Mundarija kirish I bob mirzacho`l tabiiy



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə8/27
tarix18.12.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#121351
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Mirzacho’l tabiiy geografiyasi tabiati to’g’risidagi ma’lumotlarni yangi pedogogik texnologiyalar asosida tushuntrish

Hayvonot dunyosi. O`lkaning katta qismida cho`l hayvonlari yashaydi. ulardan eng muhimlari kemiruvchilardan qo`shoyoq, yumronqoziq, quyon, sudralib yuruvchilardan kaltakesak va ilon, yirtqichlardan bo`ri, tulki, bo`rsiq, hasharotlardan chayon, falanga, sutemizuvchilardan tulki, bo`ri, jayron uchraydi. Qushlardan to`rg'ay, so`fito`rg‘a, boyo`g'li yashaydi. Sirdaryo to`qaylarida to`qay mushugi, to`ng'iz, chiyabo`ri, qushlardan qirg'ovul, o`rdak va g’ozlar, Sirdaryoda ondatralar yashaydi.
Mirzacho`l janubidagi tog'larda yirik sutemizuvchi hayvonlardan kiyik. tog‘ takasi, alqor. yirtqichlardan bo`ri va tulki. shuningdek. silovsin. qushlardan bedana, bulbul, kaklik. kalxat. lochin, qirg'iy. burgut yashaydi.
Daryo va suv havzalarida zog'orabaliq, olabug'i, laqqabaliq, cho`rtanbaliq, qorabaliqlar uchraydi.
Sudralib yuruvchi hayvonlar
1)Kulvar ilon 2)Agama 3) Echkemar 4) Ko’zoynakli ilon 5)Taqir ko’z
4-rasm


O’zbekiston tabiiy geografiyasi 7-sinf darslik ma’lumotidan (70 bet)
1.2. Geografiya ta’limi metodlari va texnologiyalari tasnifi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar muayyan bilimlar ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. Didaktikada metod – deganda o‘qituvchi rahbarligida turli metodlar vositasida o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalari bilan qurollantirishda hamda ularning dunyoqarashini shakllantirish tushuniladi.
O‘quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yordamida va turli metodlar bilan o‘zlashtiriladi. Shu sababli har doim o‘quvchi oldida muvofaqiyatliroq va samaraliroq o‘qitish va o‘qishga yordam beradigan yo‘llarni tanlash muammosi turadi. O‘quv materialini o‘rganishning turli shakllarini qidirish darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Metod so‘zi grekcha “metodis” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan “tadqiqot degan ma’noni bildiradi. Didaktika fani metod terminiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir qoidani hali yaratganicha yo‘q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim metodi deganda o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayonida birgalikdagi faoliyati tushuniladi.
Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Metod o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati turlarini, ta’lim qanday ketishligini, o‘qituvchilar materiallarni qay darajada tushuntirishi. O‘quvchi uni qanday o‘zlashtirishi kerakligi bilan belgilandi. Metodning aloxida detallari usul deyiladi.
Masalan yangi bilimni o‘zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo‘lishi mumkin. Metod va usul o‘rtasida doimiy aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o‘zlashtirish o‘quvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim metodlariga bog‘liq.
Ta’lim metodlari o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini belgilaydaigan ish metodlari bo‘lib o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir.
Ta’lim metodlari o‘quvchilarga bilim berishi ko‘nikma va malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim metodlari deyilganda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shaklantiradigan bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga o‘rgatadigan o‘zaro ilmiy bilimini asoslangan to‘g‘ri dunyo qarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan metodlarga tushuniladi.

  1. Metodlar o‘qituvchi faoliyati yo‘l yo‘riqlari bo‘lib, o‘quvchi faoliyatini

belgilashga yordam beradi. Ta’lim metodlari uchun ikkita asosiy narsaga xos

  1. Ta’lim metodlari faqat bilim ko‘nikma malakalarni shaklantirish

bilangina cheklanmasdan, balki o‘quvchilarda ijodiy faoliyat bilimlarini mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.
Ta’lim metodlari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga hamda maktab ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim metodlari ko‘p hollarda o‘quvchilarning ruhiyati xususiyatlarini e’tiborga olishni talab qiladi. Uni tanlash maktabning moddiy texnika ta’minotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq chunki o‘qituvchi ta’lim metodini tanlar ekan, maktabda mavzu bo‘lgan texnika vositalarini harakatlarini, atlaslarni va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga oladi.
O‘qitish metodlari pedagogikada maktab joylashgan sharoitga hamda o‘qituvchilar tajribasida tarkib topgan an’analarga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan: o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus bag‘ishlaydigan muayyan metodlardan foydalanishni afzal ko‘radi.
Ilmiy texnika jarayoni sharoitida an’anaviy metodlarni takomillashtirishga va yangi metodlarni izlab topishga tobora jiddiy talablar qo`yilmoqda, ta’lim metodlari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda u quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Metodni tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlarini e’tiqod his tuyg‘u qarashlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirish metodning tanlashiga bog‘liq.
2. Metodning ilmiyligi dars berish va ta’limning har qanday metod o‘quv jarayoning qonuniyatlari bilan belgilanadi.
Metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muhimi shundaki biror metod yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumkinligini u qanday mazmunga mos kelishini faoliyatini qanday turlarini talab qilishni va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi geografik voqea va xodisalarni qonuniyatlarini to‘g‘ri anglashini ta’minlaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi.
3.Metodning ommabopligi
XXI asr innovasiyalar ya’ni fan-texnika sohasidagi ilg’or kashfiyotlarni ishlab chiqarish, boshqarish, jamiyat rivojlanishining ijtimoiy jabhalariga joriy etilish asridir. Zero, insoniyat taraqqiyotini innovasiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Mamlakatimiz kelajagi, iqtisodiy-ijtimoiy ishlab chiqish, qishloq xo’jaligi va jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan birga ta’lim-tarbiya sohasidagi o’zgarishlar, uni yangi zamon talablari darajasiga ko’tarishga yo’naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.
Geografik, shu jumladan maktabda o’qitiladigan geografik fanlar samaradorligini oshirish uchun quyidagi interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin