2.2.O`zbekistonning tabiiy va iqtisodiy imkonyatlarini baholash.
Obikor va bahorikor dehqonchilik, mevachilik hamda chorvachilik O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlaridir. Har bir yo‘nalish o‘zinig rivojlanishi uchun ma’lum geoekologik muhitni talab qiladi. Joyning tabiiy omillari litologik, geomorfologik tuzilishi, iqlimi, yer usti va yer osti suvlari, landshaftlari xalq xo‘jaligining ana shu yo‘nalishlarining rivojlanishi uchun geoekologik muhitni hosil qiladi. Shu boisdan O‘zbekiston hududini qishloq xo‘jaligi nuqtai nazaridan baholaganda tabiiy sharoitning qulay-noqulayligi darajasini belgilaydigan, yer yuzidagi tog‘ jinslari, relyef, iqlim,
suv va landshaft resurslarini uyg‘unlikda tahlil qilish baholashning yetakchi uslublaridan hisoblanadi.Geoekologik muhitning landshaft tahlili. Hozirgi kunda
hududiy tabiiy geografik tahlil xalq xo‘jaligida keng qo‘llanilmoqda va samarali amaliy natijalar bermoqda2. Ayniqsa qishloq xo‘jalik tarmoqlarini joylashtirish masalalarini yechishda hududiy tahlilni keng va to‘liq qo‘llanish yaxshi natija beradi. Landshaftlar asos qilib olingan tabiiy geografik rayonlashtirish xaritasi qishloq xo‘jalik ishlab chiqishi uchun tabiiy muhitga oid zaruriy ma’lumotlarni beradi. Tabiiy muhitning biror xo‘jalik maqsadi uchun yaroqliligini aniqlashda asosiy mezon tabiat komponentlari emas, balki bir xil tabiiy sharoitga ega bo‘lgan va tabiiy geografik hududlarning mazmunini tashkil etuvchi landshaftlarning tipologik komplekslaridir. Ular tabiiy geografik sharoiti jihatidan nisbatan bir xil bo‘lgan joylardir. Binobarin, bunday joylar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan tog‘ jinslari, relyef, tuproqva o‘simlik qoplami, suvlari, iqlimiga, ya’ni muayyan tabiat komponentlariga asoslanib ham ajratiladi.Landshaftlar qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari nuqtai nazaridan baholanganda ularning mazkur joylarning o‘zlashtirish imkoniyatlarini chegaralab turadigan xususiyatlari ham ko‘rsatib
o‘tiladi. Landshaftlarning bu jihatlari tuproq qoplami (rivojlanishi, sho‘rlanish, botqoqlanish darajasi, toshloqli yoki gilli, qumli ekanligi), geomorfologiyasi (relyefning xususiyatlari, yer yuzasining notekisligi, yonbag‘irlarning qiyaligi) bilan o‘zaro bog‘liqdir.
N.A.Kogay (1971) yuqorida aytilganlarni hisobga olib landshaftlarni dehqonchilik nuqtai nazaridan guruhlashtiradi va ularni juda past sifatli, past sifatli, o‘rtachadan past sifatli, o‘rtacha sifatli, o‘rtachadan yuqori sifatli, yuqori sifatli tabiiy komplekslarga birlashtiradi (11-jadval)
Tekislikdagi cho‘l zonasidan to baland tog‘larning glyatsial-nival zonalarigacha bo‘lgan hududlardagi past sifatli landshaftlar dehqonchilikka yaroqsiz bo‘lsa-da, yaylov chorvachiligi uchun yaroqli landshaftlardir. Allyuvial, allyuvial-delta, prolyuvial-allyuvial tekisliklarning tabiiy komplekslari o‘rtachadan yuqori sifatli landshaft sifatini tashkil etib, qishloq xo‘jaligida o‘zlashtirish
uchun eng qulay sharoitga ega. Landshaft komplekslarini o‘rganishda va ularni sinf va kichik sinflarga, guruhlarga ajratishda qiyosiy tabiiy geografik asos bo‘lgan bunday yondoshuv o‘z mohiyatiga ko‘ra komplekslik xususiyatiga ega.
O‘zbekistonning tabiiy geografik regionlarida turli sifatga ega bo‘lgan landshaftlarni ajratish katta amaliy ahamiyatga molik. Shuningdek, respublikamizning ma’muriy birliklari-viloyat va tumanlarida ham landshaftlarni qishloq xo‘jalik nuqtai nazaridan guruhlarga ajratish mumkin.Agroiqlimiy tahlil. Iqlimning asosiy resurslaridan hisoblangan harorat va namlik qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanishi va hosildorligiga katta ta’sir etadi. Iqlimni qishloq xo‘jaligi uchun baholash harorat va namlik ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda o‘simliklarning rivojlanish bosqichlari va hosil ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi ko‘rsatgichlarga ham asoslangan bo‘lishi lozim. Ana shunday ko‘rsatkichlar sifatida musbat haroratlar yoki samarali haroratlar yig‘indisi, turli .gidrotermik koeffitsentlar., .namlanish koeffitsentlari. ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin. O‘zbekiston iqlimini baholaganda qishloq xo‘jaligi uchun salbiy ta’sir qilish mumkin bo‘lgan iqlim hodisalarini (masalan, kuzgi ertangi va bahorgi kechki sovuq tushishi, kuchli shamollar va chang to‘zonlari va b.) ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bunda iqlimning asosiy bahosiga ma’lumki koeffitsiyentlar yordamida tuzatishlar kiritiladi. Hamma
hududlarda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosil berishi uning termik resurslariga bog‘liq. O‘zbekistonda L.N. Babushkin vegetatsiya davridagi musbat haroratlar yig‘indisining miqdoridan kelib chiqib, 5 ta termik zonani ajratgan. Bular jazirama issiq, harorat yig‘indisi 49000 dan ortiq (ingichka tolali paxta navlarini yetishtirish mumkin) bo‘lgan zona; issiq, harorat yig‘indisi 40000 dan
49000 gacha (o‘rtacha va tez pishar paxta navlarini yetishtirish mumkin) bo‘lgan zona; iliq, harorat yig‘indisi 28000 dan 40000 gacha (uzum yetishtirishi mumkin) bo‘lgan zona; salqin, harorat yig‘indisi 10000 dan 28000 gacha bo‘lgan (boshoqli don ekinlar yetiladigan) zona va sovuq, harorat yig‘indisi 10000 dan kam ( baland tog‘larning dehqonchilikka yaramaydigan) bo‘lgan zona. Bu zonalar asosida ekinlarning issiqlikka talabidan (ya’ni talab qilinadigan musbat haroratlar yig‘indisidan) kelib chiqib, ularni qaysi termik
zonalarda ekish mumkinligini, zonalarning kenglik va balandlik chegaralarini aniqlash mumkin.Bahorikor dehqonchilik sharoitida qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sishi va hosil berishi ko‘p jihatdan tuproqning yog‘in suvlari hisobiga namlanishi bilan bog‘liqdir. Shu sababli hududni bahorikor dehqonchilik uchun baholashda tabiiy namlik resurslarining ta’rifi katta o‘rin tutadi. Joylarning yog‘in suvi
hisobiga namlanishning miqdor ko‘rsatkichlarini, masalan, L.N.Babushkin O‘zbekistonda tabiiy namlik xususiyatiga ko‘ra uchta zonani ajratish lozimligini ko‘rsatgan. Jumladan G.T. Selyaninov GTK (gidrotermik koeffitsenti) 0,3 dan kam bo‘lgan quruq(bu yerlarda faqat sug‘orma dehqonchilik qilish mumkin), 0,3 dan 0,5 gacha bo‘lgan quruqroq ( bu yerda lalmikor boshoqli don ekinlari tuproqdagi tabiiy nam bilan 75-99 % ta’minlanadi) va GTK 0,5 dan katta bo‘lgan nam zona (bu yerlarda lalmikor boshoqli don
ekinlarining tuproqdagi tabiiy nam bilan ta’minlanganligi 100% ga yetadi).
Bizga ma’lumki, tog‘ yonbag‘irlarida balandga ko‘tarilgan sari yog‘inlar miqdori asta-sekin (masalan, Chirchiq vodiysida har 100 metr ko‘tarilganda 54 mm ga, Ohangaron vodiysida esa 27 mm ga) ortib boradi. Bu esa yuqoriga ko‘tarilgan sari tuproq namlik sharoitining yaxshilanib borishini ko‘rsatadi. Ammo balandga ko‘tarilgan sari havo harorati pasayib, termik sharoit yomonlasha boshlaydi va vegetatsiya davrining qisqarib borishiga sabab bo‘ladi. Natijada ma’lum balandlikdagi yonbag‘irlarda donli ekinlar uchun nam yetarli bo‘lsa ham termik resurslar yetmay qolishi mumkin. Shuning uchun joyning nam resurslari bilan birga termik resurslari ham albatta baho lanishi zarur. Bahorikor dehqonchilik uchun termik resurslarni baholashda asosiy ko‘rsatkich sifatida bahorgi o‘rtacha sutkalik havo haroratining Q 5 0 dan o‘tgan kundan tuproqda qurg‘oqchilik boshlanadigan kungacha bo‘lgan samarali haroratlar yig‘indisi hisobga olinadi. Bahorikor ekinlarning issiqlikka talabidan kelib chiqib, ular yetilishi mumkin bo‘lgan balandlik chegaralarini aniqlash mumkin bo‘ladi.Demak, O‘zbekistonning tog‘ oldi- tog‘lik qismida tabiiy namlik bahorikor dehqonchilikning quyi chegarasini belgilab bersa, termik resurslari uning yuqori chegarasini belgilaydi. Termik zonalar bilan tabiiy namlanish zonalarini landshaftlar asosida L.N.Babushkin va N.A.Kogay birgalikda tahlil qilib, quydagilarni aniqlashdi.
1. Termik resurslariga ko‘ra paxta, uzum, boshoqli donli ekinlarni yetishtirishga yaroqli, lekin sun’iy sug‘orishni talab qiladigan (issiq, iliq, lekin quruq va juda quruq) hududlar.
2. Termik resurslariga ko‘ra faqat sug‘orib yetishtiriladigan issiqsevar ekinlar (paxta, uzum) va mavjud tabiiy namlik- yog‘in-sochin suvlari resurslaridan foydalaniladigan kamroq issiqsevar (boshoqli don) ekinlar yetishtirishga yaroqli(issiq va iliq, lekin qurg‘oqchil) hududlar.
3. Termik resurslarning yetishmasligi sababli issiqsevar ekinlarni yetishtirishga yaroqsiz, lekin yog‘in-sochin suvi resurslarining chegaralanganligi sababli donli ekinlarni sug‘orib yetishtirishga yaroqli (salqin, lekin quruqroq) hududlar.
4. Termik resurslarining yetarli emasligidan issiqsevar ekinlarni yetishtirishga yaroqsiz, lekin mavjud tabiiy namlik- yog‘in-sochin suvi resurslariga ko‘ra boshoqli don ekinlarini yetishtirishga yaroqli (salqin, lekin quruqroq yoki nam) hududlar.
5. Yog‘in suvlari bilan yetarli darajada ta’minlanganligiga qaramasdan termik resurslarining yetmasligi sababli hatto kam issiqsevar boshoqli don ekinlari yetishishiga ham yaroqsiz (sovuq) hududlar3.
Yuqorida ajratilgan hududlarni L.N.Babushkin gidrotermik hududlar deb ataydi. O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslarining qishloq xo‘jaligi nuqtai nazaridan tahlili shuni ko‘rsatadiki, u issiq, quruq va sovuq zonalarda joylashgan xilma-xil ekologik muhitga ega. Balandlik zonalarini ekinlardan barqaror
hosil yetishtirish mumkinligini hisobga olib, paxta, beda, uzum va sholi yetishtirishga qulay bo‘lgan paxtachilik, paxta, beda, uzum, lalmikor donchilik uchun qulay bo‘lgan paxta-lalmikor dehqonchilik hamda beda, uzum, lalmikor donchilik uchun qulay bo‘lgan lalmikor dehqonchilik zonalariga ajratiladi.
Ammo hududning landshaft xususiyatlariga bog‘liq holda barcha joy tiplarini o‘rganish ilmiy-asosli natijalarga yetarli darajada tayanmaganligi sababli respublikamizning barcha zonalaridagi tabiiy imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayapti.Iqlimiy sharoit va resurslar faqat dehqonchilik yo‘nalishlarini belgilash hamda rivojlantirishda emas, balkichorvachilik tarmoqlarini aniqlash va rivojlantirishda ham muhim omildir. Ma’lumki, O‘zbekistonda chorva mollari tekislik, tog‘ oldi, past tog‘li hududlarda kuz, qish va bahor fasllarida boqiladi. Bahor oxirlaridan kun isishi, yog‘in-sochinning kamayib, efemerlarning
qurishi oqibatida chorva mollari asta-sekin tog‘ va baland tog‘yaylovlariga haydaladi. Kuzgi sovuqlar boshlanishi bilan esa yana tekislikka haydab tushiladi. Bunda joyning ob-havo sharoiti (tungi sovuqlar, kuchli shamol, qattiq yomg‘ir va ho‘l qor yog‘ishi va h.k.)
hisobga olinmasa, chorva noqulay ob-havo sharoitiga tushib qoladi, mollarning shamollashi ko‘payadi, ba’zida ularning qirilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun O‘zbekiston iqlimini yaylov chorvachiligi uchun baholaganda quyidagi ko‘rsatgichlarni e’tiborga olish lozim. 1. Noqulay iqlimiy holatlar (kuchli sovuqlar, ertangi kuzgi va kechki bahorgi sovuqlar, kuchli yomg‘ir, do‘l, ho‘l qor yog‘ishi, yaxmalak (yut), kuchli shamollar) va ularning chorva mollari sog‘lig‘iga ta’siri.2.Tuproq yuzasining qurish vaqti (bu yaylov o‘simliklarining qurish vaqtini belgilaydi).
3.Bahor va kuzda sutkali o‘rtacha haroratning Q 50 dan o‘tish vaqti (kuni). Chunki molni bahorda yaylovga haydash va kuzda yaylovdan pastga haydash shu vaqtdan boshlanadi.4.Yaylovning hosildorligi, hosil miqdori (quruq massa sG‘ga hisobida). Hosildorlik iqlimga bog‘liq.
Suv resurslaridan foydalanish. Suv resurslaridan yerlarni o‘zlashtirish omili tariqasida oqilona foydalanish masalalari nafaqat paxtachilik zonasida, balki paxtachilik-lalmikor va lalmikor zonalarda ham muhim ahamiyatga molikdir.
Ma’lumki, O‘zbekistonning suv resurslari Sirdaryo va Amudaryo bilan bog‘liq. Sirdaryoning ko‘pyillik o‘rtacha oqimi 38 km3 ni, Amudaryoniki esa 79 km3 ni tashkil etadi. Hozirgi kunda ularning suv resurslari deyarli tugab bo‘lgan. Shu munosabat bilan obikor dehqonchilikda suv resurslarini to‘g‘ri hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish muammosi dolzarb masalaga aylangan. Amudaryo irmoqlaridan Surxondaryo (70,2 m3G‘s), Sherobod (7,5 m3G‘sek),
Qashqadaryo (50 m3G‘s), Zarafshon (164 m3G‘s) daryolari O‘zbekiston
hududida oqadi. Amudaryo suvining ma’lum qismi uning quyi
oqimidagi Xorazm va Qoraqalpog‘iston yerlarini sug‘orishga sarflanadi. Amudaryoning o‘rta oqimida Buxoro va Qashqadayo vohalaridagi yangi yerlarni o‘zlashtirish maqsadida Qarshi, Amu-Buxoro va Amu-Qorako‘l kanallari qurilgan. Sirdaryoning eng yirik irmoqlari Norin (423 m3G‘s), Qoradaryo (121 m3G‘s), So‘x (41 m3G‘s)daryolarining quyi oqimlari, Chirchiq (221 m3G‘s), Ohangaron (15,4 m3G‘s) daryolari O‘zbekiston hududida joylashgan. O‘zbekistonning tog‘ oralig‘i va tog‘ etagida joylashgan hududlarida yer usti suv oqimining asosiy qismi daryolar o‘zanlaridan va suv omborlaridan kanallarga olinadi. Bu kanallar orqali O‘zbekiston vohalariga
yiliga 50 km3 hajmda suv keladi.O‘zbekistondagi Qizilqum cho‘li va Ustyurt toshloq platosi o‘zanli oqimga ega emas. Shu bois bu yerlarda suvdan xo‘jalikda foydalanishning birdan bir manbasi yer osti suvlaridir. Ustyurtning yer osti suvlari sho‘rroq va sho‘r. Ayrim joylarda chuchuk suv bo‘lishi ehtimoli bor. Ustyurtdagi yer osti suvlarining ishlatilishi mumkin bo‘lgan miqdori juda kam. Qizilqumda chuchuklantirmasdan foydalanish mumkin bo‘lgan yer osti suvlari juda kam. Markaziy Qizilqumda yer osti suvlarining to‘xtovsiz olib
turish mumkin bo‘lgan miqdori 11,0 m3G‘s ga teng.O‘zbekistndagi mavjud suv resurslarining asosiy turi bo‘lgan yer osti va yer usti suvlaridan oqilona foydalanilgan taqdirda obikor dehqonchilik va yaylov chorvachiligini rivojlantirish imkoniyati tug‘iladi.
Relyefni qishoq xo‘jaligi nuqtai nazaridan baholash.Joyning relyefini qishloq xo‘jaligi nuqtai nazaridan o‘rganishda albatta uning iqlimini, tuproqlari, o‘simliklari, tog‘ jinslari va landshaftining boshqa elementlari tahlili bilan bog‘lab tadqiqetish lozim.Relyef qishloq xo‘jaligiga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Masalan, yerning haydashga qanchalik yaroqligi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalarni ishlatish imkoniyati, umuman ulardan foydalanish imkoniyati, sug‘orish usullari ko‘p jihatdan relyefga bog‘liq. Bularni baholash uchun joyning nishoblik darajasi, qanchalik notekisligi, erozion chuqurliklar farqi, yonbag‘irlarning uzunligi va ekspozitsiyasi, mikrorelyefi o‘rganiladi. Bu omillar hal qiluvchi ekologik ahamiyatga ega bo‘lmagan taqdirlarda ham qaysi ekin turini ekishni aniqlashda, yerga ishlov
berish, sug‘orish usullarini belgilashda, hosildorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Relyefning bilvosita ta’sirini o‘rganish ham muhim, chunki relyef joyning mikro iqlimi sharoiti, radiatsiya va issiqlik balansi, yorug‘lik darajasi, tuproqning namlanish orqali qishloqxo‘jaligi ekinlarining yetilishiga, hosiliga ta’sir ko‘rsatadi.Relyefni qishloq xo‘jaligi uchun baholashda odatda geografik-geomorfologik va morfometrik metodlardan foydalaniladi.
Geografik-geomorfologik metodlardan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ayrim tomonlarini va umumiy masalalarini relyef jihatdan tahlil qilishda foydalaniladi. Bunda, masalan, joyning geologik-geomorfologik tuzilishi bilan tuproq-o‘simlik qoplamining bog‘liqligi, relyef bilan iqlim o‘rtaisdagi bog‘liqlik
o‘rganiladi. Morfometrik metoddan yonbag‘irning uzunligi, shakli, qiyaligi
haqida ma’lumot olishda, ihota daraxtzorlarini, kanallarni loyihalashtirishda, nomaqbul tabiiy jarayonlarning oldini olish tadbirlarini belgilashda keng foydalaniladi.Umuman, relyefni qishloq xo‘jaligi maqsadida baholaganda uning
quyidagi jihatlariga alohida axamiyat qaratmoq zarur:1. Joyning balandligini va uydim-chuqurlik darajasini aniqlash va uni qishloq xo‘jaligi uchun baholash. Joyning balandligi bu yerda qishloq xo‘jaligi qaysi tarmog‘ini rivojlantirishni aniqlashga yordam beradi.
2. Hududning parchalanganlik darajasi ekin maydonlarining katta-kichikligiga, unda qishloq xo‘jalik mexanizmlarini ishlatish imkoniga, mexnat unumdorligiga ta’sir etadi. Hududning parchalanganlik darajasi
I- erozion o‘yiqlarning uzunligi (km)
3. Yonbag‘irlar o‘rganilganda asosan ularning qiyaligiga, uzunligiga, shakliga, ekspozitsiyasiga e’tibor beriladi, chunki bu ko‘rsatkichlar o‘simliklarning o‘sishiga, hosilning miqdoriga va sifatiga eng ko‘p ta’sir etadi. Tuproqning namlikni tutib turishi, qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlash sharoiti va ish unumi yer yuzinig qiyaligiga bog‘liq. Qiyalik tuproqning yuvilish sur’atiga ham
ta’sir ko‘rsatadi.
Yonbag‘irlar shakliga ko‘ra 4 turga bo‘linadi: - botiq, qovariq, tekis va murakkab. Bularning har birida yuvilish va akkumlyatsiya jarayonlari turlicha ro‘y beradi. Yonbag‘irlar ekspozitsiyasi erozion jarayonlar sur’atiga ta’sir etuvchi omillardan biri bo‘lib, yonbag‘irning issiqlik va yorug‘lik rejimiga va ular orqali tuproq haroratiga, namligiga, o‘simlik qoplamiga, shamolning yo‘nalishiga va tezligiga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda janubi-g‘arbiy, janubi-sharqiy yonbag‘irlar iliqroq, quruqroq bo‘ladi. Bu hol shu yonbag‘irlarda ekinlarni 5-7 kun ertaroq ekish imkonini beradi.
Relyefni O‘zbekistonda keng tarqalgan obikor dehqonchilik nuqtai-nazaridan baholaganda yer yuzining morfometrik ko‘rsatkichlari va plastikasi ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi.Yuqorida aytib o‘tilganidek, yer yuzining qiyaligi qishloqxo‘jaligi mashinalarining qanday ishlashiga, yer usti suv oqimiga, sug‘oruv kanallari va zovur, drenaj shoxobchalari o‘rnini aniqlashga,
sug‘orish usullarini belgilashga ta’sir etadi. Obikor dehqonchilik uchun relyef qiyaligini o‘rta mashtabli guruhlashtirilishi eng ahamiyatli hisoblanadi. Biz quyida relyefning qiyaligiga ko‘ra guruhlarini ko‘rib chiqamiz:
Tekis yerlar -qiyaligi 0,0-0,10. Bunday qiyalikdagi yerlar sug‘orib ekin ekish uchun yaroqli, lekin qiyalik deyarli bo‘lmaganligi uchun sholidan boshqa ekinlarni sug‘orish uchun noqulay. Suv keltirgan jinslar va sug‘orma suvlarning bug‘lanishi natijasida tuzlar akkumlyatsiyasi kuzatiladi, yerlar botqoqlanishi mumkin. Egatlarga suv lotoklar orqali olib kelinadi yoki yerlar bostirib sug‘oriladi.Qiyalik juda kam yerlar – qiyaligi 0,1-0,20. Sug‘orib ekin ekish
uchun qulay, hamma ekin turlarini sug‘orish uchun qulay sharoit mavjud, tuproqning bir tekis namlanishi ta’minlanadi. Tuproqyuvilishi deyarli kuzatilmaydi.
Sal qiya yerlar -qiyalik 0,2-0,50. Sug‘orib ekin ekish uchun yaroqli. Paxta va boshqa ekinlarni sug‘orish qulay, biroq sug‘oruv suvi miqdori normadan sal ortib ketsa, 0,3 0 qiyalikdan boshlab tuproqsekin yuvilishi mumkin.Ozgina qiya yerlar - qiyalik 0,5-1,00. Sug‘orib ekin ekish uchun yaroqli. Lekin egatlarda suv miqdori maromi oshib ketmasa, paxtani sug‘orish uchun nisbatan qulay sharoit mavjud. Kuchsiz eroziya sug‘orma bo‘lishi mumkin.Qiyaligi o‘rta yerlar qiyalik- 1-20. Sug‘orib ekin ekish uchun yaroqli. Paxtani sug‘orish uchun uncha qulay emas. Tabiiy holda tuproqning bir oz yuvilishi kuzatiladi. Sug‘organda tuproq
yuvilishini hisobga olish va jo‘yaklarni yonbag‘irga ko‘ndalang o‘tkazish lozim.
Qiya yerlar-qiyalik- 2-30. Sug‘orib ekin ekish uchun yaroqli. Paxtani sug‘orish uchun sharoit noqulay. Tuproqlarning yuvilishi sezilarli kuzatiladi. Egatlarni yonbag‘irlar qiyaligiga ko‘ndalang o‘tkazish lozim.Qiyaligi katta yerlar- qiyalik 3-50. Sug‘orish uchun yaroqli, lekin tuproq yuvilishi sug‘orishni qiyinlashtiradi. Maromidan ortiq suv bilan sug‘orish kuchli yuvilishga olib keladi. Tuproqning tabiiy holda yuvilishi o‘rtacha. Sug‘orish maxsus zinapoyali kalta egatlarda
olib borilishi lozim.Qiyaligi juda katta yerlar- qiyalik 5-80. Bahorgi dehqonchilik uchun yaroqli, lekin yerni haydash uchun juda noqulay. Tuproqning gumusli qatlamining kuchli yuvilishi kuzatiladi. Dehqonchilikni maxsus zina-poya terrasalarda olib borish mumkin. Yerga yonbag‘ir qiyaligiga ko‘ndalang yo‘nalishda ishlov berish mumkin. O‘ta qiya yerlar – qiyalik 8-120 .Sug‘orib ekin ekish uchun yaroqsiz, eroziya tuproqni butunlay yuvib ketishi mumkin. Tokchilik va bog‘dorchilikda foydalanish mumkin (kichik yerlarda).Sug‘orib ekin ekiladigan yerlarning meliorativ holatini aniqlashda yerning o‘ydim-chuqurligi, o‘yiqlarning qanchalik chuqurligini baholash ham muhim o‘rin tutadi.Yerni planirovka qilish (tekislash), sug‘oruv ariqlari va zovurlar shoxobchalari
yo‘nalishini aniqlash, quriladigan nasos stansiyalari quvvatini belgilash yerning o‘ydim chuqurligi ma’lumotlariga asoslanadi. Yer osti suvlari tabiiy oqimini, mahalliy eroziya bazislarini aniqlash ham shu ma’lumotlar asosida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |