Mundarija kirish I bob. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari



Yüklə 194,54 Kb.
səhifə10/14
tarix25.11.2023
ölçüsü194,54 Kb.
#134368
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bola shaxsiga yo\'naltirilgan ta\'lim

10. ”Klaster” metodi. Uning asoschisi - D. Klaster. Bu metoddan ham guruhlar tashkil etish yo’sinida foydalanish mumkin. Unda guruh a‘zolari tomonidan aytilayotgan fikrlarni uyg’unlashtirish va ular orasidagi umumiylikni topish inikoniyati paydo bo’ladi. «Klaster» metodidan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: tarbiyalanuvchilar ma’lum mavzu xususida nimaniki o’ylagan bo’lsalar, shuni qog’ozga tushiradalar. Masalan “Bahor” mavzusi asosida bolalarga bahor faslida tabiatda ro’y beradigan o’zgarishlarni qog’ozga tasvirlash vazifasi topshiriladi. Bu yerda fikrning sifati va mantiqining ham, xatolarning ham ahamiyati yo’q. Tarbiyalanuvchilar belgilangan vaqt tugamaguncha fikrlarini tasvirlayveradilar. Bu harakat mavzu haqida yangi bir g’oya tug’ilgunga qadar davom ettirilaveradi. Muayyan mavzu doirasida imkon qadar ko’proq fikrlar ilgari surishga harakat qilinadi. Ular yig’indisining sifati va orasidagi aloqadorlik, uyg’unlikni ko’rsatish cheklanmaydi.
11. “Qarorlar shajarasi” (qarorlar qabul qilish texnologiyasi) deb nomlanadi. Uning asoschisi - D.Kolb. Bu metod ma’lum murakkab mavzuni o’zlashtirish, undagi g’oyalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilgan bir nechta xulosalar orasidan eng maqbuli va to’g’risini ajratib olishga yo’naltirilgan. Qarorlar shajarasi metodi tarbiyalanuvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlarini bir joyga jamlash va baholash imkonini beradi.
Har bir guruhning qarori ikkinchi guruh tomonidan baholanadi. Belgilangan vaqt tugagach har bir guruhdan bir a‘zo o’z guruhining qarori haqida axborot beradi. Zarur bo’lganda qarorlar tahlil qilinadi, savollar tug’ilganda javob beriladi, aniqliklar kiritiladi.
12. “6x6x6” metodi. Bu metod Ye.A.Aleksandrov tomonidan ishlab chiqilgan hamda G.Ya.Bush tomonidan takomillashtirilgan.
Bunda guruhdagi tarbiyalanuvchilar oltita-oltitadan guruhlarga bo’linadi. Jami 36 tarbiyalanuvchi ishtirok etadi. Xar bir guruhga muayyan nom beriladi. Mavzu e‘lon qilinib, ma’lum vaqt belgilanadi. Tarbiyalanuvchilar mavzu atrofida bahslashadilar, o’z munosabatlarini bildiradilar. Vaqt yakunlangach, tarbiyachi guruh a‘zolarini almashtiradi. Yangi guruhda avvalgi guruhdan bitta vakil qoladi va u o’z guruhining mavzu yuzasidan chiqargan xulosasmi yangi guruhga bayon qiladi. Yangi guruh a‘zolari avvalgi guruh fikrlarini o’rganadilar, unga munosabat bildiradilar. Qisqa vaqt ichida tarbiyalanuvchilar bir-birlarining fikrlarini o’rganib, tahlil qiladilar va baholaydilar.

Yüklə 194,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin