Mundarija: Kirish I bob. Xalqaro moliyaviy tashkilotlarni o'rganishning nazariy jihatlari



Yüklə 202 Kb.
səhifə16/17
tarix09.04.2023
ölçüsü202 Kb.
#125018
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mundarija Kirish I bob. Xalqaro moliyaviy tashkilotlarni o\'rgan

Ikkinchi tizim - bu «oltin deviz andozasi» (Brettonvud valyuta tizimi) bo`lib, u AQSH dollariga nisbatan valyutaning qattiq kursini o`rnatish (og`ishishlar chegarasi +1% oraliqda) orqali amal qilgan. AQSH dollarining kursi oltinga nisbatan qattiq o`rnatilib, dollar shu kurs bo`yicha oltinga konvertirlangan. Tizimning o`zi esa, «oltin deviz andozasi» degan nom oldi. Genuya tizimini, oltin tanga va oltin deviz andozalari o`rtasidagi oraliq tizim deyish mumkin.
Uchinchi jahon valyuta tizimi - Yamayka valyuta tizimi, suzib yuruvchi, almashuv kurslariga asoslangan bo`lib, «ko`p valyutali andoza», yoki boshqacha - SDR andozasi deb nomlanadi. Mamlakat belgilangan, suzib yuruvchi yoki aralash valyuta kurslarini tanlashi mumkin. Bu, shuningdek, valyuta inqirozlarini keltirib chiqarish xususiyatiga ham ega.

XULOSA


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.
O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi. Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:



  • aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;

  • ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;

  • a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa shakllarda moliyaviy yordam berish;

  • aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish; (nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan)

  • moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish;

  • a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;

  • musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini o’qitishda xizmatlar ko’rsatish.

Islom Taraqqiyot bankining yana muhim amalga oshiradigan vazifalaridan biri bu foizsiz kreditlar ajratishdir. Bunga sabab shuki, bank faoliyati sha’riyat qonunlari bilan tartibga solinadi. Islom dinida esa sudxo’rlik katta gunoh hisoblanadi.
Islom Taraqqiyot Banki a’zo davlatlarga nafaqat moliyaviy tomondan, balki texnik jihatdan ham yordam beradi. Masalan, bank Mavritaniya, Maldiva, Tojikiston, Turkiya va Jibuti larga bunday yordamlarni ko’rsatadi.

Bank kelgusidagi faoliyati doirasida o’z qarashlarini ishlab chiqqan bo’lib, u “IDB Vision 1440H” deb nomlanadi. Bunda hijriy 1440 yil, ya’ni 2019 yilga kelib bank jahondagi musulmon xalqlarining turmush tarzini yaxshilanishi, rivojlanishiga butunlay ko’mak beruvchi, islom qonuniyatlari asosida boshqariluvchi dunyodagi eng rivojlangan taraqqiyot banki bo’ladi deb bashorat qiladi.



Yüklə 202 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin