2.3. Mavzuni o`qitishda Axborot Kommunikatsion Texnologiyalarning ahamiyati
Rеspublikada o`quv adabiyotlaridan foydalanishga mo`ljallangan axborot tеxnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdеk, masofadan turib o`qitishni tashkil etish bo`yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko`pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda.
Takomillashgan zamonaviy apparatlar, ko`p miqdorda tayyorlangan o`quv kinofilmlari, diafilim va diapozitiv, katta xajmdagi maxsus slaydlarning ishlab chiqarilishi, o`quv teleko`rsatuvlarining tashkil qilinishi, o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi (EHM kompyuterlari) mashinalar maktabda TTV dan keng foydalanish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Borgan sari geografiya o`qituvchilarining ko`pchiligi darslarda va sinfdan tashqari ishlarda TTVdan keng foydalanmoqdalar. Vohalanki, hozirgi texnika taraqqiyoti davrida ta`limning texnika voistalarini o`z o`rnida va to`g`ri qo`llay bilish o`qituvchilar pedagogik mahoratining asosiy ko`rsatkichlaridan biriga aylanib qoldi. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 1997 yil talabalaridan kelib chiqqan xolda umumiy ta`lim maktabida, yosh avlodning mustahkam bilim olishi uchun hozirgi zamon texnika vositalaridan unumli foydalanish lozimligi qayd etilgan. Geografiya darslarida hozirgi zamon texnika vositalaridan foydalanish sohasida qilinadigan ishlar ko`p. Shuni ochiq e`tirof etish joizki, texnika vositalaridan maqsadga muvofiq unumli foydalanish respublikamizning hamma maktablarida ham yaxshi yo`lga qo`yilgan emas. Respublikamizda, ayniqsa qishloq maktablarida geografiya darslarida TTVdan hamda zamonaviy kompyuterlardan foydalanishga taaluqli metodik qo`llanmalarga ehtiyoj juda katta.Hozirgi paytda kompyuter texnologiyasining ta`lim jarayoniga olib kirish, ayniqsa, multimedia tarzidagi vositalarni geografiya o`qitishda qo`llash borasida muayyan izlanishlar olib borilmoqda. Biz komp’yuterlardan hozir barcha turdagi korxona va muassasalarda, hatto uyda ham foydalanishimiz mumkin. Komp’yuterlar bilan barchamiz ishlay olamiz. Chunki, o`rta maktabdanoq o`quvchilar komp’yuterlar bilan muloqotda bo`ladilar. Komp’yuterlar ta`limda qo`llanilayotgan didaktik vositalarning eng yangisi, eng keng tarqalgani va eng samaralisi hisoblanadi. Chunki komp’yuter yordamida ilgari ko`rib o`tilgan didaktik materiallar va vositalar bajaradigan ishlarning aksariyatini amalga oshirishimiz mumkin. Ularning didaktik imkoniyatlari ham juda kengligi barchamizga ayon. Shunday bo`lsada, ular bilan qisqacha tanishib chiqsak, ularni qachon va qanday qo`llanishni bilib olamiz. Avvalo komp’yuterning tuzilishini esga olaylik. Bugungi kun personal’ komp’yuterlari protsessor, monitor, klaviatura va sichqoncha kabi asosiy qurilmalardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |