Mundarija kirish I bob mirzacho`l tabiiy



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə10/27
tarix18.12.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#121351
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Mirzacho’l tabiiy geografiyasi tabiati to’g’risidagi ma’lumotlarni yangi pedogogik texnologiyalar asosida tushuntrish

Nafis arra texnologiyasi. Ushbu uslubda darsda o’rganiladigan mavzu nomi yozuv taxtasiga yoziladi va qanday savollarga javob topilishi lozim ekanligi tushuntiriladi. Guruh o’quvchilari 5-6 kichik guruhlarga (boshlang’ich guruh) bo’linadi va har bir guruh o’rganiladigan mavzu bo’yicha oldindan tayyorlangan kerakli materiallar papkasi bilan ta’minlanadi. Boshlang’ich guruhlar 10-12 daqiqa davomida taqdim qilingan materialni o’rganadi va muhokama qiladi. Natijada o’qituvchi o’ziga berilgan mavzuni yaxshi biladigan 5-6 guruh ekspertlariga ega bo’ladi. Keyingi bosqichda har bir guruhdagi ishtirokchiga ma’lum tartib raqami beriladi va tartib raqamlari bir xil bo’lgan o’quvchilardan yangi (ekspertlar) guruhlari tuziladi. Mavzu muhokamasining15- 20 daqiqasi davomida yangi ekspertlar guruhini har bir a’zosi oldingi guruhga berilgan mavzu mazmunini tushuntirib beradi. Natijada umumiy mavzuni yaxlitligi bo’yicha o’zlashtirish ta’minlanadi. Ekspertlar guruhining har bir a’zosi olingan axborotni ma’lum bir vaziyatda qo’llay olishini ta’minlash uchun mavzu bo’yicha biror muammoli vaziyat guruhlarga beriladi va har bir guruh uslubu muammoni to’g’ri yechimini topishi lozim. Muammo har bir ekspert guruhida muhokamadan o’tkazilgach guruhlarning sardorlari muammo bilan guruhni tanishtiradi va uning yechimini ko’rsatib beradi.
Mashg’ulot so’ngida o’quvchilar bilimini tekshirib ko’rish va baholash uchun o’rganilgan materiallar bo’yicha test o’tkaziladi. Nafis arra usuli yordamida o’quvchilar o’rganilgan materiallar bo’yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo’lishi, jamoa bilan ishlash malakasini olishi, axborot bilan almashish hamda jamoa bo’lib qaror qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Muammoni hal etish texnologiyasi. Muammoni hal qilish uslubi yoki muammoga qaratilgan uslubi – muammoni aniqlash va uni hal qilishning eng maqbul yo‘llarini topishga o‘quvchining tayyorgarligini tekshirib ko‘rish uchun qo‘llaniladi. O‘quvchi bunda birinchi bo‘lib muammoni aniqlab oladi. So‘ngra muammoni yechish uchun axborotlarni izlaydi. Izlanish chog‘ida o‘quvchi kerakli jurnallar, monografiyalar, darsliklar, qo‘llanmalardan va Internet tizimidan foydalanishi mumkin. Olingan axborotlarni ishonchliligini baholash, uni mahalliy sharoitlarda tadbiq etsa bo‘lishini idrok etishi lozim. O‘quvchi olingan ma’lumotlardan xulosa chiqarishi va ularni amalda tadbiq etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Maktablarda Mirzacho`l tabiiy geografik rayoni mavzusini o‘qitish uchun quyidagi interfaol usullaridan foydalanish mumkin: aqlni ishlatishga yo’naltirilgan harakat (aqliy hujum); guruhlarda bahs, munozara; kichik guruhlarda ish olib borish, rolli o’yinlar, ish o’yinlari va hokazolar.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin