Mundarija: Kirish I bob. Xalqaro moliyaviy tashkilotlarni o'rganishning nazariy jihatlari



Yüklə 202 Kb.
səhifə1/17
tarix09.04.2023
ölçüsü202 Kb.
#125018
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mundarija Kirish I bob. Xalqaro moliyaviy tashkilotlarni o\'rgan

MUNDARIJA:

Kirish

I bob. Xalqaro moliyaviy tashkilotlarni o'rganishning nazariy jihatlari.

1.1 Xalqaro tashkilot tushunchasi va uning mohiyati

1.2 Xalqaro moliyaviy tashkilotlarning yaratilish tarixi

II bob Xalqaro moliyaviy tashkilotlarning davlatlarning ichki va tashqi siyosatidagi õrni

2.1 Jahon Bankining kredit berish sistemasi

2.2 Xalqaro Valyuta Fondining Xalqaro munosabatlarga ta'siri

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH


Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlararo har tomonlama hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlarning ahamiyati ortib bormoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o’z faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o’z fondlarini tashkil etadilar. Bu fondlar orqali ma’lum bir davlat iqtisodiyoti yoki uning tarmoqlari moliyalashtiriladi.
Mamlakatimiz ham qator xalqaro tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning jahon xo’jaligidagi o’rni haqida shunday deganlar: “ Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda”1

Yüklə 202 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin