Mundarija: Kirish I. Bob. O`Zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari imkonyatlari


Rekreatsiya resurslarini baholash



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə7/10
tarix13.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#128067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
respublikamiz viloyatlarining tabiiy sharoiti tabbiy va madaniy yodgorliklari referat

Rekreatsiya resurslarini baholash. Geotizimlarning dam olish maqsadlarida foydalaniladigan xususiyatlari yoki komponentlari rekreatsion resurslar deb ataladi. Masalan, xushmanzara o‘rmon, dengiz va ocean qirg‘oqlari, tog‘ vodiylari, ko‘llar, g‘orlar, manzarali, chiroyli o‘simliklar, g‘aroyib relyef shakllari, muzliklar shular jumlasidandir.
Rekreatsiya (tiklash, o‘rnini to‘ldirish)ning qamrovi katta bo‘lib, odamlarning dam olishi, salomatligini tiklashi, madaniy hordiq chiqarishi ma’nosida ishlatiladi. Geotizimlarni rekreatsiya nuqtayi nazaridan tadqiq qilish, asosan, ularning rekreatsion imkoniyatlarini va ularga rekreatsion bosimning ta’sirini baholashdan iborat.
Dam olish tashkiliy va notashkiliy (ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin. Tashkiliy dam olish turli muassasalar tomonidan uyushtiriladi. Notashkiliy (ixtiyoriy) dam olish esa odamlarning o‘z xohishlari bo‘yicha bir yoki bir necha kishi bo‘lib, tanlangan hududlarda uyushtiriladi.
Dam olishdan ko‘zlangan maqsad turlicha bo‘lishi mumkin: davolanish, sog‘lomlashtirish, sport, tanishuv va h.k. Dam olish mavsumga qarab ham turlicha bo‘lishi mumkin. Yozgi dam olish turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: cho‘milish, quyosh vannalari olish, piyoda sayr (davolanish, salomatlikni tiklash, ekskursiya), qayiq sporti, baliq ovi, turli xil mevalar va qo‘ziqorin terish, otda sayr qilish, alpinizm bilan shug‘ullanish va h.k. Qishki mavsumda quyidagi dam olish turlari bilan shug‘ullanish mumkin: chang‘i sporti, muzosti baliq ovi, sport ovchiligi, davolanish, salomatlikni tiklash, piyoda sayr. Rekreatsion baholash obyekti – landshaftlar va ularning qismlari bo‘lishi mumkin. Rekreatsiya komplekslarini joylashtirishni loyihalashda landshaftlarni tahlil qilish yaxshi natija beradi. Bunda turli landshaftlardan
rekreatsion maqsadlarda foydalanish darajasiga qarab eng qulay landshaft turi tanlanadi. Masalan, daryo vodiysi, tog‘ yonbag‘ri, ko‘l yoki suvombori qirg‘og‘i, tekislik, okean yoki dengiz qirg‘og‘i, o‘rmon va h.k. Alohida rekreatsion komplekslarni (dam olish uylari, sanatoriylar, sayyohlik komplekslari va) loyihalashtirayotganda aniq bir joyni baholash yaxshi natija beradi. Rekreatsion maqsadlarda baholashda ularni estetik jihatdan baholash
ham muhim o‘rin tutadi. Bunda tabiiy sharoitning, relyefning, o‘simliklarning, landshaft umumiy ko‘rinishining estetik jihatdan zavq bera olish imkoniyati e’tiborga olinadi. Baholashning oxirgi bosqichida geotizimlarning rekreatsion binolarni joylashtirish uchun yaroqliligi va rekreatsion bosimga barqarorlik darajasi hisobga olinadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin