Mundarija: kirish reja: I. Bob. Imlo hushyorligini rivojlantirish muammosini nazariy asoslash



Yüklə 10,77 Kb.
səhifə1/4
tarix21.12.2022
ölçüsü10,77 Kb.
#121608
  1   2   3   4
Mundarija kirish reja I. Bob. Imlo hushyorligini rivojlantiris-fayllar.org


Mundarija: kirish reja: I. Bob. Imlo hushyorligini rivojlantirish muammosini nazariy asoslash

MUNDARIJA:
KIRISH
REJA:
I.BOB. IMLO HUSHYORLIGINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINI NAZARIY ASOSLASH
1.1. Boshlang'ich sinflarda imlo hushyorligini shakllantirish ishlari tizimi metodikasi
1.2. Didaktik mashqlar va topshiriqlardan amaliyotda foydalanish
II.BOB.IMLONI O'RGATISHNING MUAMMOLARI
2.1.Sinfingiz uchun 3 imlo strategiyasi
2.2. Imlo hushyorligi diagnostikasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
2020 - yil 10 - aprel kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunning imzolanganini, unga ko‘ra, 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilanganini eshitgan, internet saytlari orqali o‘qigan bo‘lsam ham hamkasblarga indamadim. Chunki bugun axborot texnologiyalari rivojlangan paytda bunday imkoniyat hammada bor. Xullas, bu yangilikni eshitgan, o‘qigan borki, kelib, xuddi mening tug‘ilganim yoki menga tegishli biror sanadek meni tabriklay boshladi. Men bo‘lsam, “Ana endi ham biror hujjatni boshqa tilda tayyorlab ko‘ringlar-chi...” deya yolg‘ondan po‘pisa qilgan bo‘ldim. Aslini olganda esa xursandchiligimning cheki yo‘q edi. Ko‘nglim tog‘dek ko‘tarilgandi. Chunki hamma davlatlarda ham ona tili alohida bayram sifatida nishonlanmaydi. Biz ana shunday davlatlardan biriga aylangandik.
Mavzuning dolzarbligi:Boshlang'ich maktabning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ona tilini o'rganish eng muhim o'rin tutadi. Zamonaviy maktabda kichik yoshdagi o'quvchilarga o’zbek tilini o'rgatishning asosiy vazifasi imlo savodxonligini shakllantirishdir. U umumiy til madaniyatining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, yozma muloqotda fikr va o‘zaro tushunishning to‘g‘ri ifodalanishini ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda dars o‘tish amaliyotidan ma’lumki, o‘quvchilarning imlo savodxonligi yetarli darajada yuqori darajaga chiqmayapti, buni 3-4-sinflarda o’zbek tili fanidan o‘tkazilgan yakuniy test sinovlari natijalari ham ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yüklə 10,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin