Mundarija: Kirish I bobZamonaviy tarbiyachining kasbiy kompetentligi



Yüklə 167 Kb.
səhifə6/8
tarix24.11.2023
ölçüsü167 Kb.
#133752
1   2   3   4   5   6   7   8
tarbiyachining kasbiy mahorati va kompetentligi qo\'yiladigan talablar va uning rivojlantiruvchi omillari

Kognitiv kompetensiya o‘z kasbiy darajani doimo oshirishga tayѐrlik, mustaqil ravishda yangi bilim va qobiliyatlarni egallay olish, mustaqil rivojlanish g‘oyalarini qo‘llash va o‘z metodik kompetentligini muntazam boyita olishni tavsiflaydi.

Pedagog-olim E.S.Zair-Bek mustaqil rivojlanish jaraѐnini “...pedagogik qarorning to‘g‘ri keladigan variantini tanlash uchun mos asosni aniqlash va sodir etilgan refleksiya harakatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib chiqish; bu topilgan variant shaxsiѐt boshqarilishini tizimli tashkiliga kiritiladi, u pedagogik harakat sub’ekti ehtiѐjlari, maqsadlari va motivlari shakllanishiga etarli darajada sabab bo‘ladi, uning shaxsiy xislatlari shakllanishiga ta’sir qiladi, o‘z-o‘zini ifodalashga intilishni shartlab beradi”.
3. Pedagogning axborot kompetensiyasi maxsus va kasb-pedagogik bilimlar va fikrlash usullaridan tashqari bo‘lajak kasb ta’limi pedagogi tomonidan kasbiy faoliyat jaraѐnida kerakli axborotning olinishi, qayta ishlanishi va ishlatilishida maxsus qobiliyatlarning egallanishini ko‘zda tutadi.
Funksional tobe pedagogik, axborot, metodologik, psixofiziologik vosita va metodikalar majmuasini qo‘llash orqali ta’lim tashxisiga erishishga qaratilgan yangi axborot texnologiyalarining egallanishi alohida o‘rin tutadi. Yangi axborot texnologiyalarining instrumental tizimi asosan – bu shaxsiy kompyuter. U multimedia va gipermedia prinsipidan foydalanish, CD-ROM (Compact Disc Read Only Memory)lar asosida qurilgan.

Axborot kompetentligining egallanishi ahamiyati shundan iboratki, pedagog taxsil oluvchi ustunliklarini hisobga ola olsin, ko‘p darajali dasrliklardan, avtomatlashgan o‘fitish va nazorat tizimlaridan foydalanishda har bir talabaning o‘quv faoliyati haqida tizimli tasavvurni ta’minlay olsin.


4. Kommunikativ kompetensiya pedagog kommunikativ faoliyati xususiyatlari, bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglari bilan o‘zarota’siri o‘ziga xosligini tavsiflaydi. Urg‘u didaktik (tarbiyaviy va ta’limiy) maqsadlarga erishishga qaratilgan pedagogik faoliyat samaradorligi bilan kommunikatsiya aloqasiga beriladi.
Kommunikativ kompetensiya yuqori darajadagi muloqotga erishishga ѐrdam beradigan usullarni o‘z ichiga oladi. Ularga boshqaning tutgan o‘rnini muloqotda tushuna olish, uning shaxsiga qiziqish bildirish, bo‘lajak kasb ta’limi pedagogi shaxsi rivojlanishi, xulq-atvori jihatlari bo‘yicha ichki holatini tushuntirib bera olishi va o‘qiy olish, noverbal muloqot vositalarini (mimika, imo-ishoralar) egallash, bo‘lajak kasb ta’limi pedagogi nuqtai nazariga tura olish va boshqa odam bilan ishonch muhitiga yo‘naltirish,
ritorika usullarini egallash, baholovchi, ayniqsa, intizomlashtiruvchi tashkil qilinadigan ta’sirlarni ishlatish, o‘qitish jaraѐnida demokratik uslubning ustunligi, pedagogik vaziyatning ayrim jihatlariga yumor bilan qaray olish kiradi.

Yüklə 167 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin