Mundarija kirish I bob: XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari. I



Yüklə 185 Kb.
səhifə1/8
tarix11.06.2023
ölçüsü185 Kb.
#128051
  1   2   3   4   5   6   7   8
20 asr oxiri 21 asr boshlarida MDH davlatlari22


MUNDARIJA
KIRISH
I bob: XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari.
I.1. XX asr oxiridagi xalqaro vaziyat
I.2. Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va uning sabablari
I.3. XXI asr boshlaridagi xalqaro siyosatning o’ziga xos xususiyatlari
II bob : Jahon hamjamiyati va O’zbekiston munosabatlari.
II.1. O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlik aloqalarning boshlanishi.
II.2. Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlashda O’zbekistonning tutgan o’rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: XX asrning so’nggi o’n yilligi ijtimoiy dunyoqarash va jahon hamjamiyatining jo’grofiy – siyosiy tuzulishida tub o’zgarishlar davri bo’lib tarixga kirdi. Jahon hamjamiyati yangi davrga qadam qo’ydi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “…bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o’zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun “Erkinlik va demokratiyani olg’a siljitish” niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko’zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o’z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi”1.
Shuning uchun XX asr oxiri – XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixini yangi adabiyotlar asosida yoritish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko’rsatadiki, biron – bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G’arb mamlakatlarini bir – biriga bog’lagan Buyuk Ipak yo’lining markazida joylashgan O’zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda.
Istiqlol uning uchun jahon hamjamiyatiga teng huquqli a’zo sifatida kirish imkoniyatlarini ochib berdi. O’zbekiston davlatining asosiy maqsadi barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisoyotiga, samarali tashqi siyosatga ega bo’lgan huquqiy – demokratik davlatni barpo etishdan iborat bo’lib qoldi.
Mavzuni o’rganilish borasida to’xtaladigan bo’lsak, avvalo Prezidentimiz I.A.Karimovning mavzuga oid asarlari1 alohida o’rin tutadi. Chunki shu asarlarda xalqimiz mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatimizni jahon hamjamiyatida qo’shilishining asosiy tamoyillari va yo’nalishlari batafsil yoritib berilgan.
Bundan tashqari mavzuning turli davrlarga oid bo’lgan adabiyotlar ham mavjud bo’lib, ular ham mavzuning mazmun mohiyatini ochib berishda muhim manbabo’lib xizmat qiladi.
Ayniqsa, Yu.E.Ivaninning “Yangi davrda Yevropa diplomatiyasining tarixshunosligi” asarida xalqaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlari to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar bayon etilgan. Shu bilan birga M.S.Gaferli va A.N.Kosayevlarning “Rivojlanishning o’zbek modeli: tinchlik va barqarorlik, taraqqiyot asosi” nomli asari ham mavzuning nazariy jihatlarini ko’rsatib berishda muhim manbalardan biri bo’lib xizmat qiladi2.

Yüklə 185 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin