Ushbu davr O’zbekiston tarixiga eng qora davrlardab biri sifatida kirdi. Sovetlarning bu davrdagi siyosati xalqimizning fidoiy farzadlarining boshiga og’ir kunlarni soldi
Ushbu davr O’zbekiston tarixiga eng qora davrlardab biri sifatida kirdi. Sovetlarning bu davrdagi siyosati xalqimizning fidoiy farzadlarining boshiga og’ir kunlarni soldi.
Ushbu davr O’zbekiston tarixiga eng qora davrlardab biri sifatida kirdi. Sovetlarning bu davrdagi siyosati xalqimizning fidoiy farzadlarining boshiga og’ir kunlarni soldi.
Aynan shu yillar haqida birinchi perzidentimiz Islom Karimov shunday fikr bildirgan edi: “ Uzoqqa bormasdan, xalqimiz o‘z boshidan kechirgan mustamlaka davrini bir ko‘z oldimizga keltiraylik.
Qariyb 150 yil davom etgan, tariximizning tom ma’nodagi qora kunlari bo‘lmish o‘sha zamonda bir paytlar o‘zining qudratli davlatchiligi, buyuk farzandlari, yuksak ilmu madaniyati, obod shahar va qishloqlari bilan dunyoni hayratda qoldirgan el-yurtimiz qanday og‘ir mashaqqatlarga duchor bo‘lganini yaxshi bilamiz.
Lekin ana shunday dahshatli davrda ham har qanday zulm va istibdodga qaramasdan, xalqimiz o‘zini yo‘qotmadi. Tilini va dinini, iymon-e’tiqodini saqlab qoldi.
Nohaqlik va zo‘ravonlik hukmron bo‘lgan shunday zamonlarda ham yurtimizdan millat va xalq qayg‘usi bilan yashagan haqiqiy vatanparvar insonlar еtishib chiqdi.
Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni saqlab qolishga asos bo‘ldi”.
1.2 O’zbekistonda xalq ta’limi hamda fan sohasida sovet siyosati.
Sovetlar davrida ta’lim tizimi to’liq sovet mafkurasiga asoslangan bo’lib tuzimning manfaatlariga moslashtirilgan edi. Sovet xokimiyatining «madaniy inqilob» tadbiri jamiyatning barcha jabxalarini, ayniqsa, fan va madaniyatii o’ta mafkuralashtirib, uning xar bir soxasini qamrab oldi.
Bolsheviklar tarbiyaming dastlabki va ta’sirchan o’chogi bo’lgan xalq ta’limini birinchi kundanoq mafkura izmiga solish uchun butun imkoniyatini ishga soldi. Maktablarda siyosiy tarbiyani yo’lga quyishga va uni takomillashtirib borishga e’tibor berdi
.XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi - 30-yillari sovet hokimiyati uchun o’zining siyosiy va iqtisodiy mavqeini yanada mustahkamlash davri bo’ldi. Bolsheviklarning mutloq yakkahokim partiyasi jamiyat ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o’z mafkuraviy ta’sirini o’tkazib bordi. Ayniqsa, bu kishilar ongini o’zgartirishda muxim omil bo’lgan ta’limda jiddiy tus oldi.