Mundarija kirish I. XX asrning 50-yillarida o’zbekiston madaniy kommunistik mafkura tasiri va qatag’onlik siyosati



Yüklə 174,82 Kb.
səhifə1/9
tarix11.11.2023
ölçüsü174,82 Kb.
#131986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

MUNDARIJA

KIRISH

I. XX ASRNING 50-YILLARIDA O’ZBEKISTON MADANIY KOMMUNISTIK MAFKURA TASIRI VA QATAG’ONLIK SIYOSATI

1.1 XX asr 50-yillarida amalga oshirilgan qatag’onlikning yangi to’lqini sabab va oqibatlari

1.2 O’zbekistonda xalq ta’limi hamda fan sohasida sovet siyosati.

II. XX ASR 50-80-YILLARIDA MADANIY HAYOTNING TURLI SOHALARDAGI YUTUQLAR.

2.1 O’zbekistonda san’at va madaniyatni boshqa sohalarining ahvoli

2.2 XX asrning 50 – 80 yillarda Qoraqalpog`iston madaniyati va san`ati.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH

  • Bitiruv malakavi ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, biz yaqin – yaqingacha hukmron bo’lgan noinsoniy kommunistik g’oya asoratidan qutilib, o’tmishimizni xolisona baholash, xalqimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan milliy – madaniy qadriyatlarni, yurtimiz ravnaqi, istiqloli va istiqboli uchun kurashganlarni muborak nomlarini qayta tiklash imkoniga ega bo’ldik. Respublikamizning prezidenti ushbu fikrlari fikrimizning yaqqoladalili bo’la oladi. Hamma oʻz tarixini ulugʻlaydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq. Bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga еtkaza bilishimiz kerak.

Mavzuning o’rganilish darajasi.


Mavzu ko’plab tadqiqotlarning diqqatini o’zida jalb etib keladi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga faylasuflar, ijtimooiy – madaniy hayotning nazariy masalalari bilan shug’ullanuvchi madaniyatshunoslar kiradi. Bu borada T.N.Qori Niyoziy, A.K.Valiyev, F.Ismoilov, G’.N.Najimov, M.Qoraxonov, X.P.Po’latov, S.Sh.Shermuhammedov, K.B.Buronov, T.Jurgenov, V.N.Mineev, G.Uvarov, I.Shtern, R.K.Qurbonov, U.X.Qoraboyev kabi tadqiqotchilarning ismlarini keltirish mumkin. Ushbu olimlar o’sha davrda O’zbekiston madabiy hayotida yuz bergan jarayonlarni o’zganib chiqdilar. Shu bilan birga ularning izlanishlarida o’sha davrda keng yoyilgan markscha – lenincha madaniyat nazariyasining ta’siri ham borligini inkor qilib bo’lmaydi.
Hatto o’lkamizda 80-yillarning o’rtalarida totalitar tuzumga qarshi milliy ozodlik harakati boshlangan, hatto resbublikamiz mustaqillik haqida Deklaratsiya qabul qilingan davrda (1990 yil 20-iyun) ham ayrim tadqiqotchilar tarixiy – madaniy jarayonlarni eskicha, kommunistik mafkura nuqtai nazaridan tahlil etishda davom etdilar. Masalan V.N.Mikeev, 1990 yil chop ettirgan monografiyasida 1917 -1941 yillardagi O’zbekistondagi tarixiy – madaniy o’zgarishlar “Ulug’ Oktyabr sotsialistik revalyutsiyaning sharofati tufayli edi” deb yozadi. Uning fikriga ko’ra, sovet hokimiyati olib borgan madaniy – ma’rifiy ishlar, sinfiy kurash, ilmiy – ateistik targ’ibot o’zbek xotin – qizlarini ozodlikka chiqishini ta’minladi.
Ikkinchi guruhga mavzuni tarixiy nazardan tadqiq etgan olimlar kiradi. Ularning bir guruhi 40 yillar oxiri 50 yillar boshidagi o’zbek madaniyatini umumiy ijtimoiy – tarixiy jarayonlarning tarkibiy qismi sifatida qarasa, ikkinchi guruhi esa maorif, adabiyot, savodsizlikni tugatish, milliy kino, musiqa, opera, balet, tasviriy san’at rivojlanishining xususiy yo’nalishlarini tadqiq etadilar. Ushbu tadqiqotchilar qatoriga R.X.Aminova, Sh.Sh.Abdullayev, X.Abdullayev, G.Abduraxmanov, K.A.Akilov, D.B.Barakayev, M.A.Gulyamova, U.X.Kamolov, I.K.Qodirov, R.A.Karimov, V.Ya.Nepomnin, N.Oydinov, R.G.Robich, C.Radjabov, R.A.Rahmanov, S.S.Sodiqov, I.Y.Tursunov, R.Sharafutdinova, F.Sharipov, J.Xasanbayev, H.Hamidov, G.I.Jeltovalarni kiritish mumkin.

Yüklə 174,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin