MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………...........3 I BOB. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari............................ ...8 1.1. “Shaxs”, “shaxsni shakllantirish”, “shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” tushunchalariga pedagogik tavsif.........................................................................8 1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga texnologik yondashuv………………………………...………….17 II BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasining samaradorligi……….............................34 2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga texnologik yondashuvni amalga oshirish yo’llari.......................34 2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi…………………… ……………..…………................37 Umumiy xulosa va tavsiyalar...............................................................................40 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati....................................................................43
KIRISH
Mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida eng birinchi dolzarb vazifa bu maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo’lmog’i lozim deya ta’kidlab o’tdilar.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim-tarbiya olishiga bog’liq.
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqib, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan barkamol insonlar etib voyaga yetkazish ta‘lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim...” deb ta‘kidlaydilar[ Milliy istiqlol g’oyasining asoslanishi esa jamiyat hayotining barcha sohalarida keng ko’lamli islohotlarni yanada jadal amalga oshirish orqali rivojlangan demokratik davlatlar darajasida taraqqiy etishning samarali yo’nalishlarini belgilab olish imkoniyatini yaratdi.
Bu davrda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta‘lim sohasida ham yosh avlodga jahon ta‘limi andozalariga muvofiq ta‘lim berishning ijtimoiy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida davlat ta‘lim siyosatining mohiyati to’liq ochib berilgan. Ijtimoiy-ta‘limiy qarashlarni o’zida mujassam ettira olgan mazkur hujjatlarda qayd etilishicha, umumiy pedagogik jarayonning asosiy maqsadi “ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir” [6,7].
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish, yuksak ma‘naviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta‘minlash, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni qaror toptirishdagina emas, balki shaxsni shakllantirishga texnologik yondashuv borasida ham katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- shaxsni shakllantirish ta‘lim-tarbiyaning asosiy maqsadi ekanligi;
- ta‘lim-tarbiyaning asosiy mazmuni har tomonlama rivojlangan shahsni shakllantirishda uning aqliy, nafosat va jismoniy rivojlanishi, ijodiy qobiliyatlarining namoyon bo’lishi, unda insonparvarlik munosabatlarini tarkib toptirishga yordam beruvchi zarur shart-sharoitlar yarata olishi;
- ta‘lim va tarbiya qonuniyatlari hamda tamoyillari birligi, o’zaro uyg’unligini ta‘minlash asosida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish mumkinligi.
Biroq, muammoni nazariy jihatdan o’rganish ta‘lim tashkilotlari hususan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash davr talabi bo’lishiga qaramasdan yetarlicha tahlil qilinmaganligini, bu jarayonning mazmuni va muhim tamoyillari zamon talablari darajasida asoslanmaganligini ko’rsatdi. Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ish mavzusini “Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi” deb belgiladik.