Mundarija kirish pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi


Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq



Yüklə 51,28 Kb.
səhifə9/11
tarix30.05.2022
ölçüsü51,28 Kb.
#116429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Pedagogik texnologiyalarning shakllanishi va rivojlanish tarixi. ISROILOVA DURDONA

2.2 Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq
Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik texnologiya haqida aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan deyarlik teng hisoblash hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo’lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Metod - grekcha metodos so’zidan olingan bo’lib tatbiq qilaman, yo’naltiraman, ilmiy asoslayman degan ma’noni anglatsa, metodika - grekcha so’z bo’lib tushuntirishning yangi yo’lini topaman, qidiraman, izlayman degan ma’noni anglatadi.
Metodist olimlarimiz metodika fanini turlicha ta’riflaydilar biroq, ta’riflarning umumiy mohiyati bir-biriga yaqinligini e’tirof etish mumkin.
Metodika - biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasidir (1-ta’rif).
Metodika - o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat (2-ta’rif).
Metodika - fani ma’lum o’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi kabi alohida metodikalarga ajraladi. (3-ta’rif).
Metodika - o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi, yig’indisidir. O’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi (4-ta’rif).
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi.
Ular orasidagi ayrim farqlar quyidagicha:
O’qitish metodi uch xil. 1. An’anaviy metod (sakkiz qismga bo’linadi). 2. No’ananaviy metod (o’n qismga bo’linadi). 3. Umumiy o’qitish metodi (olti qismga bo’linadi). Jami 24 ta o’qitish metodikasi bor.
Ushbu farqlar haqidagi masala yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin. «Aslida zamonaviy ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo’g’ib tashlamagani deyarli mo’jiza, chunki bu nozik nihol (ya’ni qiziquvchanlik) rag’batlantirish yo’li bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, bo’lmasa, u shubxasiz, mavh bo’ladi» (A.Eynshteyn).
Bu yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o’qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud.

Yüklə 51,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin