, «ma’naviyat» atamasi, bir tomondan, arabcha «ma’ni» o‘zagidan hosil bo‘lgan. Ilk islom islohotchilari ta’limoticha, Kalom bir talay qismlarga bo‘lingan.
Ma’naviyat muammosi juda ham murakkab va serqirrali bo‘lganligi sababli unga berilgan ta ’riflar ham rang-barangdir. Bunda quyidagicha manzaraga duch kelamiz: Ma’naviyat deganda — shaxsiy ong; kishilarning ruhiy faoliyati; axloq, nafosat va nazariy qadriyatlar yig‘indisi, haqiqat va himmat hamda go‘zallikning qiyomi; insonning his-tuyg‘ulari; insonning jam iki axloqiy qadriyatlari yig'indisi kabilar tushuniladi. Keltirilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, Ma’naviyat bepoyon, cheksiz borliqning inson ruhida aks etishidir.
Demak, ma’naviyat ko‘p qirrali qadriyatdir. «Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, xalq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, erkinlik — ma’naviyatning ana shunday ma’nosi keng. Inson o‘zini xalqning bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o ‘ylab, mehnat qilib yashagandagina Ma’naviyat bilan tutashadi».
1.2. Ma’naviy meros – ma’naviyat rivojlanishining asosi
Ma’naviy merosni izohlashdan oldin umuman sivilizatsiya, meros, xususan, madaniy meros, ma’naviy meros tushunchalarining nisbati, xususiyatlari, farqlarini bilib olishimiz lozim bo‘ladi. Chunki ma’naviy meros umuman merosning, xususan madaniy merosning tarkibiy qismi sanaladi. Madaniy merosni tushunmasdan ma’naviy merosni ham tushunish qiyin. Bu tushunchalarda umumiylik bo‘lsa ham, ular birday emas, o‘zaro qaysi bir jihatlari, xususiyatlari bilan farqlanadi. Bundan oldingi masalada ko‘rganimizdek har bir jamiyat va davr o‘z madaniyat tipiga ega bo‘ladi.
Jamiyat, davr o‘zgarishi bilan uning madaniyat tipi va ma’naviyatida ham o‘zgarish, yangilanish bo‘ladi, ammo madaniy taraqqiyot uzilib qolmaydi, ilgarigi madaniyat, sivilizatsiya yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki madaniy meros sifatida saqlanib qoladi. Meros insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga yetib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari majmuidir.
Madaniy meros ham meros doirasiga kiradi, ammo undan biroz farq qiladi. O‘tmishdagi barcha madaniyat yodgorliklari meros sifatida saqlanib qolishi mumkin, lekin ularni hammasi ham madaniy qadriyatga ega bo‘lavermaydi. Madaniy merosda kishilikning kelgusi taraqqiyotiga, ma’naviy yuksalishga xizmat qiladigan, unga ijobiy ta’sir qiladigan, qadriyat ahamiyatiga ega bo‘lgan tomonlar hisobga olinadi.
Qadriyatlar ham ma’naviyatning tarkibiy qisimlaridan birini tashkil etadi. Ular ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanib boradi.
Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, avvalo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.Tabiat va jamiyat hodisalari insonning moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish, yaratuvchanlik faoliyati tufayli, uning ehtiyojlarini qondirish natijasida qadriyatlilik ahamiyatiga ega bo‘ladi.
Odamlarning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, ularning orzu-istaklari, intilishlariga mos kelmaydigan, tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyatlar sirasiga kiritish noo‘rindir.
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo‘lar ekan, u nafaqat bugungi madaniy boyliklarga, qadriyatlarga, zamonaviy tamoyillarga, shu bilan birga xalqimizning ko‘p asrlik Ma’naviy merosiga ham tayanadi.
Mustaqillik ma’naviyati o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Jamiyat rivojlanishining o ‘z qonunlari mavjud b o ‘lib, m ustaqillik Ma’naviyatining shakllanish jarayoni ham ana shularga asoslanadi.
Ma’lumki, ma’naviyatning subyekti, ya’ni yaratuvchisi, ijodkori ham, uni iste’mol qiluvchisi ham insondir. Ma’naviyatning vujudga kelishi va rivojlanishida biz uning ikki muhim jihatiga e ’tibor berishimiz lozim; birinchidan, har qanday Ma’naviyatning shakllanishi avvalambor kishilarda, jamiyatda unga bo‘lgan ehtiyoj va talablarni qondirish asosida vujiidga keladi. Jamiyatda shu ehtiyoj, talablar shakllanmaguncha ma’naviyat ham, madaniyat ham vujudga kelmaydi.
Demak, Ma’naviyat ijtimoiy ehtiyoj, talab, xohishni ifodalab, kishilar, guruhlar, umuman jamiyatning ongli ijodiy faoliyati asnosida voqelikka aylanadi. Ikkinchidan, jamiyatda vujudga kelgan ehtiyoj va talablarni qondirish maqsadida kishilar madaniy faoliyatga kirishadi, bu esa, tabiiyki, quruq, b o ‘sh yerda vujudga kelmaydi.
Har qanday ma’naviyat, eng avvalo, jamiyatda avval erishilgan muayyan bilimlar, tajribalarga ham da o‘tm ish avlodlardan bizgacha yetib kelgan Ma’naviy merosga tayanadi. Ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida Ma’naviyat sohasida erishilgan bilimlar va tajribalar undan keyingi avlod uchun tarixiy tajriba, xotira bo‘lib xizmat qiladi. Bu tarixiy vorislik deb atalib, taraqqiyotning turli bosqichlari o‘rtasidagi uzluksizlik va uzviylikni ta’minlaydi, Ma’naviyatning ichki rivojlanish qonuni bo‘lib yuzaga chiqadi.
Har bir muayyan tarixiy davrda yaratilgan Ma’naviyat boyliklari yig‘indisi esa ana shu tarixiy vorislikning muayyan ko‘rinishlari bo‘lib, har bir xalq va millatning Ma’naviy merosini tashkil etadi.
Ma’naviy vorislik yangi avlod tom onidan o‘tmish Ma’naviyati va uning nam unalaridan ijodiy foydalanishnigina emas, balki shu bilan birga ularning kelgusi qadriyatlar shakllanishiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan samarali ta ’sirini ta’minlashni ham bildiradi.
Bu ta’sir ma’naviy ta ra q q iy o tn in g ichki mantiqqa va nisbiy mustaqillikka ega ekanligini ko‘rsatadi, busiz kishilik tarixida yuz beradigan Ma’naviy va madaniy yuksalishning mohiyatini tushunish mumkin emas. Tarixiy vorislikka xos qonuniyatlarning buzilishi mazkur jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘tmishda yuz bergan Ma’naviy merosga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, uni kamsitish, nigilistik nuqtayi nazardan yondashish, mohiyatan, ma’naviyatning ichki rivojlanish qonunlariga zid ekanligi ma’lum.
Sobiq Ittifoq davrida kommunistik mafkura ma’naviy merosga munosabat masalasida o ‘zining qat’iy mezonlarini o‘rnatib, sof sinfiylik, partiyaviylik, kurashchan ateizm tamoyillarini mutlaqlashtirdi, unga to ‘g‘ri kelmagan har qanday g‘oya, qarash, fikr man etildi. Shuning oqibatida o‘tm ishda xalqimiz tom onidan yaratilgan son-sanoqsiz ma’naviy boyliklarimiz qoralanib, yo‘q qilib yuborildi. Shu munosabat bilan qadimgi yunon afsonasini eslash o‘rinlidir.
Aytilishicha, tog‘lar orasidan o ‘tadigan yagona g‘or yo‘lida turib olib hech kimni o‘tkazmayotgan yovuz Prokrustning andozali temir karavoti bo‘lgan ekan. Prokrust yo‘lovchilarning barini o‘sha karavotga yotqizib ko‘rib, keyin o‘tkazar ekan. Bo‘yi yetmasa, cho‘zib o‘ldirar, agar karavotdan bo‘yi oshib ketsa, sig‘magan qismini qirqib tashlar ekan.
Kommunistik mafkura ham o‘tmish Ma’naviy merosga nisbatan xuddi shunday tartibni qo‘llaganligi sir emas. Xalqimiz tarixida yaratilgan juda ko‘p noyob ma’naviy boyliklarimiz, diniy qadriyatlarimiz zararli deb topildi.
Ma’naviyatimiz tarixida o‘chm as iz qoldirgan buyuk Amir Temur, Husayn Boyqaro, Umarxon, Feruz shoh bo‘lganliklari uchun inkor etildilar. Xalqimizning milliy m ustaqilligi, milliy m adaniyatim iz ravnaqi uchun kurashgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori, Elbek, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosirlar qoralanib, xalq dushmanlari deb e’lon qilindi.
O‘zbek xalqi o‘z ma’naviy merosi bilan haqli ravishda mag'rurlansa arziydi. Uning ildizlari juda chuqur bo‘lib, uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Faqat qo‘lyozma va toshbosma asarlarning o‘zidan respublikamizda necha o‘n minglab asrab qolingan bo‘lib, ular Toshkentda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Qo‘lyozmalar instituti, Diniy nazorat va O‘zbekiston Milliy universiteti (Toshkent Davlat universiteti) fondlarida saqlanmoqda.
Bular IX— XX asrlarda yozilgan va fanning barcha muhim sohalariga: matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, mineralogiya, fiqh (musulmon qonunchiligi), falsafa, tarix, adabiyotga oid asarlardir. «Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi».
O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi shakllanayotgan yangi m a’naviyatimizning negizini, poyde-vorini tashkil qiladi. Ma’naviy merosimizda xalqimizning asriy orzu-intilishlari, bilimlari va hayotiy tajribalari mujassamlashgan bo‘lib, u o‘zligimizni anglash, milliy tiklanish va rivojlanishimiz uchun qudratli tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy istiqlol mafkurasi ham ma’naviy merosimizga tayangan holda shakllanadi, ayni vaqtda uning yanada rivojlanishida muhim m a’naviy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ma’naviy meros xalqning muqaddas xotirasi bo‘lib, uning kishilik tarixi va m a’naviy taraqqiyotidagi tutgan o‘rnini belgilab beradi.
Ma’naviy merosga ilmiy munosabatni shakllantirishda, eng avvalo, unga aksiologik mezonlarga tayangan holda yondashish taqozo qilinadi. M a’naviy merosni qadriyatlar nuqtayi nazaridan tahlil qilish har bir muayyan qadriyatning taraqqiyotdagi o‘mini to‘g'ri baholab, uning milliy istiqlol m a’naviyatini shakllantirishda qay darajada xizmat qila olishini belgilashga imkon beradi.
Ma’naviy meros va milliy qadriyatlarga aksiologik yondashuvning, bizningcha, to‘rtta asosiy mezoni mavjud bo‘lib, ular: insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik va taraqqiyparvarlikdir. Insonparvarlik m a’naviyat va madaniyat uchun universal mezon bo‘lib, u m a’naviy merosning har bir muayyan hodisasi, qadriyatning inson uchun, uning aqliy va hissiy kamoloti, erkin yashashi, ozodligi uchun qay darajada xizmat qilishi va qay darajada ahamiyatliligini aniqlashga imkon beradi.
Ma’naviy meros jamiyatda alohida olingan inson uchimgina emas, balki butun jamiyat, xalq uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ma’naviy merosni baholaganda umummilliy manfaatlardan kelib chiqish lozim. M a’naviy merosga aksiologik yondashganda xalqparvarlik va vatanparvarlik mezonlari ham asosiylardan bo‘lib hisoblanadi.
Xalqparvarlik — ma’naviyatning millatda milliy g‘urur, iftixor tuyg'usini shakllantirishga, uni milliy nomukammallik, nochorlik, bechoralik tuyg‘usidan xalos qilishga, xalq sifatida tub manfaatlarini ariglashga xizmat qiladigan g‘oyaviy mazmunidir. Xalqparvarlik haqidagi g‘oyalar vatanparvarlik tamoyiliga ham taalluqlidir. Bu ikki tushuncha bir-biriga judayam yaqin, chunki xalq va vatan manfaatlari bir butundir. Biroq, ayni paytda, vatanparvarlik ongli ravishda ijtimoiy faollikni, fuqaroviy burchga sodiqlikni taqozo etadi. U yoki bu qadriyatlarning qay darajada O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilishida vatanparvarlik mazmuni m a’lum bo‘ladi.
Haqiqiy qadriyat vatanni seVishga, uni ardoqlashga, Vatan ravnaqi, ozodligi uchun jonini fido qilishga tayyor fuqarolami tarbiya qiladi.
Binobarin, «Vatan ravnaqi, awalo, uning farzandlari kamoliga bog‘liq» (Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. 50-bet). Taraqqiyparvarlik ham insonparvarlik kabi asosiy mezondir. Haqiqiy insonparvarlik, xalqparvarlik hech qachon taraqqiyparvarlikka zid kelmaydi.
Taraqqiyot — taraqqiyot uchun emas, balki inson, xalq va millat manfaatlari uchun xizmat qilmog‘i darkor. Taraqqiyotga erishaman deb, insonga yoki Vatan manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin emas. Taraqqiyparvar qadriyatlar dunyoviy bilimlarga asoslangan boiib, ilm-fan, texnika rivoji, jamiyatning iqtisodiy- ijtimoiy ravnaqi, milliy xalq xo‘jaligimizni jahon xo‘jaligiga mos ravishda rivoj toptirishda asosiy omillardan bo‘lib hisoblanadi.
Ma’naviyatning rivojlanishining ichki rivojlanish qonuni bilan bir qatorda uning taraqqiyotiga ta’sir etuvchi tashqi оmillar ham mavjuddir.
Jamiyat taraqqiyotining har bir muayyan bosqichidagi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar m a’naviyat va madaniyat taraqqiyotiga har taraflama salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, inson ma’naviyat va madaniyatni yaratishda o‘z ichki istaklari ta’sirida harakat qilsa ham, lekin uning ijodiy faoliyati o‘zi yashab turgan jamiyat bag‘rida ma’lum ijtimoiy sharoitlarda amalga oshadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, ma’naviyat va madaniyat taraqqiyotini ijtimoiy, tarixiy jarayondan uzib olib, undan ajratilgan holda, ijtimoiy hayotda yuz berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, texnikaviy muammolar bilan bog‘lamasdan turib tushuntirib bo lmaydi.
Binobarin, bulardan tashqarida m a’naviyatning yashashi ham, rivojlanishi ham mumkin emas. Ma’naviyatning rivojlanishi yoki sekinlashishi, taraqqiy etgan yoki tushkunlikka uchragan davrlari hamma vaqt m a’lum tarixiy shartsharoitlar bilan bog‘langandir.
Bu quyidagilarda aniq, yaqqol ko‘zga tashlanadi: Markaziy Osiyo xalqlari IX—XV asrlarda yuz bergan Uyg‘onish harakati davrida m a’naviyatning turli sohalarida olamshumul tarixiy yutuqlarni qo‘lga kiritib, jahon sivilizatsiyasi va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Lekin istilochilik urushlari tufayli XIII asr boshlarida bu xalqlar m o‘g‘ullar zulmi ostida qoldi. 150 yil davom etgan mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Markaziy Osiyo shahar va qishloqlari xarobaga keltirildi, madaniyati yondirildi, kuydirildi, vayron qilindi. Ilm-fan va madaniyat ahli o ‘z vatanini tark etib, o ‘zga yurtlarga panoh izlab ketdilai. Ma’naviyat bu davrda tushkunlikka uchradi, Uyg'onish harakati uzilib qoldi. Faqat XIV asrning 60—70 yillariga kelib Amir Temur Movarounnahrda uzoq davom etgan m o‘g£ullar zulmiga barham berib, mustaqil, yagona davlatni barpo etgandan so‘ng Uyg'onish harakatining ikkinchi yuksak bosqichi boshlanishi uchun siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, m a’rifiy, g‘oyaviy shart-sharoitlar vujudga keldi. M arkaziy Osiyo xalqlari U yg‘onish h arak atin in g bu davri «Temuriylar davri madaniyati» nomi bilan jahon tarixiga kirdi. Tashqi omillarning madaniyat rivojlanishiga ta’sirini quyidagi misolda yanada ochiqroq ko‘ramiz.
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida uning tarkibiga kirgan xalqlar ma’naviy va madaniy qadriyatlarining ravnaq topishiga kommunistik mafkuraga asoslangan siyosatning olib borilishi salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sovet xalqining birligi, yaxlitligi, xalqlarning bir-biriga yaqinlashib, oqibat-natijada qo‘shilib ketishi, intematsional birlik haqidagi g‘oyalami amalga oshirish uchun intilish, shubhasiz, har bir xalqning o‘z milliy ma’naviyati va qadriyatlari rivojlanishiga to‘sqinlik qildi. 70 yil mobaynida bu siyosat milliy respublikalar xalqlarini o‘z m a’naviyati va qadriyatlaridan mahrum qilishga qaratilgan edi.
Bunday siyosat mazlum xalqlami asoratda va qaramlikda ushlab turishning eng qulay va oson yo‘li hisoblanar edi. Ma’naviyat va madaniyatning rivojlanish qonunlarini to ‘g‘ri tushunishda tarixni ilmiy nuqtayi nazardan idrok etishning ahamiyati kattadir.
Albatta, buni mavhum tarzda emas, balki makon va vaqtni hisobga olgan holda fahmlab m a’naviyat shakllarining u yoki bu turining o ‘ziga xos xususiyatlariga qarab tadbiq qilish lozim. Ma’naviyatning rivojlanishiga xalqning moddiy hayot darajasi, uning moddiy farovonligi, tegishli moddiy-texnika bazasining mavjudligi ham muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviyatning rivojlanishida jamiyatning intellektual (aqliy) im koniyatlarining mavjudligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Ma’naviyatning ijtimoiy jarayonlar bilan aloqasi murakkabdir. Respublikamizda ma’naviyatni rivojlantirish masalalariga davlatning o‘zi homiylik qilib, bosh islohotchilik rolini bajarmoqda.
Mustaqillik yillarida m a’naviyatning turli sohalarini rivojlantirish haqida Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi. Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, uning joylardagi boiinm alari tashkil etildi. Markaz qoshida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg'armasi tuzildi.
Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlaming hal qiluvchi omili bo‘lib xizmat qilmoqda.
Milliy m a’naviyatimizni shakllantirishda uning o‘ziga xosligini tiklash va taraqqiy ettirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu ma’naviyat xalqimizning uzoq asrlar davomida vujudga kelib rivojlangan, hayotga singib ketgan tarixiy an’analari, urf-odatlari, axloqiy o‘gitlari, boy madaniy va ma’naviy merosiga, qadriyatlariga asoslanib rivoj topmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, hech bir kishi respublikamiz hayotiga, jamiyatimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarga befarq qaramasligi, ularga nisbatan loqayd munosabatda bo‘lmasligi kerak. Har bir fuqaro mustaqil davlatimiz bilan mag‘rurlanishi, o‘z davlatining mustahkamlanishi va gullab-yashnashi uchun shaxsiy hissa qo‘shish hissi bilan yashashi lozim. O‘z -o‘zini rivojlantirishga, o‘zini kamol toptirishga intilish esa insonning g‘ururini, uning haqiqiy fazilatlarini yuksaltiradi. Vatan va xalq oldidagi burchni anglash m a’naviyatning muhim belgisidir.
Ma’naviy barkamol kishi o‘zi qilgan ishlari, hayot va turmush tarzi bilan boshqalarda havas uyg'otadi, hayotda iz qoldirishga intiladi. Mustaqillik yillarida erishilgan dem okratik yangilanishlar natijasida milliy m a’naviyat va axloqning tiklanishi uchun barcha sharoit yaratildi, xalqning tarixiy ruhi uyg'ondi, milliy g'urur, ona zaminga mehr-m uhabbat tuyg'ulari kamol topmoqda.
II-BOB. OILA, ADABIYOT VA SA’NATNING SHAXS MA’NAVIYATINING RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
2.1. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati.
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari kо‘p. О‘zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, о‘z ahamiyatini hech qachon yо‘qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri – ota-onani yuksak darajada e’zozlash, hurmatini joyiga quyishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan kо‘ra mehribon, aziz va mo`tabar zot yо‘q. Ota-ona farzandlarning suyanchig`i, bitmas-tuganmas boyligidir.
Ota-ona о‘z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari ham ana shunda. О‘zbek xalqi odob-axloqi bо‘yicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan о‘tish gunoh hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beо‘lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bо‘lish, duolarini olish – bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir.
Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek ota-onani hurmat qilish «…farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bо‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bо‘lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan – birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning sо‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, «adab» sо‘zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil».
Tan olishimiz kerakki, shо‘rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Ba’zi yoshlarimizda о‘zlaridan kattalarni, nuroniy qariyalarni hurmat qilish, ularning nasihatlariga quloq solish singari yuksak ma’naviy fazilatlar yо‘qolib ketayotgani sezilmoqda. Ehtimol, boshqa millat kishilari bunga unchalik e’tibor berishmas, lekin biz, о‘zbeklar buni his qilmay ilojimiz yо‘q.
Keksalar uchun ajratilgan uylarda farzandlari tirik о‘ziga tо‘q bо‘lgan ota-onalar yashayotganligiga toqat qilib bо‘lmaydi. Gohi-gohada bо‘lsa ham, ota-onaga qо‘l kо‘tarish, undan ham og‘irroq jinoyat qilish hollari sodir bо‘lib turganligini eshitib turibmiz! Bu — oddiy nuqson emas, balki uchiga chiqkan tubanlik bag‘ritoshlik milliy qadriyatlarimizni oyoq-osti qilish, о‘z insoniyligini yо‘qotishdir. Milliy qadriyatlarimizga, о‘zbek xalqining sha’niga dog‘ tushuradigan bunday yaramas hodisalar zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol paydo bо‘lishi tabiiy.
SHо‘rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning о‘gitlari, pand-nasihatlari, ajoyib an’analarimiz targ‘ib qilinish о‘rniga nuqul qoralandi, yomon otli qilindi, bid’at, xurofot, deb baholandi. Milliy tarbiya borasidagi merosimiz о‘rganilmadi, targ‘ib etilmadi. Ularning о‘rniga ta’lim-tarbiya borasida Yevropa, Rusiya modelini kо‘klarga kо‘tarib maqtab, targ‘ib qilib, yoshlarimizni о‘z milliy qadriyatlarimizdan bebahra qilib qо‘ydik. Ana shu tufayli diniy-axloqiy, oila, qо‘ni-qо‘shni, mahalla-ko`ylar ta’siri kabi ta’lim-tarbiyaning hayot sinovidan о‘tgan bebaho boyliklaridan judo bо‘la boshladik. Mustaqilligimiz tufayli bularga chek qо‘yildi, bunday salbiy illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e’zoz, farzandlarga mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug‘laydigan, axloqiy, ma’naviy jihatdan gо‘zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz odamlar, ayniqsa yoshlar qalbidan о‘rin ola boshlagani quvonchli bir holdir. Mustaqil О‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va mas’uliyatlari nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy g‘oya va qoidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar о‘z ota-onalari haqida g‘amhо‘rlik qilishga majburdirlar.
Xullas, har bir farzandning о‘z ota-onasini e’zozlashi farzandlik burchi va jamiyat oldidagi mas’uliyati sanaladi. Ota-onani e’zozlashning quyidagi sharqona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik burchimizdir. Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib qо‘yish, kasal bо‘lganda shifokorga kо‘rsatish, kerakli dori-darmonni keltirib berish, doimo hol-ahvol, sihat-salomatliklarini sо‘rab turish, ota-ona oldida «uh» tortmaslik gerdaymaslik lozim bо‘ladi. Ota-ona norizo bо‘lgan ishni qilmaslik, aroq ichma, yomonlarga qо‘shilma, desa uni qilmaslik va qо‘shilmaslik kerak bо‘ladi. Kо‘chada yurganda otadan oldin yurmaslik, otadan avval ovqatga, dasturxonga qо‘l uzatmaslik, otadan avval о‘tirmaslik, otadan kо‘ra poygakda o`tirish lozim. Otaning oldida oyoqni uzatib, yonboshlab olish bizning axloq-odobimizga kirmaydi. Ota-ona chaqirganda labbay deb javob qaytarish, nima ish qilayotgan bо‘lsa, hech ikkilanmasdan darrov ularga javob berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona о‘z farzandidan rozi bо‘ladi. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi о‘ngidan kelaveradi, oldiga qо‘ygan maqsadiga erishadi.
Ota-onasi norizo bо‘lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining barakasi bо‘lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-onaning roziligini, oq fotihasini olishda hikmat kо‘p. Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir hovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun poydevor qо‘yish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo, nima eksang shuni o`rasan, siz ota-onangizga nima qilgan bо‘lsangiz, u sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bо‘lsa neajab!
Endi ota-onani hurmat qilishning ulug‘vorligi haqidagi ba’zi ibratli fikrlarni hadislardan keltirib о‘tamiz. «qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Olloh taolo undan rozi bо‘lmaydi»; «Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatdagi daraxt) nasib bо‘lib, Olloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi»; «Uch toifa kishilarning duosi, hech shubhasiz, Olloh taologa maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi»; «Ota-onalarning keksaygan vaqtda har ikkisini yoki biri bо‘lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bо‘lib olmagan farzand xor bо‘lsin, xor bо‘lsin, va yana xor bо‘lsin»; «Ota-onaga itoat qilish – tangriga itoat qilishdir. Uni oldida gunoh qilish tangri oldida gunoh ish qilish bilan barobardir» va boshqalar.
Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-onaning ham farzand oldidagi burchi nihoyatda katta va mas’uliyatlidir. Farzandlarning kelajakda qanday ma’naviyat egasi bо‘lishi kо‘p jihatdan ota-ona, u bergan tarbiyaga bog‘lik. Har bir ota-ona farzandi oldida о‘z otalik, onalik burchini tо‘liq his etishi, unga javobgarligini ma’nan anglab yetishi kerak.
Sobiq shо‘rolar davrida uzoq vaqt milliy va ma’naviy tarbiya chetga surib qo`yildi. Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona mas’uliyati pasayib ketganligi hech kimga sir emas. Vaholanki bola, о‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda muhim ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-ona yaxshi bilishi foydadan holi bо‘lmaydi.
Birinchisi – nasl tarbiyasi, ya’ni bola tarbiyasi. Bola tug‘ilmasdan oldin boshlanishi kerak. Ya’ni bо‘lg‘usi ona va otaning sog‘ligi, farzand tarbiyalashga mas’ulligini hisobga olish lozim bо‘ladi. Bu – bola, farzand kо‘rishni istagan ota-onaning bо‘lajak farzandlari taqdiriga mas’uliyat bilan qarab, о‘zlarining salomatliklarini yaxshilashlarini nazarda tutadi.
Ikkinchi bosqich – homiladorlik davridagi parvarish. Bu masala о‘ta muhim, о‘ta ahamiyatlidir. Rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik davri tug‘ilajak inson taqdirining 60 foizini belgilashi kо‘zda tutiladi. Bu davrdagi chora-tadbirlar aksariyat ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi.
Uchinchi davr bola tug‘ilgandan to 6-7 yoshgacha bо‘lgan davr. Shu davrga kelib, bola ma’naviyatining asosiy kurtaklari shakllanib bо‘ladi. Sо‘ng ana shu ma’naviy kurtaklarni parvarishlash va yanada rivojlantirish davri boshlanadi.
Ma’naviy barkamollik balki, beshikdagi allaning mazmunidan, bolani kiyintirish-u uni halol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin. Hazrati Bahouddin Naqshband aytganlaridek insondagi yaxshi fe’llar, amollar halol luqmadandir.
Demak ota-ona farzandini halol luqma bilan boqsa, u farzand ma’nan pok va halol bо‘lib voyaga yetadi. Biz shо‘rolar zamonida buni unutayozdik, ahamiyat bermadik, boz ustiga tarbiyani ham tuzum о‘z manfaatlariga moslashtirib, uni о‘z qо‘liga oldi.
Xulosa shuki, bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek u hali tug`ilmasdan ota, ona va butun oila a’zolari hamjihatligida boshlashimiz lozim bо‘ladi. Olamda barcha narsa juft-juft bо‘lib yaratilgan. Juft bо‘lib yashash tabiat qonuni, taqozosi. Lekin oila bо‘lib yashash barcha maxluqotlar orasida faqat odam nasliga xosdir.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi bо‘rini, zarrachasi. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Er va xotin – ikki tirik vujudning, ikki olamning о‘zaro ittifoqidan paydo bо‘lgan uchinchi bir olam – bu oiladir. Agar oila tinch-totuv, ahil bо‘lsa, olam tinch va obod. Aks holda, turmush dо‘zaxga aylanadi, oila zindonning о‘zi bо‘ladi, buning jabrini esa er va xotinning о‘zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham tortadi. Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muhim omil hisoblanadi.
Eng qadimgi odatimizga kо‘ra, о‘zbek oilasi ham tо‘ydan boshlanadi. Xalqimiz saxovatli xalq. Topganini el-yurt oldiga qо‘ysam, deydi. Xalqimizni tо‘ysevarlikda ayblab bо‘lmaydi. Agar ayblasak о‘z-о‘zimizni kamsitgan bо‘lamiz. To`y va ma’rakalarimizga о‘rinsiz tosh otish insofdan emas. Lekin tо‘y bahona soxta obrо‘ olishga intilish, kimosharga isrofgarchilikka yо‘l qо‘yishni oqlab bо‘lmaydi. Tо‘y va ma’rakalarda musobaqa emas, xayr-saxovat va ma’naviyat qadriyatlarini mustahkamlash ustuvor bо‘lgani yaxshi.
О‘zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan о‘ziga xos ichki qonun-qoidalari, axloqiy, ma’naviy mezonlari bor. Quyida biz shulardan ba’zilari, turmush uchun zarurlari haqida tо‘xtab о‘tishni lozim topdik. Zero bu oila qurish oldida turgan yoshlar uchun foydadan holi bо‘lmas, degan niyatdamiz.
Rizq-rо‘z tongda har bir odamga, oilaga ulashiladi. Kimki g‘aflat bosib, о‘rnida yotaversa, rizqidan quruq qoladi, deyiladi. Barvaqt turilsa, ish unumli, o`sha kun xayrli bо‘ladi….
Yuz-qо‘lni yuvmasdan hol-ahvol so`ralmaydi, yuz-qo`lni yuvgandan sо‘ng kichiklar kattalarga salom beradilar, ayollar nonushta tayyorlaydilar, qizlar-kelinlar hovli, eshik oldini supurib, suv sepib qо‘yadilar…
Ish yoki о‘qishga oilaning tabarruk yoshlilaridan fotiha olib ketilishi axloq-odob doirasiga kiradi, qaytganda, avval ularga uchrashib, salom beriladi, hol-ahvol sо‘raladi…
Oila odobiga kо‘ra katta yoshlilar bolalarga, balog‘atga yetgan farzandlar, kelinlar katta yoshlilarga ochiq-sochiq holda kо‘rinmaydilar, bachkana qiliq qilmaydilar, pardasiz sо‘zlarni aytmaydilar. Kо‘chaga uy kiyimida chiqilmaydi. O‘zbek oilasiiing fazilatlari kо‘p, qonunlarda belgilanmagan, ammo millatimizning qadriyatlariga aylangan tartib va talablari mavjud. Ularni farzandlarimiz о‘zlashtirishi ham farz, ham qarzdir.
Shunday qilib, oila – jamiyatning asosiy bо‘g‘ini. Oilada singdirilgan tarbiya, Vatan, el-yurt, mustaqillik, ozodlik haqida berilgan tushuncha, tasavvur bolaning murg‘ak qalbila bir umr muhrlaiib qoladi. Oila mustahkam, tinch, farovon, sog‘lom bо‘lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Oilaning jamiyatdagi о‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimatini anglab yetmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yaratolmaymiz». YA’ni ma’naviy sohadagi vazifalarimizni muvaffaqiyatli amalga oshira olmaymiz.
Shuning uchun ham mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, asosiy qonunimizning «Oila» deb atalgan 14-bobida quyidagi qoyidalarni о‘qish mumkin:
«63-modda» Oila jamiyatiing asosiy bо‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bо‘lish huquqiga ega…
64-modda. Ota-onalar о‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar…
65-modda. …Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi».
Mustaqil Respublikamizda Oila munosabatlariga alohida ahamiyat berilayotganligipi Oliy Majlisning birinchi chaqiriq о‘n birinchi sessiyasida «Oila kodeksi»ning qabul qilinishida ham ko`rishimiz mumkin.
Davlatimizning oilaning rolini oshirishga qaratilgan siyosati albatta farzandlarimizning ma’naviyati yuksaltirishida katta ahamiyatga ega bо‘ladi.
2.2. Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi.
Adabiyot va san’at asarlari mustaqil respublikamiz fuqarolari ma’naviy dunyosini boyitish, ularni gо‘zal narsalarning hammasidan bahramand qilish kabi ajoyib xususiyatlarga ega. Ma’naviyat, yuksak badiiy, jozibali adabiyot va san’at asarlari kishilar qalbiga tezroq yо‘l topish, estetik hissiyotiga kuchli ta’sir qilish, hayotiy voqea-hodisalarni chuqur mushohada etishga da’vat etish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun adabiyot va san’at asarlarining kishilarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdagi badiiy ta’sir etishdek vositalik xususiyatidan imkoni boricha kengroq foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar ichki — ruhiy dunyosiga emosional ta’sir kо‘rsata olishidadir. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san’atning ana shu xususiyatini hisobga olish muhimdir.
Ma’naviy tarbiyada о‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng foydalanish uning ta’sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil bо‘la oladi. Yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida Yusuf xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, CHо‘lpon, Usmon Nosir kabi mumtoz shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir. Ularning bizga qoldirgan boy badiiy-ma’naviy merosi о‘zining chuqur falsafiy mazmuni, axloqiy yо‘nalishi bilan ajralib turadi.
Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, tо‘g‘rilik, birovning haqiga kо‘z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik, vatanparvalik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma bilan kun kо‘rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur ma’naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan.
Ma’naviy tarbiyada Pirimqо‘l Qodirov, Odil Yoqubov, Sayd Ahmad, О‘tkir Hoshimov kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Hojiyeva, Omon Matchon kabi shoirlarimizning asarlaridan ham keng foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori, axloqi, ma’naviy dunyosi tо‘g‘risida suhbat, munozara о‘tkazish katta samara beradi.
Ma’naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta’sir etishda teatr san’atining ham roli, о‘rni va ahamiyati, ta’sir etish doirasi imkoniyatlari cheksizdir. Biz teatr san’atini ikki tomoni charxlangan shamshirga о‘xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga yorug‘lik olib kirsa, uni yuksak ma’naviylik tomon yо‘llasa, ikkinchi tomoni bilan inson qalbidagi nodonlik, jaholat, ya’ni, ma’naviyatsizlikka va jaholatga qarshi kurashadi.
Teatr san’ati boshqa san’at turlari kabi obrazli – badiiy tabiati bilan inson qalbiga emosional ta’sir kо‘rsatish, uning ruhiy dunyosiga chuqur kirib borish, shu orqali ma’naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega. Mustaqillikni mustahkamlash, kishilarni yuksak ma’naviylik ruhida tarbiyalashda teatr san’atining ana shu xususiyatidan unumli foydalanish zamon talabi. Afsuski, kishilarimiz, shu jumladan yoshlarimizning teatr, kino san’ati yoki san’atning boshqa turlariga bо‘lgan qiziqishi unchalik yetarli darajada emasligi kishini ajablantiradi.
Teatr voqeligimiz, kishilarimiz turmushi, intilishi, qiziqishi, xatti-harakatlarini hayajon bilan aks ettiradigan maydondir. U bir vaqtning о‘zida ham sо‘z, ham musiqa, ham xatti-harakat orqali inson qalbiga ta’sir etish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun teatr va kino san’atining bu xususiyatidan ma’naviy tarbiyada foydalanish katta samara berishi shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish lozim bо‘ladi.
Bunday asarlarni kishilar qalbiga kirib borishida televideniye imkoniyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Kishilarimiz «Otalar sо‘zi – aqlnini kо‘zi» kabi kо‘rsatuvlarni sabrsizlik bilan kutganidek ma’naviy yuksaklikka chorlaydigan, ya’ni jasorat va olijanoblikni, ma’naviy gо‘zallik va axloqiy poklikni, ulug‘vorlik, nafosat va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi badiiy yuksak adabiyot va san’at asarlariga muhtojdir. Chunki, ular ma’naviyatimizni yuksaltiribgina qolmasdan, shu bilan birga yoshlarimizga ilm egallashda, millat va vatanni taraqqiy ettirishda, fidoyilik kо‘rsatishda, zavq-shavq va ilhom bag‘ishlaydigan vositalarning asosiylaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining olib borayotgan amaliy ishlarini ham alohida ta’kidlash lozim bо‘ladi. Uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi bilimlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlar bilan Respublikamizning kо‘zga kо‘ringan adabiyot va san’at arboblarining uchrashuvlarini tashkil qilish, kо‘zga kо‘ringan olimlar ishtirokida turli ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish kabi о‘ta muhim ishlarni amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu kengash tomonidan ma’naviyat, tarbiya va ta’lim masalalariga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop risolalarni bosib chiqarayotgani va ularni yoshlar о‘rtasida keng targ‘ib qilayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu kengash о‘z faoliyati bilan mamlakatimizda tarbiya borasida olib borilayotgan umumiy ishga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari – о‘qituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, shifokorlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek mas’uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishish mumkin bо‘ladi.
Badiiy adabiyot bolalar uchun ilk tarbiya vositasi, ma’naviy-axloqiy boyliklarning bitmastuganmas xazinasidir. Bolalarga mo‘ljallab yaratilgan og‘zaki ijod namunalari xalqning ming yillar mobaynida yosh avlodni tarbiyalashda xizmat qilib kelgan buyuk pedagogik merosidir.
Xalq pedagogikasi xalq, jamoa ijodkorligining mahsuli sifatida milliy, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy taraqqiyot bosqichini belgilab beruvchi tayanch manba hisoblanadi. U ko‘pqirrali jarayon bo‘lib, tarkibiy vositalar,( xalq qo‘shiqlari, afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, qo‘shiq, latifa, lof, xalq dramasi, askiya), xalq tasviriy va amaliy san’ati (xalq yaratgan badiiy-estetik san’at namunalari, teatr, musiqa), ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida paydo bo‘lgan, rivojlangan qadriyat darajasiga ko‘tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, amaliy faoliyatdagi ilg‘or tajribalar majmuidan iborat.
Badiiy adabiyot vositasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonini o‘rganib chikish nihoyasida biz ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning konseptual psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini aniqladik:
1. Badiiy adabiyotning ma’naviy jihatlarini idrok qilish quyidagi tamoyil asosida amalga oshiriladi:
a) maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviy tushunchalar hosil qilish;
b) asarlarning mazmuni haqida fikr yuritish;
s) asarlardagi hayotiy voqealarni tahlil qilish orqali xulosa chiqarish.
2. Amalga oshirilgan kuzatish va o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning ma’naviy shakllantirish, eng avvalo, ularning badiiy adabiyotga qiziqishlari, ularni amaliy-estetik jihatdan tahlil qila olishlari orqali amalga oshiriladi hamda mashg‘ulotlar davomida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hissiy holatlardan foydalanish, intellektual ta’sir o‘tkazish va bolalarni ma’naviy shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
3. Bolalarga badiiy asarlarni o‘rgatish jarayonini ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.
4. Bolalarni ma’naviy shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlashda guruhda ijodiy muhit, do‘stona munosabat o‘rnata olish lozim.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ayon bo‘ladiki, badiiy adabiyot vositasida bolalarni ma’naviy shakllantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida o‘z yechimini kutmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deya e’tirof etilishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratik, insonparvarlik g‘oyalarining yetakchi o‘rin egallashi yo‘lida olib borilayotgan amaliy hararakatlar respublika uzluksiz ta’lim tizimini jaxon standarti darajasiga ko‘tarish tuchun zarur shart-sharoit yaratish lozimligini ko‘rsatadi.
Manbalarda ta’kidlanishicha, shaxsning kamol topishida uning dunyoqarashi, ma’naviyati, axloqi, madaniyatlilik darajasi, histuyg‘ularini rivojlantirishda badiiy adabiyot alohida o‘rin tutadi. Ma’naviy tushunchalarni bilib olish kundalik turmushda sodir bo‘ladigan turli voqealar va psixologik xolatlarga taqqoslab ko‘rish natijasida mukammal shakllangan odatlar, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘la boshlaydi.
Bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkazgan davri davomida gurux, bog‘cha jamoasi, oila, maxallada o‘z o‘rnini topa olishda badiiy adabiyot alohida o‘rin tutadi. Aniq mazmun asosida o‘tkaziladigan badiiy adabiyot mashg‘ulotlari, mashg‘ulotlardan tashqari ishlar va umumiy tarzdagi muhit bolalarning ma’naviyatini shakllantirish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar hali maktabga bormay turib, oqilona harakat qiladigan, tevarak-atrofni mustaqil kuzatadigan, kattalar yumushiga qarashadigan, ravon so‘zlab, fikr yuritadigan, birmuncha bilim va malaka orttiradigan bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar adabiyoti ham pedagoglar, ham adabiyotshunoslar tomonidan tekshiriladi va o‘rganiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohada islohatlarning amalga oshirilishi kelajagi buyuk davlatimizning yoshlarini har tomonlama yetuk, jismonan baquvvat, raqobatbardosh, intellektual salohiyatli bo’lgan barkamol avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo’ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodni ma’naviy – ahloqiy jihatdan har tomonlama tarbiyalashni, ularda bilim, keng dunyoqarash va e’tiqodga ega bo’lishni talab etadi. Chunki mamlakatimiz kelajagi va istiqboli ana shu avlod tarbiyasiga har tomonlama bog’liq.
Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o’ringa ega bo’lib, uni samarali tashkil etish o’quvchida ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishda milliy qadriyatlarga urug‘ berishni o‘rinli deb bilaman.
Yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati va o’rni katta. Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi. Biron -bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo'lga kiritgach, o'z taqdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga hos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zlikni anglashni, ta'bir joiz bo'lsa,milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi.
Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Tarixiy tajriba, an'analarining meros bo'lib o'tishi- bularning barchasi yangidan- yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog'i lozim.
Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o'ziga rom etib kelayotgan markaz bo'lib qolganligi tasodif emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san'at ihlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr- bardoshi ma'naviy uyg'onishning yana bir bitmas- tuganmas manbaidir.
Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g'oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo'lib kelgan. Etnik sabr- toqat, bag'rikenglik hayot bo'ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me'yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an'analarini, shu hududda mavjud bo'lgan davlatchilik an'analarini avaylab qabul qilganlar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagilarni taklif qilaman:
Milliy ma`naviy qadriyatlar ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to‘g‘anoq bo`ladigan salbiy illatlarni bartaraf etishning qonuniy asosini yaratish
Yoshlar orasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qiladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish
Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda milliy qadriyatlardan foydalanishning samarali metodlarini ishlab chiqishni taklif qilaman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I.A.Karimov Hushyorlikka da’vat. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirining savollariga javoblar. - Т.: « O‘zbekiston», 1999, 24-25-betlar.
2. I.A.Karimov O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. - Т.: 1997,215-bet.
3. I.A.Karimov Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili. Т.: « O‘zbekiston», 1995, 23-b.
4. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. - Т.: «Sharq» nashriyoti, 1997, 44-bet.
5. I.A. Karimov O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. - Т.: « O‘zbekiston», 1999, 12-13-bet.
6. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqa izohli tajribaviy lug‘at). O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. Т.: «Yangi asr avlodi», 2002.
7. M.Sharifxo‘jayev. O‘zbekiston: yangi g‘oyalar, yangi yutuqlar. - Т.: «Sharq» nashriyoti, 2004, 259-bet. 8. E.Vohidov «Hikmatnoma». - Т.: 1990. 3-bet.
9. Sh.Qurbonov Mustaqillik poydevori. «Xalq ta’limi» jumali. 2003, №5. 4-13-betlar.
10. Barkamol avlod orzusi. - Т.: «Sharq», 1998, 144-b.
11. O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirish (Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi). - Т.: «Sharq», 2000.327-b.
12. M.Quronov O‘zbekiston umumiy o'rta ta’lim maktablarida milliy tarbiyaning ilmiy-pedagogik asoslari: Ped. fan. dok. dis. - Т.: 1998. 316-b.
13. O.Hasanboyeva Tarbiyaviy ishlami tashkil qilish metodikasi. - Т.: 1996. 91-b.
14. K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova, R.Hasanov Pedagogika tarixi. - Т.: «O‘qituvchi», 1996. 448-b.
15. M.Quronov Yoshlami milliy mafkuraviy tarbiyalash - texnologik masala // «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish sharoitida yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash shakl va usullari» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. - Т.: 2001.
16. «Pedagogika» darsligi, prof. A.Munavvarovning tahriri ostida, o‘quvqo‘llanma. -Т .: «O‘qituvchi», 1996.
17. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. 2 jildli. Tuzuvchimualliflar Komiljon Hoshimov, Safo Ochil. - Т.: « O‘qituvchi», 1999. 480-b.
18. M.G.Davletshin va boshqalar. Qobiliyat va uning diagnostikasi. - Т.: « O‘qituvchi», 1997. 134-b.
19. А.Э.Измайлов Народная педагогика: педагогические воззрения народов Средней Азии и Казахстана. - М.: Педагогика, 1991. 256-с.
20. U.I.Mahkamov O‘quvchilaming axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari. - Т.: FAN, 1995. 200-b.
21. E.Yusupov Inson kamolotining ma’naviy asoslari. - Т.: Universitet, 1998, 184-b.
22. Bo‘ri Ziyomuhammadov. Ilm hikmati. Т.: «Tibbiyot» nashriyoti, 1999.
23. M.Abdullayeva O‘smirlami oilaviy hayotga ma’naviy tayyorlashning ijtimoiy pedagogik shart-sharoitlari (milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitish misolida) 13.00.01. ped.f.n. il.dar.olish uchun yoz.diss. Т.: 2004. 132-b.
Dostları ilə paylaş: |